6.Mavzu: Avesto tarixiy manba sifatida.
Reja:
1.Avestoning vujudga kelishi tarixi.
2.Uning arxeologik va yozma manbalar asosida o`ganilishi.
3.«Avesto» va unda jamiyat ijtimoiy tarkibining aks etishi.
4. Avesto –Vatanimiz tarixini o`rganishda muhim manba
Adabiyotlar
1.
Muqaddas
olov-atar-xurra
Xoмидoв X. «Aвестo»нинг
мaърифий қиймaти. Тoшкент.2002. 5-12-betlar
2.
Авесто / Асқар Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001. – 384.
3.
Авесто. Яшт китоби / М.М. Исҳоқов таржимаси. –Т: Шарқ,
2001. 3-9-betlar
4.
Ҳамиджон Ҳомидий. Авестодан Шоҳномагача. –Тошкент.,
2007. 35-44-betlar
5.
History of Civilizations of Central AsiaThe crossroads of
civilizations:A.D. 250 to 750 Multiple History SeriesUNESCO Publishing
Volume III.1996 394-403-pages
www.avesta.org.ru
6. O‘zbekiston tarixi, I kitob. Oliy o‘quv yurtlarining tarix fakulteti
talabalari uchun darslik / Mas’ul muharrir A.S.Sagdullayev. – T.,
2021
- 624 b. 115-139 betlar
7.
Эшов Б., Одилов А. Ўзбекистон тарихи. 1-жилд. Энг қадимги
даврдан XIX аср ўрталаригача. Дарслик. – Т., 2014.
63-75 betlar
8. Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи.
Биринчи китоб – Т.: Янги аср авлоди, 2019. - 432 б .
187-208
бетлар
Zardushtiylarning ilmiy-nazariy, ijtimoiy-falsafiy, tarixiy, ta’limiy-ahloqiy,
diniy-ma’rifiy qimmatga ega bo’lgan muqaddas kitobi hisoblanmish «Avesto»
bilan bir qatorda olamning yaratilishi, yahshiilik va yovuzlik, nur va zulmat
o’rtasidagi doimiy ko’rash, borliq to’g’risidagi tasavvurlar asosida kosmologik,
kosmogonik, esxatologik asotirlarni o’zida mujassamlashtirgan yozma manbalari
safiga: «Bundaxishn», «Dinkard» «Dadestani menogi xirad», «Andaz-i danag-
mard», «Xveshkarix-i Redagan», «CHim-i Dron», «Shoyist-noshoyist», «Arta-
Viraz nomak», «Oyatkor Zariron», «Baxman-yasht», «Zat-Sporam», «Kornomayi-
Ardasheri Bobakon», «Rost suxan», «Rivoyat», «Xvaday nomak», «Oyin nomak»
kabi asarlarni kiritgan holda, ularda Turon va Eron xalqlarining mushtarak
yodgorliklari sifatida ajdodlarimizning mushohadalari, tafakkur ne’matlari
jamlanganligini e’tirof etish lozim.
«Avesto» eramizdan oldingi VII asrning oxiri VI asrning boshlarida Zardusht
va mazdoparastlik dini ulamolari tomonidan yaratilgan. U muqaddas diniy kitob
bo’lishi bilan birga o’z davrining ko’pgina ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy,
ma’rifiy, falsafiy, ahloqiy masalalarini qamrab olgan. Kitob 21 naskdan iborat
bo’lgan. Afsuski, bizgacha kitobning 5 naski «Yasht», «Yasna», «Visparad»,
«Vandidod» va «Xorda Avesto» yetib kelgan xolos.
Dunyodagi eng qadimiy va noyob bilimlar xazinasi bo’lgan «Avesto»da
insoniyat taraqqiyoti, rivoji uchun zarur barcha ilmlar majmuasi, sohalar, qonun-
qoidalar, ahloqiy-ijtimoiy normalar o’z aksini topgan. Shuningdek asarda ahloqiy
barkamollik asosida, «komil inson»ni voyaga yetkazish yo’lida «ezgu fikr», «ezgu
kalom», «ezgu amal» g’oyalarining tarannum etilishi zardushtiylarning ma’naviy-
ma’rifiy olami mohiyatini tashkil etadi.
Qadimgi Turon va Eron hududlarida Ahmoniylar va Sosoniylar davlatining
tashkil etilishi davrida zardushtiylik qonun-qoidalariga amal qilish, uning rasmiy
davlat diniga aylantirilishi bilan belgilandi. Davlat rahbarlari va din peshvolari,
kohinlarning sa’y harakatlari bilan muqaddas kitob «Avesto»ning parokanda
qismlarini to’plash, tiklash, tartibga keltirish, yagona matnlar to’plamini tashkil
etish ishlari keng miqyosda olib borildi.
«Avesto»ning tarixda rasmiy qayta tiklanishi Sosoniylar dalatining asoschisi
Ardesher Bobakon (226-242 y) hukmdorligi davrida amalga oshirildi. «Avesto»
matnlarini tartibga solish bilan davlatning bosh diniy rahnamosi Tansar
shug’ullandi. «Dinkard»ning beshinchi kitobida keltirilishicha: Janobi oliylari,
shohlar shohi Bobakon o’g’li Ardasher o’zining diniy rahnamosi Tansar
maslahatlariga amal qilgan holda, ta’limotning tarqalib ketgan qismlarini saroyga
to’plash haqida buyruq berdi. Tansar o’z ishiga kirishib, barcha to’plangan
qismlarni izchil tahlil qilgan holda, aniq xulosalar asosida bir yo’nalishni tanlab
oldi. Qolgan qismlar va yo’nalishlar qonundan tashqarida, deb e’lon qilindi. Tansar
qo’yidagicha buyruq berdi: «Shu vaqtdan boshlab Mazdaga e’tiqod qilish
yo’nalishidagi har qanday o’zgacha talqinlar bizning shaxsiy ma’sulligimiz ostida
hal qilinadi, chunki hozirgi kunda tartibga va tizimga solingan bilimlarga
o’zgartirish kiritishga hojat yo’q».
SHopur I (242-272) davriga kelib «Avesto»ning Tansar tomonidan tartibga
keltirilgan qismlari, imperiya hududlaridan tashqaridan yozib olingan amalda
bo’lgan alohida qismlar bilan to’ldirildi.
«Dinkard»ning beshinchi kitobida bu haqda qo’yidagicha ma’lumot berilgan:
«Ardasher o’g’li, shahanshoh SHopur Hindiston, Vizantiya imperiyasi va boshqa
mamlakatlarda tarqalib ketgan, o’z ichiga tibbiyot, astronomiya, makon va zamon,
materiya, dunyoning yaratilishi, tugmush tarzi, rivojlanish kabi bilimlar va
jarayonlarni o’zida mujassamlashtirgan diniy matnlarni «Avesto» tarkibiga
qo’shish va shoh xazinasida saqlashni buyurdi».
«Avesto»ning beshinchi marta tartibga solinishi IV-asr o’rtalarida SHopur II
(309-379) hukmdorligi davrida amalga oshirilgan. Bu ishni bajarishda
mo’badlarning mo’badi Ozorpod Mehrospandon (290-371) ning xizmatini alohida
ta’kidlash lozim. Mehrospandon birinchi navbatda mamlakatdagi barcha «Avesto»
matnlarini yoddan bilgan kohinlarni to’playdi. Chunki bu zardushtiy ulamolar
yodgorlikni o’qish va qiroat qilishda matniy aniqlik, ichki musiqiylikni saqlashga
jiddiy e’tibor berishgan. Ozorpod yuborgan 7 kohin Marv hamda Xorazmga borib
avestoxon kohinlardan «Vendidod»ning eng mukammal nusxasini yozib olib,
podsholik ixtiyoriga topshirgan. Qiyosiy tahlil jarayonida bu yozuvlar
«Vendidod»ning komil nusxasi deb topilgan. Avloddan avlodga o’tib kelayotgan
og’zaki bayon etish usulida «Avesto» so’zlarining mazmuni va ohangi saqlansada,
lekin o’qish lahzalarida so’zlarning jozibadorligi, ta’sirchanligi umuman yo’qolib
borayotgan edi. Bu o’z navbatida tallafuz ohangidagi unli harflarni, matndagi
undosh harflar bilan bir qatorda yangi ohangda qaytadan yozish ehtiyojini
tug’dirdi. Yangi «Avesto» alfaviti yangidan tiklangan harflar bilan yunon, o’rta
fors va Parfiya alfavitlarining ohangdosh xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirdi.
«Avesto» alfavitidagi harflar soni yuzasidan tadqiqotchilar har xil fikrlarga ega.
Masalan X. Bartolome alfavit 52 harfdan (3 tasi ligatura), X. Rayxelt 51 harf (48+3
ligatura), V. B. Xening 48 harf (shundan 14 tasi unli), G. Vindfur 60 harf va M.
Boys 46 harfdan iborat deb hisoblashadi. Eron olimlaridan Hoshim Rizoiy,
Jalolliddin Olitiyoniy, Ahmad Taffazuliy va boshqalar «Avesto» yozuvi 48-52 harf
doirasida deb ta’kidlashgan.
Hozirgi kunda mustaqil mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy-ma’naviy
yuksalishi yo’lida xizmat qiladigan ozod va obod, farovon hayot, jamiyatning
kelgusidagi poydevorini tashkil etadigan avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish
ta’lim sohasidagi islohotlarning o’zagini tashkil etar ekan, ajdodlarimiz qoldirgan
boy madaniy-ma’rifiy meros, qadriyatlar, ma’naviy manbalardan foydalanish,
o’rganish, ularni tahlil va tadqiq qilish bu yo’ldagi muhim vazifalardan biri
ekanligini unutmasligimiz lozim.
«Avesto» asosiy qismlarning turli sabablarga ko’ra parokanda bo’lib ketishi
asarni butunlay yo’qota olmaydi, albatta. Ulardagi mazmun turli tarjima va
sharhlar orqali bizgacha yetib keldi. VI asrda pahlaviy tilida yaratilgan qo’lyozma
manbalar «Avesto» qismlarining mukammal nusxalaridir. Ular, asosan, pand-
nasihat harakteridagi ibratli hikoyat va ahloqiy fikrlar bo’lib, andarzlar-o’gitlar
majmuaidir. Bularning bir qismi «Sharq yozma yodgorliklari» turkumida
«Pexlaviyskiye nazidatelnie teksti» nomi bilan rus tilida chop etilgan.
Ma’lumki eramizdan oldingi VII-asrning oxiri VI-asrning boshlarida
Movoraunnaxr va Xuroson xalqlari yashagan hududlarda qo’hna sivilizatsiyaning
ilk kurtaklari paydo bo’lib, insoniyat hayot kechirishi, taraqqiy qilishi va
rivojlanishining
asosiy
omili
sifatida
o’zi
tomonidan
o’rganilgan,
mustahkamlangan bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni keyingi avlodga yetkazish
uchun ta’lim va tarbiyaning yetakchi bo’g’in sifatida zarurligini tushunib yetgan.
Qo’hna sarchashmalar va «Avesto»dagi dalillar shuni ko’rsatadiki «ta’lim
jarayonida kundalik hayot uchun zarur bo’ladigan barcha bilimlar o’qitilgan,
hunarlar o’rgatilgan.
«Avesto»dagi ahloqiy-ma’naviy tarbiyaning asosini poktiynat, halol, qalban
sof, ma’nan yetuk avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish masalasi tashkil qiladi.
Bu masalani amalga oshirish esa ustoz va murabbiylar zimmasiga yuklatilgan.
«Avesto»da ustozlar haqida so’z ketganda eng avvalo barcha ustozlarning
ustozi , mutlaq iloh Axura Mazda madh etiladi : «sen ashah-Haqiqat so’zi va
Dostları ilə paylaş: |