3.Innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasini baholash uslubiyati va uning O‘zbekistonda qo‘llanilishi
Hozirgi kunda har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uning innovatsion salohiyatini shakllantirish va undan samarali foydalanish hususiyatlarini baholash asosida aniqlanadi.
Innovatsion salohiyatni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining ishlab chiqilishi respublikada ilmiy sohaning real holatini baholash, uning istiqbolda rivojlanishini prognozlashtirish va davlatning innovatsion siyosatini amalga oshirish yo‘nalishlarini belgilash orqali mamlakatning jahon bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashiga erishish imkonini beradi.
44 Валиева, О.В. Влияние институциональных условий на формирование региональной инновационной политики // автореф. дисс. канд. экон. наук : 08.00.05. РАН. - Новосибирск, 2009. -с.11.
Innovatsion salohiyat markazida ishchi kuchi kapitali (ta’lim jarayonida va amaliyot davrida olgan intelektual qobiliyatlar va amaliy ko‘nikmalar) yotadi.
Rossiyalik bir qator olimlar (jumladan, V.V.Grishin, B.N.Kuzik va Yu.V.Yakovitslar) fikricha, mikro darajada ishchi kuchi kapitalini aniqlashga ish haqining ta’lim va boshqa omillarga bog‘liqligini baholash orqali erishish mumkin. Ta’limning daromadlarga ta’sirini xalqaro darajada taqqoslash qiyin. Rivojlanish darajasi turlicha bo‘lgan mamlakatlarda ta’lim sifati ham har xil bo‘ladi. Milliy iqtisodiyot darajasida esa, sinergetik samara yuzaga kelishi mumkin.45 Jahon banki uslubiyati bo‘yicha ishchi kuchi kapitalini baholashda “qoldiq usul”dan foydalaniladi. Unga ko‘ra, eng avvalo, mamlakatda milliy boylik darajasi hisoblanadi. Keyin olingan natijadan er, foydali qazilma boyliklar, o‘rmon va dengiz resurslarini chiqarib tashlab, ishchi kuchi kapitali darajasini aniqlashadi46.
Aksariyat olimlar innovatsion salohiyatni fan va ta’lim resurslari, mamlakat aholisi tarkibida oliy ma’lumotlilar salmog‘i, ilmiy xodimlar, oliy ta’lim muassasalari soni va shu kabilar bilan aniqlanadi, deb hisoblashadi.47 Ushbu ko‘rsatkichlardan innovatsion salohiyatni baholashda umumiy holda foydalanish mumkin, lekin, ular orqali real holatni to‘liq ifodalab bo‘lmaydi. Ya’ni, mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mamlakatda innovatsion salohiyatni faqatgina uning shakllanish nuqtai-nazaridan baholash imkonini beradi. Innovatsiyaning haqiqiy qiymatini esa, uni amaliyotga joriy qilgandan so‘nggina baholash mumkin.
45 Гришин В.В. Управление инновационной деятельностью в условиях модернизации национальной экономики. –М.: Дашков и Ко. 2017 г. -с. 57.; Кузык Б.Н., Яковиц Ю.В. Россия-2050: стратегия инновационного прорыва. –М.: Экономика 2015 г. -с. 29.
46 http//www.worldbank.org
47 Шумпетер Й.А. Теория экономического развития. - М.: Прогресс, 1982.-с.456.; Данько М. Инновационный потенциал в промышленности Украины // Экономист. - 1999. - № 10. -с. 26-32.; Кулагин А.С., Леонтьев Л.И. О стимулировании инновационной деятельности // Недвижимость и инвестиции. Правовое регулирование. -2002. -№ 1 (10).-с. 23.; Фатхутдинов Р. Инновационный менеджмент. Уч. пособие.- СПБ. –Питер. 2003.-с. 491.; Ivaneoshvili-Orbeliani G., Kikabidze К., Losaberidze D. National innovation strategy framework for Georgia: http://icsrpa.org.ge.; Verdes Andras Inventions and globalization: Innovation potential by countries. http://www.invention-ifia.ch.; Ш.Н.Зайнутдинов Ш.Н. Инновацион салоҳиятни ошириш стратегияси “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. №
Сентябрь. 2011 й.; Нуримбетов Р. Инновацион салоҳият – замонавий иқтисодиётни ривожлантириш пойдевори. Бизнес-эксперт // №4. 2014. -19 б.
Innovatsion salohiyat tizimli ko‘rsatkichlardan iborat bo‘lib, uning darajasini shakllanish va foydalanish jarayonidagi ko‘rsatkichlar orqali baholash mumkin.
Innovatsion salohiyatning shakllanishini baholash ilmiy tashkilotlar, shu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan kadrlar, yaratilgan yangiliklar va shu kabilar bo‘yicha umumlashgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi hamda ular tarkibining o‘zgarish tendentsiyasi tahlili asosida amalga oshirilishi mumkin.
Mamlakatda mavjud innovatsion salohiyatdan foydalanish darajasi yaratilgan innovatsiyalarning amaliyotdagi natijalari hamda ulardan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish orqali baholanadi.
Rossiyalik olim V.V.Vinogradov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) ifodalovchi quyidagi ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatadi:
ITTKI (ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlar) ga sarflangan xarajatlar mutloq hajmi, uning YaIM va davlat byudjetidagi ulushi;
fan va ilmiy sohada band bo‘lganlar soni ;
ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar soni;
ro‘yxatdan o‘tgan ixtiro va yangiliklar, ilmiy yutuqlarga erishgan olimlar (masalan, nobel mukofoti).48
V.I.Volkov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanishni taklif qiladi:
ITTKI qilingan barcha xarajatlar miqdori, shu jumladan, dizayn va marketing xarajatlari;
Uning fikricha, ushbu mezonlardan foydalangan holda, mamlakatlarning innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyati reytingini aniqlash mumkin.49 V.D.Andriyanov innovatsion salohiyatni (fan-texnika salohiyati) baholashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalanish mumkinligini ta’kidlaydi:
A.Orlovning fikriga ko‘ra, innovatsion faoliyat mamlakat rezidentlari va norezidentlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan patentlar soni bilan o‘lchanadi.51
48 Виноградов В.В. Экономика России. –М.: Юристъ. -2016. -с. 69.
49 Волков И.В. Инновационный фактор обеспечение устойчивого экономического роста // Вопросы экономики. -2015. №2. -с. 36
T.V.Checheleva esa, resurs, xom ashyo, ishlab chiqarish, iste’mol, infratuzilmaviy, intelektual va institutsional salohiyat bilan bir qatorda hududlarning investitsion jozibadorligini ham innovatsion salohiyatni baholashdagi eng asosiy ko‘rsatkich sifatida qabul qiladi.52 D.S.Lvov va A.G.Porshnevlar birinchilardan bo‘lib, innovatsiyalarni baholash indeksi va ularning muvaffaqiyat qozonish ehtimolini (foizda) hisoblash formulasini ishlab chiqishdi. Ular ushbu ko‘rsatkichlardan har qanday mamlakatda innovatsion salohiyatni baholash mezonlari sifatida foydalanishi mumkinligini ta’kidlashgan.53