5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini
«O‘zbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi» tashkil
topgan.
2017-yilning
o‘zida
bu
assosiasiya
mamlakatimizdagi yirik jamoat tashkilotlardan biri sifatida 575 nodavlat notijorat
tashkilot say-harakatlarini birlashtirgan edi. Veb manzili:
http://ngo.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi
«Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF -5430-sonli Farmoni nodavlat notijorat
tashkilotlar faoliyatini yanada jonlantirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qildi.
Mazkur farmonda quyidagilar ta’kidlab o‘tildi: «… Nodavlat notijorat
tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq
normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
uchun zarur institutsional baza yaratildi.
Bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan 9 200 dan ziyod nodavlat notijorat
tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini,
demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy
maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda». Hujjat bilan O‘zbekiston
Respublikasi prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha
maslahat kengashi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilda berilgan
ma’lumotlariga ko‘ra, davlat ro‘yxatiga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarning
(NNT) umumiy ro‘yxati 462 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib, ularning
soni 520 taga yetgan. 2020-yilning 1-yanvar holati bo‘yicha davlat ro‘yxatiga
olingan
nodavlat
notijorat
tashkilotlarning
soni
556
taga
yetdi
(
https://www.minjust.uz/uz/interactive/reestr-nocommerce/
)
№