Innovatsion salohiyat shakllanishi va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar
Innovatsion salohiyatini obbyektiv ravishda, har tomonlama tadqiq qilish jarayonida unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va tasniflash muammosi vujudga keladi. Mazkur muammo dolzarb bo‘lishiga qaramasdan, hozirgi kungacha yetarli darajada o‘rganilmagan.
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish darajasini mamlakatda innovatsion salohiyat oshishiga ta’sir qiluvchi omillar belgilab beradi. Omil deganda, innovatsion iqtisodiyotning rivojlanish sur’ati va xarakteriga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlar tushuniladi. Mazkur yondashuvga ko‘ra, innovatsion jarayon unga bog‘liq bo‘lgan bir qator omillarning o‘zaro ta’siri natijasi hisoblanadi.35
Mamlakatda innovatsion salohiyatning shakllanishi va amalga oshirilishi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalaridan boshlab, ijtimoiy ishlab chiqarish yoki innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni o‘z ichiga oluvchi, innovatsion jarayonlarni jadallashtiruvchi omil va shart-sharoitlar majmuasiga bog‘liqdir.
Innovatsion salohiyat yakuniy bosqichda turgan mavjud innovatsion loyihalar hamda innovatsion faoliyatni rivojlantiruvchi barcha bo‘g‘inlarni birlashtiruvchi infratuzilma sifatida ifodalanadi.
Ushbu muammo bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan bir qator mualliflarning fikriga ko‘ra,36 innovatsion salohiyatni oshirishni rag‘batlantiruvchi yoki sekinlashtiruvchi
35 Макарова Е.С. Классификация факторов инновационного потенциала региона. // Экономика и менеджмент инновационных технологий. -М.: Январь, 2012. -с. 28-71.
36 Бобылев, Г.В. Условия и факторы реализации инновационного потенциала региона // Регион: экономика и социология. - 2008. - № 1. - с.116.; Трухляева, А.А. Инновационный потенциал региона: оценка и перспективы развития // автореф. дисс. канд. эк. наук 08.00.05. - Волгоград, 2010. -с. 26.; Бакланова Ю.О. Формирование и развитие инновационного потенциала региона // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05 - Киров, 2008. -с.23.; Арсентьева Н.А. Инновационный потенциал как фактор обеспечения конкурентоспособности экономической системы // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05. -Чебоксары, 2010. -с. 28.; Диваева, Э.А. Объективные основы формирования и развития инновационной системы в регионах // Управление экономическими системами [Электронный ресурс] - http://uecs.ru/uecs32- 322011/item/546-2011-08-08-10-38-22.; Татаринцева, И.В. Управление инновационным потенциалом региона на основе эффективных методов его оценки и анализа // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05 Орлове, гос. техн. ун-т. - Орел, 2007. -с.22.; Суязов, В.Н. Комплексная оценка эффективности инновационного развития научно-производственных организаций // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05 -Саратов, 2011. -с.24.
xizmatlar ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot subyektlari uchun istiqbolda jahon bozoriga chiqish imkoniyati tug‘iladi;
yaratilayotgan innovatsiyalarning tegishli sohalardagi texnologik jarayonlar bilan integratsiyalashuv qobiliyati mavjudligi.
Makro va mezo darajadagi omillar innovatsion loyihalarni amalga oshirish samaradorligini belgilab beradi. Davlat va hududiy boshqaruv organlarining asosiy vazifasi innovatsion sohaga investitsiyalar oqimi uchun qulay iqtisodiy, siyosiy va huquqiy sharoitlar yaratishdir. Makrodarajadagi innovatsion faoliyatning rivojlanishi hududiy iqtisodiyot hamda butun mamlakat iqtisodiyotining o‘sish nuqtasini shakllantiruvchi samarali hududiy tizimlarning rivojlanishi orqali sodir bo‘ladi.
Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotda innovatsion faoliyat rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular texnologik ishlanmalar va ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning past darajasi, yosh olimlarning moddiy va moliyaviy jihatdan etarli darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi hamda innovatsion obbyektlarning etarli axborot bilan ta’minlamayotganligida o‘z aksini topadi.
Fikrimizcha, yuqorida ko‘rsatilgan to‘siqlarni bartaraf etish va yaratilayotgan innovatsion korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun innovatsion faoliyat ishtirokchilari o‘rtasidagi turli xil shakl va darajadagi o‘zaro munosabatlarni ta’minlovchi innovatsion infratuzilma obbyektlarini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, rossiyalik olim A.A.Truxlyaevaning fikricha, milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni ikkita guruhga bo‘lib ko‘rsatish mumkin: 37
innovatsion salohiyatning sifat tarkibini belgilab beruvchi trasformatsion omillar;
milliy iqtisodiyotning innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga tayyorgarligini ko‘rsatuvchi va innovatsion salohiyat mavjudligi hamda uni realizatsiya qilishni belgilab beruvchi chegaralarni ifodalovchi transaktsion omillar.
Transformatsion omillarga milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyati rivojlanishiga to‘siqinlik qiluvchi omillar, ya’ni, kadrlar masalasi, ilmiy, texnik- texnologik va moliyaviy cheklanishlarni kiritish mumkin. Ya’ni, yuqori iqtisodiy tavakkalchilik, pul mablag‘lari tanqisligi, malakali hodimlarning etishmasligi, innovatsiyalarni ishlab chiqish va bozorga kiritish qiymatining yuqoriligi, moddiy va ilmiy-texnik bazaning sustligi hamda uning eskirganlik darajasining yuqoriligi innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan sanaladi.
Transaktsion omillar deganda, innovatsion salohiyatga salbiy ta’sir qiluvchi axborot, tashkiliy, institutsional cheklovlar tushuniladi. Ularga davlat va tadbirkorlik sektori o‘rtasida ishonchli, samarali o‘zaro ta’sir mexanizmlari hamda innovatsion madaniyatning mavjud emasligi, innovatsion faoliyatni qo‘llab- quvvatlovchi me’yoriy-huquqiy bazaning nomukammalligi, mamlakatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlari, subsidiya va boshqa preferentsiyalarning yo‘qligi,
37 Трухляева, А.А. Инновационный потенциал региона: оценка и перспективы развития // автореф. дисс. канд. эк. наук 08.00.05. - Волгоград, 2010. -с. 26.
yangi texnologiyalar, sotuv bozorlari haqidagi axborotning etishmasligi, innovatsion tizimda ilmiy, ishlab chiqarish va ta’lim integratsiyasi samaradorligining pastligini kiritish mumkin.
Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini shakllantirish va amalga oshirishga salbiy ta’sir qiluvchi omillar ichidan rossiyalik olima Yu.O.Baklanova iqtisodiy, ishlab chiqarish va tashkiliy omillarni ajratib ko‘rsatadi. 38
Salbiy xarakterga ega bo‘lgan iqtisodiy omillar tarkibiga ishlab chiqaruvchining o‘z mablag‘lari etishmasligi, davlatning moliyaviy qo‘llab- quvvatlash mexanizmlarining takomillashmaganligi, yuqori innovatsiyalarga nisbatan talab yo‘qligi, innovatsion loyihalarning qoplanish muddati uzoqligi va shu kabilarni kiritadi.
Uning fikricha, ishlab chiqarishning salbiy xarakterga ega bo‘lgan omillariga mamlakatda iqtisodiyot subyektlarining innovatsion faolligi va salohiyatining pastligi, korxonalarning yangilikni qabul qilishi darajasining sustligi, mavjud va ishlab chiqilayotgan yangi texnologiyalar haqida axborotning etarli emasligi, malakali xodimlar tanqisligi, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan kooperatsiya aloqalarining takomillashmaganligi kabilarni kiritish mumkin.
Mamlakatda innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazaning nomukammalligi, innovatsion infratuzilma obbyektlari samaradorligining pastligi, innovatsion jarayonlar muddatining mavhumligi hamda texnologiyalar bozorining rivojlanmaganligini milliy iqtisodiyot innovatsion salohiyatini rivojlanishiga u yoki bu darajada salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tashkiliy omillar qatoriga kiritish mumkin.
N.A.Arsenteva39 innovatsion salohiyatni belgilab beruvchi omillar qatoriga innovatsiyalarni tatbiq etishga davlat va hususiy sektorning tayyorgarligi, tadqiqot yo‘nalishlari, jamiyatning innovatsiyalar va innovatsion an’analarni qabul qila olish qobiliyatini kiritadi.
D.I.Kokurin omillarni ichki va tashqi guruhga ajratadi. U ichkiga institutsional munosabatlar holatini belgilab beruvchi omillarni kiritib, ulardan innovatsion faoliyat subyektlarining mulkchilik shakllari va obbyektlarining tashkiliy-huquqiy tuzilishi, miqyosi, ularning qaysi tarmoqqa tegishli ekanligi va hokazolarni ajratib ko‘rsatadi. Hududiy miqyosda ushbu omillar hududlar ixtisoslashuvi, davlat va hususiy sektor o‘rtasidagi mutanosiblik va shu kabilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
38 Бакланова Ю.О. Формирование и развитие инновационного потенциала региона // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05 - Киров, 2008. -с.23.
39 Арсентьева Н.А. Инновационный потенциал как фактор обеспечения конкурентоспособности экономической системы // автореф. дисс. канд. экон. наук 08.00.05. -Чебоксары, 2010. -с. 28.
E.A.Divaeva40 milliy iqtisodiyotda innovatsion salohiyatning ko‘lami, o‘zgarish sur’atlari va uning ichki tarkibini belgilab beruvchi bir qator omillarni ajratib ko‘rsatadi:
ichki va tashqi bozorda mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida uni yangilash hamda texnik-eksplutatsion darajasini oshirish;
xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik sur’atlarini jadalllashtirish va shu orqali jahon bozoriga chiqish;
ilmiy tadqiqotlar va texnik ishlanmalar natijalarini tez o‘zlashtirish va ommaviy tarqatish;
tarkibiga ilmiy va muxandis-texnik xodimlar kiruvchi kadrlar salohiyatini saqlab qolish hamda innovatsion faoliyat bilan kam bog‘langan sohalarga yuqori malakali kadrlarning o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Dostları ilə paylaş: |