Korxonalarning mahsulot sotishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilardir:
korxonaning yalpi mahsuloti
tovar mahsuloti
- sotilgan mahsulot
Yalpi mahsulot – bu korxonaning ma’lum bir davrda (kun, oy, chorak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko’rsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o’lchangan hajmiga aytiladi. Bunda uning tarkibiga ishlab chiqarilgan tayѐr mahsulot, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar, tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatlari, korxonaning o’z kapital remonti uchun sarflangan yarim fabrikatlar qiymati, buyurtmachilarning xom-ashѐsidan tayѐrlangan mahsulotlar qiymati ham qo’shilgan holda aks etadi. Ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hajmi korxonaning quvvati, imkoniyati va ixtisoslashuvini o’rganishga hamda tahlil o’tkazishga imkoniyat yaratadi.
Tayyor mahsulot deb – barcha ishlov operatsiyalardan o’tib, tayyor holga keltirilgan, belgilangan davlat standarti yoki texnik talablarga javob beradigan, texnik nazoratdan o’tgan mahsulotga aytiladi. Tayyor mahsulot tarkibiga buyrtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish va xizmatlar hamda ushbu korxonaga qarashli ishlab chiqarishdan tashqari xo’jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi.
Sotish uchun mo’ljallangan mahsulottovar mahsuloti deb nomlanadi. Uning tarkibiga sotish uchun mo’ljallangan tayѐr mahsulotlar, yarim tayѐr mollar, buyurtmachi korxona va muassasalar uchun bajarilgan sanoat xarakteriga ega bo’lgan ishlar kiradi
Yalpi mahsulot - bu tovar mahsuloti qo‘shuv tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i hamda korxonaning o‘zida tayyorlangan yarim-fabrikatlardan iboratdir.
Tovar mahsuloti deganda, barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘tgan, to‘la butlangan, texnik nazorat bo‘limidan ham o‘tgan va omborga topshirilgan mahsulot tushuniladi. Sotilgan mahsulot deganda, tovarlar iste’molchilarga jo‘natilib, uning haqi mol yuboruvchilarning bankdagi hisob-kitob raqamiga o‘tkazilishi tushuniladi.
Korxona mahsulot ishlab chiqarishning biznes rejadagi ko’rsatkichini faqat qiymat hajmda bajaribgina qolmasdan, balki har bir tovarlar bo’yicha belgilangan nomenkulatura va assortimentlarda ham bajarishi talab etiladi.