9-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari. Reja: Boshqaruv maqsadi va ularga qo’yiladigan asosiy talablar. Boshqaruv maqsadi turlari


Maqsadlar bo’yicha boshqarish (MVO)



Yüklə 258,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix10.12.2023
ölçüsü258,39 Kb.
#139289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
9-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funktsiyalari.

 
4. Maqsadlar bo’yicha boshqarish (MVO). 
 
Nazorat samarali bo’lishi uchun uni rejalash bilan bog’lash zarurdir. Bunday mustahkam 
aloqa boshqaruv samarasini oshirishga katta hissa qo’shadi. Mehnat resurslari sohasida rejalash va 
nazoratni bog’lashga imkon beradigan boshqaruvning ommaviy usuliga maqsadlar bo’yicha 
boshqarish deyiladi. MVO - nazoratni ishcha xodimlarga bo’lgan salbiy oqibatini oldini olishga 
yordam beradigan motivlashtirish usulidir. 
Antoni Ray MVO ning ahamiyatini shunday ta’kidlaydi. Asosiy diqqat MVO da kelajagini 
oldindan aytishga qaratilan. Shu bilan birga kelajakka munosabat, unga ta’sir ko’rsatishga e’tibor 
beriladi. Druker fikricha, tashkilotdagi barcha rahbar aniq maqsadga ega bo’lish kerak. Bu 
maqsadlar bosh rahbar maqsadini ko’llab-quvvatlashi lozim. 
MVO muammosiga Duglas Mak Gregor boshqacharoq yondashadi. Bu usulni zarurligini 
ta’kidlab u rahbarlarni natijalarga asoslangan holda baholash imkoniyatini berishni ko’rsatadi. Qo’l 
ostingizdagi Xodimga yaxshi ishlamayotganini aytish qator ahlokni samarali usul hisoblanmaydi. 
Xatolarni, kamchiliklarni tuzatish nuqtai nazaridan samarasizdir. Buning o’rniga qo’l ostingizdagi 
Xodimga uning unumdorligi nazorat raqamidan 10 % kamchiligini aytsangiz, bu aniq ma’lumot 
beradi. Nazorat uchun aniq koordinatalarni etalon, unumdorlikni oshirish uchun aniq nima qilish 
kerakligini ko’satgan bo’lamiz. Shuning uchun har bir rahbar o’z xodimlari uchun aniq 
maqsadlarni belgilashi, aniq vositalarni yetkazib berishi shart. Ma’lum vaqtdan so’ng rahbar va 
bo’ysunuvchi haqiqiy ish ko’rsatkichlarini baholashlari va nazorat ko’rsatkichlari bilan 
solishtirishlari mumkin. 
Antoni Ray MVOni 4 bosqichdan iborat jarayon deb xarakterlaydi. 
1.Aniq va ixcham maqsadlarni ishlab chiqish. 
2.Ularni bajarish uchun rejalar tuzish. 
3.Muntazam nazorat,natijalarni o’lchash va baholash. 
4.Rejalashtirish natijalarga erishish uchun zarur chora-tadbirlar ko’rish. 
MVO jarayon bosqichlari qo’yidagi 21-chizmada keltirilgan. 

Yüklə 258,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin