3. Ish joyi ta’rifi Laboratoriya ishi kompyuterda, Proteus 7.0 dasturida bajariladi. Trigger sxemalarining ma'lumot kirishlariga beriladigan "0" va "1" mantiqiy signallari qo’lda kiritiladi. Takt impulslari imitatorlar yordamida qo’lda yoki impulslar generatori yordamida avtomatik kiritiladi. Trigger sxemalarining grafik tasviri (flip-flops) va elementlari komponentlar bibliotekaning (Modeling Primitives) podkategoriyasidan tanlanadi. Taktli impulslar generatori (CLOCK) komponentlar bibliotekasidagi (Debugging Tools) podkategoriyasidan tanlanadi.
4. Laboratoriya ishiga topshiriq 1. Triggerning ishlash prinsipini o’rganish.
2. RS-asinxron trigger yig’ish, ishlashini o’rganish, haqiqiylik jadvalini tuzish.
3. RS-sinxron trigger yig’ish, ishlashini o’rganish, haqiqiylik jadvalini va ishining vaqt diagrammasini tuzish.
4. D - asinxron trigger yig’ish, ishlashini o’rganish, haqiqiylik jadvalini tuzish.
5. D-sinxron trigger yig’ish, ishlashini o’rganish, haqiqiylik jadvalini va ishining vaqt diagrammasini tuzish.
6. JK-bir pog’onali trigger yig’ish va ishlashini o’rganish.
7. JK-ikki pog’onali trigger yig’ish, ishlashini o’rganish, haqiqiylik jadvalini va ishining vaqt diagrammasini tuzish.
8. Proteus 7.0 ga kiruvchi D -trigger sxemalaridan foydalanib, T turdagi trigger sxemasini yig’ish va ishlashini o’rganish.
9. Proteus 7.0 ga kiruvchi JK-trigger sxemalaridan foydalanib T, D, RS turdagi trigger sxemalarini yig’ish va ishlashini o’rganish.
10. Triggerning holati o’zgarishi kirish impulsining front yoki srez (ort tomoni) qismidan ro’y berishini aniqlash lozim.
5. Ishni bajarishga doir ko’rsatmalar 8 va 9-topshiriqlarni bajarish uchun komponentlar biblioteka (Modeling Primitives) podkategoriyasidan tanlanadigan D, RS i JK triggerlarning universal grafik sxemasi (flip-flops) dan foydalanish zarur. Trigger sxemalarini tuzish "sichqoncha" yordamida qo’lda bajariladi. Signallar qiymati sxema chiqishlariga ulanadigan mantiqiy analizatorlar yordamida aniqlanadi. Trigger ishining vaqt grafikini tuzish uchun takt impuls generatori va ossilografdan foydalaniladi.
Ossillograf kirishiga takt impuls generatori va tekshirilayotgan trigger chiqishlari ulanadi.