8-mavzu. Ishlab chiqarishni boshqarish


Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari



Yüklə 91,3 Kb.
səhifə2/3
tarix19.11.2022
ölçüsü91,3 Kb.
#119703
1   2   3
8-мавзу МваМ

12-jadval. Ishlab chiqarishni boshqarishda "ob'ekt" va "sub'ekt" tushunchalari

8.2.Ishlab chiqarishni boshqarishda ob'ekt va sub'ekt tushunchalari

Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:

  • buyumni, ya'ni mehnat vositalarini boshqarish;
  • odamlar (ishchilar)ni boshqarish.
  • Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir ko’rsatadilar va boshqarish sub'ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko’rsatadigan ishchilar:

  • boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob'ekti (odamlarni boshqarish);
  • boshqariladigan tizimda boshqarishning sub'ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar (5-chizma).
  •  

Ishchilar
Odamlarni
boshqarish nuqtai nazardan-bu
Buyumlarni boshqarish nuqtai nazardan-bu
Ob’еkt
Sub’еkt
5-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ekti
Ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta'sir ko’rsatishdir.
Masalan, har bir korxona sexlararo asosiy va yordamchi sexlar o’rtasida, har bir sexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq.

8.3. Ishlab chiqilgan mahsulot sifatini boshqarish

Mahsulot sifatini boshqarish deganda, buyumlarni iste'molchilar talablariga butunlay mos keluvchi sifat tasniflari bilan ishlab chiqarishni ta'minlovchi maqsadga qaratilgan faoliyat tushuniladi. Mahsulot sifatini baholash va uni boshqarish zaruriyati:

  • rejalashtirish va istiqbolni belgilashda;
  • yangi mahsulot yaratish variantini tanlashda;
  • normativ (me'yoriy) hujjatlarni ishlab chiqishda;
  • mahsulot sifatini nazorat qilishda;
  • mahsulot sifatini oshirgani uchun xodimlarni rag’batlantirishda;
  • sifat to’g’risida axborot yig’ishni tashkil etishda va hokazo hollarda vujudga keladi.

Sifatli tovar deganda uning mustahkamligi, chidamliligi, iste'mol xususiyatlari, tashqi ko’rinishi standartlashtirilganlik darajasi, tayyorlanish texnologiyasi va boshqalarni o’zida jam etgan tovar tushuniladi.
Mahsulot sifati mazkur tovardan, ma'lum ijtimoiy ehtiyojning mazkur iste'mol qiymatidan qoniqqanlik darajasini ifodalaydi. Mahsulot sifati xom-ashyo, ishlab chiqarish vositalarining sifatini oshirishdan olinadigan iqtisodiy samarada namoyon bo’ladi.

Yüklə 91,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin