7-sinf Jahon tarixi darsligi yuzasidan mavzulashgan test to’plami


-mavzu. O’rta asrlarda xritianlik



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə17/41
tarix25.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#134191
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
7 jahon mavzulashgan

18-mavzu. O’rta asrlarda xritianlik.



  1. Xristian dini nechanchi asrdan german qabilalari orasida ham tarqala boshlaydi.

  1. IV b) V c) III d) VI

  1. V asrning oxirida kimlarning qiroli Xlodvig xristianlikni qabul qiladi.

  1. Langobardlar b) Franklar c) Saksoniyaliklar d) Gallar

  1. Qayerlardagi monastirlardan yetishib chiqqan serg‘ayrat rohiblar Yevropaning eng chekka joylariga ham borib, aholini xristianlikka o‘tkazadilar.

  1. Angliya, Fransiya b) Irlandiya, Germaniya c) Angliya, Irlandiya d) Fransiya, Germaniya

  1. Kiyev Rusi va Bolgariya qachon xristianlikning pravoslav mazhabini qabul qilgan.

  1. X asr boshi b) XI asr o’rtalari c) IX asr oxiri d) X asr oxiri

  1. Kiyev Rusi va Bolgariya X asr oxirlarida qaysi davlatdan xristianlikning pravoslav mazhabini qabul qilgan.

  1. Vizantiya b) Angliya c) Irlandiya d) Germaniya

  1. Xristian dini Yevropada nechanchi asrdan boshlab tarqalgan.

  1. IV b) V c) III d) VI

  1. Qaysi davlatning G‘arbiy va Sharqiyga bo‘linishi cherkovni ham ajralishiga olib keldi.

  1. Makedoniya b) Rim imperiyasi c) Yunoniston d) Franklar imperiyasi

  1. Qachon Italiyada Rim papalari davlati — Papa viloyati tashkil topadi.

  1. 750-y b) 753-y c) 756-y d) 759-y

  1. Kimning ko‘magida 756-yilda Italiyada Rim papalari davlati — Papa viloyati tashkil topadi.

  1. Karolinglar qiroli b) Franklar qiroli c) Saksoniyaliklar qiroli d) Vizantiya imperatori

  1. Vizantiya cherkovi avvaldan davlatga bo‘ysunuvchi, qaysi shahar patriarxi boshqaradigan diniy tashkilotga aylanadi.

  1. Aleksandiya b) Antioxiya c) Edessa d) Konstantinopol

  1. Sharqiy Yevropada kimlarni cho‘qintirishdagi raqobat xristian cherkovini rasman G‘arbiy katolik va Sharqiy pravoslav cherkovlariga bo‘linishiga olib keldi.

  1. Ruslar b) bolgarlar c) ruminlar d) salvyanlar

  1. G‘arbiy katolik ma’nosi qanday.

  1. jahon b) sof din, chin e’tiqod c) ezgulik d) tenglik

  1. Sharqiy pravoslav ma’nosi qanday.

  1. jahon b) sof din, chin e’tiqod c) ezgulik d) tenglik

  1. Qachondan bosh­lab rim-katolik va yunon-pravoslav cherkovlari mustaqil faoliyat olib bormoqda.

  1. IX asr o’rtalaridan

  2. X asr o’rtalaridan

  3. XI asr o’rtalaridan

  4. XII asr o’rtalaridan

  1. G‘arbda cherkov va’zlari qaysi tilda olib borilgan.

  1. Yunon b) nemis c) fransuz d) lotin

  1. Sharqda cherkov va’zlari qaysi tilda olib borilgan.

  1. Yunon b) nemis c) fransuz d) lotin

  1. Qaysi cherkov barcha ruhoniylarga uylanishni taqiqlaydi.

  1. Pravoslav b) katolik c) anglikan d) lyuteran

  1. Pravoslavlarda faqat kimlar oila qurmagan.

  1. Ruhoniylar b) rohiblar c) abbatlar d) yepiskoplar

  1. Cherkovda oila qurmaslik qanday atama bilan izohlanadi.

  1. Autodafe b) inkvizitsiya c) selebat d) indulgensiya

  1. Yevropada nechanchi asrda boshlangan yer egaligi munosabatlariga o‘tish jarayonidan cherkov ham chetda qolmaydi.

  1. IV b) V c) III d) VI

  1. V asrdan keyin ekinzorlarning qancha qismi ibodatxona va monastirlar qo‘lida to‘planadi.

  1. 1/5 b) ¼ c) 1/3 d) ½

  1. Davlat soliqlaridan ozod etilgan yerlarda cherkovdan ijaraga yer olgan qancha qaram dehqonlar mehnat qilganlar.

  1. 100 minglab b) 200 minglab c) 10 minglab d) millionlab

  1. Xristian cherkovi aholidan ushr solig‘ini undirgan, uning miqdori hosilning qanchasi qismini tashkil etgan.

  1. 1/15 b) 1/5 c) 1/40 d) 1/10

  1. Aholi, shuningdek, bolani cho‘qintirganda, nikohdan o‘tganida, marhumga ta’ziya marosimi o‘tkazilganda va boshqa udumlar uchun ham qaysi tashkilotga pul to‘lagan.

  1. Davlatga b) cherkovga c) feodalga d) sexga

  1. Cherkovga tushadigan daromadning talay qismi kimning xazinasiga yuborilgan.

  1. Nemis imperatori b) angliya qiroli c) Rim papasi d) fransuz qiroli

  1. Indulgensiya nima.

  1. Gunohlarni kechish yorlig’i

  2. Tug’ilganlik haqida ma’lumotnoma

  3. Nikoh haqida ma’lumotnoma

  4. O’lim haqida ma’lumotnoma

  1. Indulgensiya so’zining ma’nosi qanday.

  1. Lotincha-qidiruv

  2. Portugalcha-din ishi

  3. Yunoncha-dahriylar

  4. Lotincha-afv

  1. Yevropada cherkov davlatning muhim tashkilotiga aylanib, uning siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga aralashgan, qanday vazifani ham bajargan.

  1. Qonun chiqarish b) sud c) soliq solish d) urush boshlash

  1. Kimning papaligi davrida katolik cherkovi o‘z qudrati cho‘qqisiga erishadi.

  1. Silvester III b) Innokentiy III c) Urban II d) Grigoriy IX

  1. Innokentiy III qachon papalik qilgan.

  1. 1198-1216-yy b) 1199-1216-yy c) 1196-1216-yy d) 1200-1216-yy

  1. «Oy o‘z yog‘dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati o‘z jilosini papalikdan oladi», degan so‘zlari kimga tegishli.

  1. Silvester III b) Innokentiy III c) Urban II d) Grigoriy IX

  1. Rim papasi davlat hukmdorini interdict orqali tavba-tazarru qildirmagan.

  1. Nemis b) fransuz c) ingliz d) italyan

  1. Cherkov qo‘llagan jazoning eng og‘iri nima.

  1. Autodafe b) inkvizitsiya c) interdikt d) indulgensiya

  1. Interdikt nima.

  1. Gunohlarni kechish yorlig’i

  2. Tug’ilganlik haqida ma’lumotnoma

  3. Nikoh haqida ma’lumotnoma

  4. Mamlakatda ibodat va marosimlarning vaqtinchalik taqiqlanishi

  1. Aholiga o‘z hukmini o‘tkazishda papa kimlarga tayangan.

  1. Abbat b) rohib c) ruhoniy d) yepiskop

  1. Yevropada monastirlar nechanchi asrda tashkil etilgan.

  1. IV b) V c) III d) VI

  1. Rohiblar toat-ibodatdan bo‘sh paytlarida nima bilan shug‘ullanganlar.

  1. xattotlik b) dehqonchilik c) chorvachilik d) hunarmandchilik

  1. Toat-ibodatdan bo‘sh paytlarida ayrim rohiblar nimalar qilishgan.

  1. Xattotlik

  2. Monastir qoshidagi maktablarda bolalarni o‘qitgan

  3. Dehqonchilik qilgan

  4. Hunarmandchilik qilgan

  1. Cherkov va uning ta’limotiga qarshi kishilar qanday atalgan.

  1. Isyonchilar b) tashviqotchilar c) dahriylar d) quvg’inlar

  1. Yeretik so’zining ma’nosi qanday.

  1. Lotincha-qidiruv

  2. Portugalcha-din ishi

  3. Yunoncha-dahriylar

  4. Lotincha-afv

  1. Kimlar cherkovning boyliklari, hashamatli udum marosimlariga qarshi chiqib, sodda cherkov g‘oyasi tarafdorlari bo‘lishgan.

  1. Isyonchilar b) tashviqotchilar c) dahriylar d) quvg’inlar

  1. Yeretiklarga qarshi kurashish uchun cherkov sudi tashkil qilingan, u qanday atalgan.

  1. Autodafe b) inkvizitsiya c) interdikt d) indulgensiya

  1. Inkvizitsiya qo’zining ma’nosi qanday.

  1. Lotincha-qidiruv

  2. Portugalcha-din ishi

  3. Yunoncha-dahriylar

  4. Lotincha-afv

  1. Xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug‘ullangan tashkilot qanday atalgan.

  1. Autodafe b) inkvizitsiya c) interdikt d) indulgensiya

  1. Inkvizitsiya kimning davrida o‘z qudratining cho‘qqisiga erishgan.

  1. Silvester III b) Innokentiy III c) Urban II d) Grigoriy IX

  1. Grigoriy IX qachon papalik qilgan.

  1. 1227-1241-yy b) 1198-1216-yy c) 1200-1220-yy d) 999-1003-yy

  1. Inkvizitsiya faoliyati qaysi davlatda, ayniqsa, keng tus oladi.

  1. Germaniya b) Angliya c) Ispaniya d) Italiya

  1. Gulxanda yoqish qanday ataladi.

  1. Autodafe b) inkvizitsiya c) interdikt d) indulgensiya

  1. Autodafe so’zining ma’nosi qanday.

  1. Lotincha-qidiruv

  2. Portugalcha-din ishi

  3. Yunoncha-dahriylar

  4. Lotincha-afv


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin