5. Maqsadni ishlab chiqarish va MVO dasturini samarasi
Maqsadni ishlab chiqish.
Birinchi bosqich bo’lgan-maqsadni ishlab chiqish rejalashtirish jarayoniga o’xshashdir.
Yuqori rahbariyat o’z
maqsadini ishlab chiqishi, quyi darajalar uchun maqsadlarni shakllantiradi.
Druker va Mak Gregor singari mutaxassislar quyi daraja rahbarlari, yuqori rahbariyat maqsadlariga
mos keluvchi o’z maqsadlarini ishlab chiqishda faol qatnashishlari kerakligini ta’kidlaganlar. Bu
ish bilimlardagi yig’ilishlarda muhokama qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Har bir xodim
qator nazorat ko’rsatkichlarini tayyorlaydilar. So’ngra bo’lim rahbari bu bo’linmalar maqsadlarini
ko’rib chiqib, ularni bir-biri bilan bog’lashni ta’minlaydi. Ammo, ko’p tadqiqotlar ko’rsatishicha
quyi maqsadlarni ishlab chiqishda qatnashgan bo’linma va xodimlar sonini ortishi hamma vaqt ham
samaraga olib kelavermaydi. Yuqori daraja rahbarlariga qaraganda maqsadlarga ta’sir ko’rsatishga
katta imkoniyatlari bor. Maqsadlarni ishlab chiqish jarayonini
ikki tomonlama informatsiya
almashuv
jarayoni zarurdir, chunki har bir xodim o’z maqsadini aniq tushunishga erishishi lozimdir.
Ular bu maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan vositalar to’g’risida rahbarlarga ma’lumot beradilar.
Rahbarlar tomonidan qo’llab-quvvatlashga muhtoj bo’lgan asosiy sohalar.
1.Informatsiya.
2.Vakillik va ma’suliyat darajalari o’rtasidagi munosabatni aniqlash.
3.Shtat xodimlari tomonidan qo’llab - quvvatlash.
4.Gorizontal va vertikal muvofiqlashtirish.
5.Moliyalashtirish,
material, dastgoh va mehnat resurslari.
Dostları ilə paylaş: