2-jadval
Innovatsion rivojlanish omillari41
-
Ichki omillar
|
Tashqi omillar
|
Ilmiy-texnik salohiyat.
Subyektlarning innovatsion qobiliyati.
Kadrlar salohiyati.
Axborot resurslari.
Marketing salohiyati.
Boshqaruv salohiyati.
Moliyaviy resurslar.
|
Innovatsion infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi.
Iqtisodiyot turli sohalarining rivojlanish tendentsiyasi.
Ma’lum bozorlarda raqobat tavsifi.
Innovatsiyalarga bo‘lgan to‘lovga qobiliyatli talab.
Mamlakat va mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy holat.
Ta’lim sifati.
FTT tendentsiyasi.
Iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalari.
Davlatning innovatsion siyosati.
|
|
10. Xalqaro raqobat va mehnat taqsimotining ta’siri.
|
40 Диваева, Э.А. Объективные основы формирования и развития инновационной системы в регионах // Управление экономическими системами [Электронный ресурс] - http://uecs.ru/uecs32-322011/item/546-2011- 08-08-10-38-22.
41 Суязов, В.Н. Комплексная оценка эффективности инновационного развития научно-производственных
Aksariyat olimlar innovatsion salohiyatga ta’sir qiluvchi omillar sifatida uning tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatadilar.
Masalan, I.V. Tatarintseva42 innovatsion salohiyat elementlarini ifodalovchi moliyaviy, ilmiy-texnik, tashkiliy, ishlab chiqarish-texnik vositalarni omillar sifatida ko‘rib chiqadi.
V.N.Suyazov43 innovatsion rivojlanishga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni ichki va tashqiga ajratadi. U ichki omillarga innovatsion faoliyat subyekti bevosita o‘zi ta’sir qila oladigan omillarni kiritadi. Innovatsion rivojlanishga ta’sir qiluvchi tashqi omillarning soni sezilarli darajada ko‘proq.
Yuqoridagilardan tashqari, V.N.Suyazov mamlakatda innovatsion infratuzilmaning rivojlanganligi, respublika miqyosida va uning hududlarida olib borilayotgan innovatsion siyosatini alohida ajratib ko‘rsatadi. Zamonaviy sharoitlarda bu omillar subyektning innovatsion rivojlanishida va ularning innovatsion salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Innovatsion salohiyatga ta’sir qiluvchi omillar tizimi eng avvalo, tanlangan tasnifiy belgilarga bog‘liqdir. Shuning uchun ham innovatsion rivojlanishga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni tasniflanishi muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Innovatsion salohiyat va uning oshishiga ta’sir qiluvchi omillarni ajratish bo‘yicha yuqorida tahlil qilingan turli xil yondashuvlardan kelib chiqib, ularni innovatsion salohiyat rivojlanishiga ta’sir qilish tavsifiga, nazorat qilish darajasiga va paydo bo‘lish manbasiga ko‘ra mezonlarga ajratgan holda tasniflash maqsadga muvofiq.
Barcha omillar rasmiylashtirish darajasiga ko‘ra tizimlashtirilgan. Chunki, rasmiylashtirilgan omillardan foydlanish innovatsion salohiyatni baholash aniqligini oshirishga hamda innovatsion rivojlanish zahiralari va imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bu omillar miqdor ko‘rsatkichlari yordamida baholanishi mumkin.
Milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining oshishiga ta’sir qiluvchi omillarni tavsifiy jihatdan ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq:
milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining rivojlanishiga ko‘maklashuvchi omillar;
milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar.
42 Татаринцева, И.В. Управление инновационным потенциалом региона на основе эффективных методов его оценки и анализа // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05 Орлове, гос. техн. ун-т. - Орел, 2007. -с.22.
43 Суязов, В.Н. Комплексная оценка эффективности инновационного развития научно-производственных
Bu ikki guruhga kiruvchi turli omillar ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati oshishiga turlicha ta’sir qilishi mumkin.
“Nazorat qilish darajasi”ga ko‘ra tasniflangan omillarning ichki va tashqi turlari ajratib ko‘rsatilgan. Ichki omillarga mamlakat miqyosida ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan va nazorat qilinadigan omillar kiradi. Tashqi omillar guruhiga kam nazorat qilinadigan yoki nazorat qilinmaydigan hamda faqatgina umumdavlat siyosati ta’sir qiluvchi omillar kiradi.
Milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi barcha omillarni tez va sekin ta’sir qiluvchi omillarga ajratish mumkin. Chunki iqtisodiyotning globalizatsiya sharoitida ko‘pgina omillarni boshqa hududlardan ko‘chirib olib kelish mumkin. Masalan, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish-texnologik va axborot resurslarini boshqa davlatdan yoki hududdan import qilish imkoniyati mavjud. Bu ayniqsa, ilmiy tadqiqotlar uchun zarur bo‘lgan zamonaviy uskunalar, yangi texnologiyalar va komponetlarga tegishlidir. Moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida innovatsion salohiyat omillarining tezligini oshirishga imkon yaratuvchi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mumkin.
Hozirgi vaqtda ishchi kuchi resurslari innovatsion salohiyat rivojlanish omillari ichida nisbatan tez ta’sir qiluvchi omil bo‘lib bormoqda, chunki yuqori malakali kadrlar, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarni import qilish yoki axborot texnologiyalarini ko‘llagan holda masofadan turib ulardan foydalanish imkoniyati mavjud.
Institutsional va infratuzilmaviy omillar tez harakatlanmaydigan, ya’ni, innovatsion salohiyat o‘zgarishiga sekin ta’sir qiluvchi omillar qatoriga kiradi. Chunki, ularni shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish uzoq muddat va sezilarli darajada katta miqdorda moddiy, moliyaviy, ishchi kuchi resurslari va ko‘p mehnat talab qiladi.
Shakllanish manbasiga ko‘ra ishchi kuchi, texnologik-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, moliyaviy, infratuzilmaviy, axborot, institutsional, tashkiliy- boshqaruv omillariga bo‘lish taklif etilgan.
Texnologik-ishlab chiqarish omili mavjud ishlab chiqarish bazasi hamda yangi korxonalarni, shu jumladan, venchur korxonalarini yaratish hisobiga shakllanadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, ilmiy texnik va texnologik-ishlab chiqarish omillari integratsiyasi iqtisodiyotda sinergetik samaraga erishish imkonini beradi.
Milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatini oshirishga ta’sir qiluvchi asosiy omillar qatoriga innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, ya’ni, ilm- fan, ta’lim, ishlab chiqarish, soliq, ijtimoiy soha, moliya-kredit, tarkibiy o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlarni belgilab beruvchi davlatning innovatsion siyosati kiritiladi.
Innovatsion infratuzilma deganda, nafaqat xo‘jalik yurituvchi bozor subyektlari (texnopark, texnopolis, innovatsion-texnologik parklar) balki, shu bilan birgalikda, innovatsion va venchur korxonalari kabi moliya institutlarini shakllantirish hamda ularni rivojlantirish ham nazarda tutiladi. Ushbu omil milliy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishida ahamiyati juda yuqori bo‘lib, u iqtisodiyotni innovatsion infratuzilma obyektlari bilan ta’minlash va innovatsion
faoliyat subyektlari uchun qulay institutsional muhit yaratishning asosiy sharti hisoblanadi.
Institutsional muhit va innovatsion faoliyat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq holda amal qiladi. Mamlakatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi va tartibga soluvchi mukammal qonunchilik bazasini shakllantirish va davlatning samarali innovatsion siyosatini ishlab chiqish milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati yanada oshirishga yordam beradi. Ammo, boshqa tomondan qaraladigan bo‘lsa, ushbu omillar aksincha, innovatsion faoliyat rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladigan holatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Ya’ni, nomkammal qonunchilik va davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari ko‘p aralashishi mamlakatda innovatsion faoliyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini oshirishda institutsional omillarning ahamiyati juda katta ekanligi o‘z isbotini topdi. Shuning uchun ham institutsional-huquqiy shart-sharoitlarni takomillashtirmasdan turib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishning iloji yo‘qligi ko‘pchilikka ma’lum haqiqatdir. Mavjud institutlarni rivojlantirish bilan birga zamonaviy talablarga javob beradigan yangi institutlarni yaratish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Bizning fikrimizcha, milliy iqtisodiyotning innovatsion solohiyatini oshirishning institutsional omillarini ularning miqyosidan kelib chiqqan holda quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq:
mamlakat miqyosida amalga qiladigan, innovatsion faoliyat natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan va qonun doirasida harakat qiladigan makrodarajagi institutlar;
hududlar miqyosida amalga qiladigan, xarakat mexanizmlari innovatsiyalarni yaratishni tezlashtirishga yordam beradigan, rasmiy va norasmiy tarzda faoliyat yuritadigan mikrodarajagi institutlar.
Mikro va makro darajalarga mos ravishda innovatsion rivojlanishning markaziy va hududiy institutlari ajratib ko‘rsatiladi. Markaziy institutlar innovatsiyalar rivojlanishi uchun ma’lum darajada shart-sharoitlar yaratadi. Masalan, huquqiy, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy va professional sharoitlar shular jumlasidandir.
Hududiy institutlar esa, ma’lum bir hududda innovatsion jarayonlarda ishtirok qiluvchi subyektlar harakati, ular faoliyatining mahalliy koordinatsiyasi hamda hududiy masalalarni amalga oshirish maqsadida kombinatsiyalashuv va kooperatsiya aloqalarini ta’minlaydi. Ushbu institutlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirishga yoki ushbu jarayonni sekinlashtirishga olib keladi.
Mamlakatda innovatsion jarayonlarning rivojlanishi bir qator omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning samarali amal qilishi natijasida ta’minlanadi. Ular institutsional muhit, yaratilgan institutsional sharoitlar va milliy innovatsion tizimdan iborat.
Institutsional muhit innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun rag‘bat beradi, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish uchun qulay sharoitlarni shakllantiradi, korxonalar, shu jumladan, kichik korxonalarning innovatsion faolligini oshiradi.
Institutsional muhit makro darajadagi holatni tavsiflasa, institutsional sharoitlar esa, mikrodarajada yaratilgan imkoniyatlarni ifodalovchi iqtisodiy va noiqtisodiy mexanizmlarni ifodalaydi.44
Makrodarajadagi sharoitlar quyidalarni o‘z ichiga oladi:
qonunchilik, normativ-huquqiy aktlar;
shartnoma huquqi;
mulkka egalik qilish tartibi;
urf-odat va va qadriyatlar;
institutsional ishonch (xo‘jalik faoliyatini tartibga solish qonunlari va mexanizmlarining mavjudligi hamda o‘z faoliyatlari va tuzilgan shartnomalarni himoya qilish vositasi sifatida foydalanish darajasi)
Mikrodarajadagi sharoitlar esa, quyidagilardan iborat:
bozor transaktsiyalarining o‘lchamlari (transaktsion xarajatlar, tavakkalchilik va noaniqlik darajalari, kelishuvlarni amalga oshirish aktlari soni, aktivlarning o‘ziga xos xususiyatlari);
samarali ayrboshlashni ta’minlovchi rasmiy va norasmiy (tarmoq, birlashma va h.k) muqobil tashkiliy tuzilmalar mavjudligi;
tadbirkorlikni tashkil etish va rivojlantirish uchun turli xil sharoitlar yaratuvchi rivojlangan biznes infratuzilma;
ichki bozor, integratsiyalashgan tuzilmalar, tadbirkorlik faoliyatining yangi shakllari (franchayzing, savdo va sanoat tarmoqlari va boshqalar);
o‘zaro shaxsiy ishonch.
Shunday qilib, innovatsion rivojlanishning institutsional sharoitlariga milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini oshirishni ta’minlovchi, muayyan bir hududda faoliyat yurituvchi rasmiy va norasmiy institutlar kiritiladi. Bunday institutlarga hududiy boshqaruv organlarining me’yoriy-huquqiy aktlari, innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash strategiya va ularni amalga oshirish dasturlari, mamlakatda ITTKI (ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari) sektorini rivojlanishini ta’minlovchi tayanch institutlarni kiritishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |