1)Kompaniya yoki firmaning o’z xodimlarini jalb etish. Ular ish vaqtiga qo’shimcha vaqtda ishga jalb etilishi, malaka jihatdan rivojlantirilishi, boshqa ishga o’tkazilishi mumkin. Bu usul samarali hisoblanadi. Chunki, personal bu holda o’z korxonasida qobiliyati, malakasi, bilimi, tajribasini to’laroq namoyon etishi, xizmat lavozimida ko’tarilish imkoniyatiga egaligidan o’z ishiga, xizmat vazifasiga yanada mas’uliyatliroq, tashabbuskorlik bilan yondashadi. Natijada, ularning ish va xizmat vazifasidan qoniqishi ortadi, bu mehnat unumdorligini oshirishga, kadrlar qo’nimsizligini kamaytirishga xizmat qiladi.
2)Xodimlarni chetdan jalb etish. Bu masalada korxona personali xizmati bandlikka ko’maklashish markazlari bilan qalin hamkorlikda faoliyat ko’rsatishlari talab etiladi. Shuningdek, ta’lim muassasalari o’quvchi yoshlari ham bo’lajak ishchi kuchi manbai hisoblanadilar.
Personaldan foydalanish va uni qisqartirishni rejalashtirish
Buning uchun bo’sh turgan shtat lavozimlarini to’ldirish dasturini ishlab chiqish kerak. Bu ishda xodimlar malakasi, tajribasi bilan bir qatorda ularning psixologik, jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olish kerak bo’ladi. Ana shu masalalarni yodda tutish kasb kasalliklari, ishlab chiqarish jarohatlari, nogironlikning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Personaldan foydalanishni rejalashtirishda yoshlar, keksalar hamda mehnat faoliyati cheklangan insonlarni ish bilan ta’minlash masalasi diqqat markazida turishi darkor. Buning uchun tashkilotda ushbu toifa personaliga ular imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tegishli ish joylari zaxiralarini yaratish lozim bo’ladi.
Personalni o’qitishni rejalashtirishda quyidagilar talab etiladi:
talab etiladigan o’quvchilar soni;
o’qitish yoki qayta o’qitish talab etilayotgan xodimlar soni;