4.2. Jahon hamjamiyatiga kirib borshi va uning bilan teng huquqyai hamkorlikka yo’l
ochishva boshqa kichik maqsadlarga bo’linadi.
Ikkinchi darajali maqsadlarning har biri o’z navbatida quyi bo’g’in maqsadlariga bo’linadi.
Masalan, mulkchilikning xilma-xilligiga o’tish maqsadi (2:2) ning amalga oshirilishi quyidagi qator
tadbirlarni ishlab chiqishga va ularning qaysi birini tanlab olinishiga bog’liq bo’ladi:
2.2.1. Davlat korxonalarini aktsionerlik
jamiyatiga aylantirish, uning mol-mulki hisobidan
chiqarilgan (emissiya qilingan) aktsiyalarni xalqqa sotish. Aktsiya
sotib olgan kishi mulkdorga
aylanadi.
2.2.2. Ijaraga berilgan davlat korxonasini ijarachilar jamoasiga o’zi ishlab topgan puliga yoki
qarzga sotib va korxona-ni jamoa mulkiga aylantirish. Bunda yangi mulqtsor xalq emas,
faqat
korxona jamoasi bo’ladi.
2.2.3. Davlat mulkini chiqarilgan (emissiya qilingan) sertifikatlar yoki vaucherlar qiymatiga
binoan fufrolarga bepul berish. Bunda mulk xalq o’rtasida
taqsimlanadi, chunki vaucher va
sertifikat korxona aktsiyasyush olish huquqini beradi.
2.2.4. Davlat mulkini
faqat mehnati bilan tanilgan, ishning ko’zini biladigan, mas’uliyatni
zimmasiga
ola oladigan tadbirkorlarga, boshqaruvchilarga (menejerlarga) sotish. Bunda ma’lum
qatlamgina mulk sohibiga aylanadi.
2.2.5. Davlat mulkini xorijiy qarzni uzish evaziga chet el firmalari va fuqarolariga berish.
Bunda milliy mulk hisobidan xorijiy mulk o’sadi.
2.2.6. Davlat mol-mulkini kim oshdi savdosi orqali sotish. Bunda ham faqat ma’lum toifadagi
kishilargina yangi mulk sohibiga aylanadilar.
3. Maqsadli boshqaruv usuli pog’onalari.
Dostları ilə paylaş: