- insoniyat tarixida to’plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning
tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini o’rganish;
- tarixni anglashning yangi yo’nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur
mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot
maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish;
- yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini o’rganish, shu asosda
jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash;
- tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida
qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli yo’nalishlarini, jumladan,
siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san’at tarixi, etnogenezis va boshqa
yo’nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali,
inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish
6
.
Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bir qarashda tarix falsafasi va tarix
fani bir-biridan ayri yo’nalishdek ko’rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqyelikka,
insoniyat tarixida qaysidir hodisaga tarixchi tarix ko’zi bilan qarasa, faylasuf
faylasuf ko’zi bilan qaraydi. Aslida har ikki qarashlar zamirida inson taqdiri,
tafakkur tarzi va manfaatlar ustuvorligi yotadiki, bu inson fenomeni va hayot
falsafasining mantig’idir.
Dostları ilə paylaş: