5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


-yil 1 - yanvardagi holat bo‘yicha ma’lumotlar



Yüklə 418,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix01.08.2023
ölçüsü418,54 Kb.
#128625
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-mavzu. O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarini

2021-yil 1
-
yanvardagi holat bo‘yicha ma’lumotlar: 
1. Assotsiatsiya 91 ta. 
7. 
Uyushmalar 28 ta. 
2. Jamiyatlar 77 ta. 
8. 
Federatsiyalar 91 ta. 
3. Jamg‘armalar 80 ta. 
9. 
Qo‘mitalar 5 ta. 
4. Kasaba uyushmalari 15 ta. 
10. 
Harakatlar 3 ta. 
5. Markazlar 68 ta. 
11. 
Klublar 8 ta. 
6. Partiyalar 5 ta. 
12. 
Boshqa tashkilotlar 85 ta. 
Jami: 556 ta. 


11 
Ijtimoiy-sherikchilik. 
Mustaqillikning 
dastlabki 
yillaridan 
boshlab, 
mamlakatimizda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash maqsadida 
ijtimoiy-sherikchilik munosabatlarini tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan 
huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklikni kafolatlovchi asosiy qonun hisoblanadi. 
Konstitutsiyaning 37-46-moddalarida ijtimoiy huquqlar bilan birga inson huquqlari 
va erkinliklarini kafolatlangan. Ya’ni bu moddalarda har bir shaxsning mehnati va 
salomatligi muhofazasi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi oid masalalar ko‘rsatiladi. 
Ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ijtimoiy muhit va xizmatlar 
tizimi rivojlandi, davlat pensiyasi, nafaqalar va ijtimoiy himoya kafolatlari 
belgilab qo‘yiladi. Ish beruvchilar va yollanma ishchilar o‘rtasidagi mehnat 
munosabatlari Prezident farmonlari bilan tartibga solib turildi.
Ijtimoiy-sherikchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlashda O‘zbekiston 
Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 161-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan 
«O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi» muhim ahamiyat kasb etdi. 
Mazkur kodeks 1996-yil 1-martdan e’tiboran amalga kiritildi. 
2014-yil 25-sеntyabda O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ijtimoiy shеriklik 
to‘g‘risida»gi O‘RQ-376-sonli Qonuni ham qabul qilindi. Bu qonunning 3-
moddasida, «ijtimoiy sheriklik» tushunchasiga huquqiy ta’rif berilgan: «Ijtimoiy 
sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari (FBJI) bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish dasturlarini, tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-
huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga 
daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi 
hamkorligidir. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik 
jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik sub’ektlaridir». 
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasida Mehnat 
kodeksining yangi tahriri ko‘rib chiqilmoqda. Yangi tahrirdagi kodeks loyihasi 2 
qism, 34 bob va 621 moddadan iborat. Yangi kodeksda bozor iqtisodiyoti 
talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilari manfaatlarining 
muvozanati ta’minlash, kichik biznes va yakka tadbirkorlik sohasiga mehnat 
qonunchiligini tadbiq qilishni engillashtirish, egiluvchan ish rejimlaridan keng 
foydalanish uchun ish beruvchilar tomonidan xodimlarni mehnat jarayoniga jalb 
qilishning soddaroq shakllarini tanlashga zamin yaratish (masalan, mahsulot
tovarlar va xizmatlarga ehtiyojning mavsumiy o‘zgarishida) va boshqa zamonaviy 
mehnat talablarini aks ettirish ko‘zda tutilmoqda. 

Yüklə 418,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin