126
bo„lganda ham, bir eritmani ikkinchisiga kichik miqdorlarda qo„shib
borishda, dastlab aralashma shaffofligining saqlab turadi, keyin esa,
odatda, keskin tarzda xiralashadi. Bu holatni optik zichlikni (
D). polimerlar
nisbatiga (
P
1
–
P
2
) bog„lanish diagrammasi ko„rinishida ifodalansa,
grafikda
sinish nuqtalari, ya‟ni
D miqdorini keskin tarzda oshishi
kuzatiladi (6.6.1-rasm). Ushbu sinishlar ro„y beradigan konsentratsiyalar
bir polimerni ikkinchisida
eruvchanlik chegarasi deb yuritiladi.
Bunday
usul bilan Kuleznev tomonidan polistirolni (
PS) polimetilmetakrilatda
(
PMMA) eruvchanlik chegarasi
0,9 % (mass), aksincha,
PMMA ning
PS da
eruvchanlik chegarasi esa
1,9 % (mass) ekanligi aniqlangan.
Polimerlarning molekulyar massalari kichiklashsa, ularning o„zaro
eruvchanligi, ya‟ni qo„shiluvchanligi yanada oshadi. Yuqori saviyada
qo„shiluvchanlikka misol sifatida umimiy erituvchisi atseton bo„lgan nitrat
sellyulozani (
NS) polivinilatsetat (
PVA) bilan yoki
NS ning
PMMA bilan
aralashmalarini keltitirish mumkin. Ushbu tizimlar polimer komponentlari
deyarli barcha nisbatlarida yuqori darajada bir-biriga qo„shiladi hamda
shaffof aralashmalar va plyonkalar hosil qiladi.
Bulardan shuni ta‟kidlash joizki, o„zaro eruvchan polimerlar haqiqiy
eritma aralashma, aksincha, o„zaro erimaydigan
polimerlar majburan
aralashtirilganda ikki fazali kolloid tizimlar hosil qiladi.
Ko„pchilik polimer-polimer aralashma plyonkalar uchun shishalanish
harorati (
T
Dostları ilə paylaş: