9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt reja



Yüklə 385,5 Kb.
səhifə5/9
tarix01.12.2023
ölçüsü385,5 Kb.
#136863
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy int

Oltinchidan, ishlab chiqarish jarayonida axborot va intellektual kapital alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda ushbu jarayon ob’ektiv hisoblanadi va birinchi navbatda, shunda o‘z ifodasini topadiki, axborot xarajatlari, xuddi avvalgi mehnat yoki kapital xarajatlari kabi, sof miqdoriy jihatdan ham asosiyga aylanadi. Masalan, amerikalik olim T.Styuart quyidagi ma’lumotlarni keltirib o‘tgan. 1991 yil AQSHda 112 mlrd dollarni tashkil qilgan axborot va axborot texnologiyalari xarid qilish xarajatlari birinchi marta ishlab chiqarish texnologiyalari xarid qilish xarajatlaridan (107 mlrd. doll.) ortib ketdi. Bundan tashqari, 1995 yilga kelib amerika iqtisodiyotida sanoatda yaratilgan qo‘shilgan qiymatning ¾ ga yaqini axborot yordamida yaratilgan. SHunday qilib, aytish mumkinki, bo‘yicha moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida bilimlar yordamida yaratiladigan qiymat ulushining o‘sishi postindustrial jamiyatning eng muhim belgisi. Bu chuqur texnologik o‘zgarishlarni tavsiflaydigan intellektuallashtirish va axborotlashtirish jarayonidir.
Ettinchidan, ishlab chiqarish jarayonida bilimlar va axborotning roli ortishi ta’lim tizimini birinchi o‘ringa chiqarib qo‘ydi. Postindustrial jamiyat sharoitlarida ta’lim uzluksiz xarakterga ega bo‘ladi. YUqori talablarga mos kelish uchun xodim nafaqat ma’lumotli bo‘lishi, balki o‘qish va malakasini o‘zgartirish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi lozim. Bu xarakterli tendensiya haqida bir nechta omil dalolat beradi. Dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida majburiy ta’limga ajratilgan vaqt doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Axir zamonaviy ishlab chiqarish xodimdan keng dunyoqarash, yuqori darajada umumiy madaniyat talab qiladi. Ko‘p sonli tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, umumiy madaniy zaxiraga ega bo‘lgan xodim yangi bilimlarni yaxshiroq o‘zlashtiradi, u yoki bu vaziyatlarga mos ravishda javob qaytaradi va katta ijodiy zaxiraga ega bo‘ladi. Aynan shu sababli YAponiyaning yirik korporatsiyalari korxonalar hisobidan o‘z xodimlarini Evropaga «madaniyat safarlari»ga yuboradi. Ta’limning uzluksiz bo‘lib borayotganidan ishlab chiqarish va ta’limning
«qo‘shilish» jarayoni ham dalolat beradi. Qayta o‘qitish va malaka o‘zgartirish jarayonlari korxonalarda muntazam bo‘lib, ularning hisobidan amalga oshiriladi. Deyarli barcha yirik korxonalar o‘zining o‘quv bazasiga ega.

Yüklə 385,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin