9-mavzu: so‘nggi o‘rta asrlarda markaziy osiyo etnik jarayonlarning yangi bosqichida reja


So‘nggi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlar yangi bosqichining boshlanishi



Yüklə 25,09 Kb.
səhifə2/3
tarix07.12.2022
ölçüsü25,09 Kb.
#120618
1   2   3
9-mavzu so‘nggi o‘rta asrlarda markaziy osiyo etnik jarayonlarn

So‘nggi o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlar yangi bosqichining boshlanishi.

XIII asr boshlariga kelib Markaziy Osiyoda 200 yil hukmronlik qilgan g‘arbiy qoraxoniylar hukmronligi tugatiladi. Shu paytda Ila daryosi bo‘yida yashovchi naymanlar kuchayib Kidan (Qoraxitoy) davlati o‘rnida yangi nayman – Kuchluk davlati vujudga keladi. XIII asr 20-yillarida Markaziy Osiyo Mo‘g‘ullar zulmi ostida qoladi. Mo‘g‘ullar bosqinidan keyin Movarounnahr va unga tutash viloyatlar aholisi qariyb yarim asr davomida etnik tarkibini tiklay olmagan. Mahalliy aholi avvalgidek turg‘un yashay berdi. Mazkur hududlarda yashab kelgan yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troq qavmlar o‘troqlashib, mahalliy aholi bilan aralashib, ko‘plari etnik nomlarini unutib yuborgan bo‘lishi mumkin.


XIV asrning 40-yillarida Chig‘atoy ulusi Sharqiy va G‘arbiy ulusga bo‘linib, Sirdaryo ular o‘rtasida chegara bo‘lib qoldi. Mo‘g‘uliston aholisi XIII-XIV asrlarda til jihatidan batamom turkiylashib ketgan edilar. Turkiylashgan mo‘g‘ul qavmlari tarixiy manbalarda «mo‘g‘ul» deb nomlangan.
Movarounnahr va unga qo‘shni hududlarga XIII asrning ikkinchi yarmidan ayrim etnik guruhlar kela boshlaydilar. Bular: jaloyir, barlos, qavchin va arlatlar. Jaloyirlar Angren havzasiga va Xo‘jand atroflariga keladilar. Ular dastlab, Onon daryosida yashab, so‘ng XIII asr birinchi choragida Ila daryosi havzasiga va 60-yillarda Angren vohasiga kirib kelganlar.
Barloslar - Onon va Kerulen daryosi havzasida yashagan. Chingizxon davrida ular yirik va ishonchli harbiy kuchga ega bo‘lganlar. Chingizxonning eng ishonchli kishilaridan bo‘lgan Qubilay noyon, amirlardan biri bo‘lgan Qorachur noyon edi. Qorachur Amir Temur ajdodlarining beshinchi (katta bobosi) bo‘lgan.
Chingizxon vorislari davrida barloslarning bir qismi Ila daryosining chap sohiliga, Sharqiy Turkistonning G‘arbiy hududlariga, Koshg‘ar viloyatiga kelib joylashgan. Ushbu barloslarning boshlig‘i XV asrda Mirzo nomli kishi bo‘lib Muhammad Haydarning tog‘asi edi. («Tarixi Rashid-addin»ning muallifi).
XIII asrning 60-yillarida Ila daryosi bo‘yida, Sharqiy Turkistonda yashovchi barloslarning bir qismi Shahrisabz vohasiga ko‘chib kelganlar. Bobur Mirzo va Temur davrida ularning ayrimlari Tojikistonning janubiga, Afg‘onistonga, Hindiston, Kashmirga borib o‘rnashadilar.
Barloslarning tili qarluq lahjasiga yaqin bo‘lgan.
Qavchinlar – XIII asrning 60-yillarida Farg‘ona vodiysi va Qashqadarayo viloyatiga, G‘uzor atroflariga kelib o‘rnashdilar. Ular Koshg‘arda ham yashagan bo‘lishlari mumkin.
Arlotlar – Mo‘g‘ulistonda yashagan. XIII asrning 1-choragida ular Yettisuvga, Yettisuvdan ularning bir qismi Surxondarayo viloyatining janubiga, Termiz va Afg‘onistonning shimoliga kelib joylashadilar. Arlotlar Amir Temurga sadoqat bilan xizmat qilganlar va uning harbiy yurishlarida qatnashganlar.
V.V.Bartoldning fikricha, Movarounnahrda yashovchi turklashgan mo‘g‘ullar asta-sekin «mo‘ng‘ul» atamasini ham esdan chiqarib, o‘zlarini «chig‘atoy» deb nomlaganlar. (Bartold V.V. T.2. Ch.1. M., 1963. s. 154.)
XIII-XIV asrlarning birinchi yarmida Movarounnahrga olchin, dug‘lot, mo‘ng‘ul, sulduz, o‘yrot, bahrin, markit, mang‘it, qo‘ng‘irot va boshqa qavmlarning ayrim guruhlari ko‘chib kelgan. Lekin ular son jihatdan mahalliy aholiga nisbatan kam bo‘lgan va asta-sekin o‘troqlikka o‘ta boshlagan, ular yarim o‘troq, yarim ko‘chmanchilikka o‘ta boshlagan.
Qipchoqlar – XIV- XV asrlarda Shimoliy Kavkazda, Krimda, Kolga bo‘yida, Ural tog‘i mintaqalarida, Dashti qipchoqning sharqiy qismida, Yettisuvda yashaganlar. Sirdarayo sohilida yashovchi qipchoqlarning bir guruhi Amir Temur tomonidan Movarounnahrga ko‘chirilgan.
Amir Temur va uning vorislari davrida tarixchilar Movarounnahrda yashovchi barcha turkiyzabon aholini «turk» yoki «turk elati» nomi bilan atashgan. Bu davrda adabiy tilning rivojlangan turi shakllanadi. Bu adabiy til «turkiy» yoki «chig‘atoy» tili deb nomlangan.
Taraqqiy etgan o‘zbek adabiy tili A.Navoiy davrida eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi.
Qang‘lilar – qang‘arlardir. XIII asr boshlarigacha ularning ayrim guruhlari Xorazmda, Samarqandda, Dashti Qipchoqda, Balxash ko‘li atrofida, Ila daryosi sohillarida ko‘chib yurganlar. A.Temur davrida ularning ayrimlari Dashti Qipchoqdan Zarafshon, Toshkent vohasiga ko‘chib kelganlar va mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar.
Qarluqlar – XIV- XV asrlarda ikki etnik qatlamdan iborat bo‘lgan. Birinchi qatlam Farg‘ona, Toshkent vohasi, Taxaristonda VI asrdan buyon yashab kelgan. Ikkinchi qatlam XIII-XIV asrning 60-yillarida tashkil topgan. Shu davrlarda ularning ayrimlari Ila daryosi sohillari va Yettisuvdan ko‘chib Toshkent va Zarafshon vohasiga, O‘zbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlariga kelib qarluqlar bilan aralashib ketganlar. XV asrda ayrim qarluqlar Farg‘ona vodiysida yashagan.
Arg‘in - VIII-XII asrlarda Toshkent vohasi, Farg‘ona vodiysi, Zarafshon vohasi va Surxondaryo viloyatiga ko‘chib kelib joylashganlar. Arg‘inlarning ayrim guruhlari o‘g‘uzlar bilan XI asrda Xuroson hududiga ko‘chib ketganlar. XIV-XV asrlarda ular Farg‘ona vodiysi, Surxon-Sherobod vodiysida va Afg‘onistonda yashaganlar. Arg‘inlur – A.Temur va temuriylarning ishonchli kishilaridan bo‘lgan.
Dug‘lotlar – bu dulu qabilasi bo‘lishi mumkin. Ila vodiysi va Yettisuvda yashagan dulu qavmlari keyinchalik dug‘lot nomi bilan atala boshlagan. Dug‘lotlarning ayrimlari XIV-XV asrlarda Movarounnahrga ko‘chib kelib o‘rnashganlar. Ular Farg‘ona, Samarqand, Qorategin, Hisorda yashaganlar.
O‘g‘uz- saljuqlar – Nurota tog‘ etaklarida VIII-X asrga kelib yashaganlar. O‘g‘uz saljuqlardan ajralgan turkman guruhlari XI- XII asrlarda Buxoro atroflariga kelib joylashgan.
XI asr boshlarida o‘g‘uz-saljuqlarning katta guruhi Xuroson va Balx hududiga, keyinchalik Old Osiyoga qadar mamlakatlarni tobe etdilar.
Qorakidonlar (qoraxitoy) - mo‘g‘ullar bosqiniga qadar Movarounnahrda yashagan, ya’ni Zarafshon va Farg‘ona vodiysida yashab chorvachilik va qisman dehqonchilik bilan shug‘ullaganlar.
Arablar ilk o‘rta asrlarda Buxoro vohasiga, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga ko‘chib kelib yarim o‘troq kun kechirganlar.
Amir Temur istilo etgan mamlakatlarda, asosan Old Osiyo mamlakatlaridan bir guruh aholi Movarounnahrga ko‘chirib keltirilgan. (arablar, turklar, armanlar va b). Ular Samarqand atroflari, Zarafshon vohasiga joylashgan.
Xulosa o‘rnida aytish mumkin-ki, XIII-XV asrlarda Markaziy Osiyo, jumladan Movarounnahrda jiddiy etno-madaniy jarayonlar sodir bo‘lgan. Mo‘g‘ullar hukmronligining dastlabki yarim asr hukmronligi davrida aholi o‘z etnik tarkibini tiklash jarayoni og‘ir kechgan. XIII asrning ikkinchi yarmidan ayrim etnik guruhlarning sharqdan Movarounnahr va unga tutash o‘lkalarga ko‘chib kelib o‘troqlashuv jarayoni tezlashadi. Mahalliy aholiga nisbatan kam sonli bo‘lgan ko‘chib kelgan ko‘chmanchi turkiy qavmlar o‘troq mahalliy aholi bilan yaqinlashishi va ularning madaniyatini qabul qilishi kuzatiladi. XIV-XV asrlarda Movarounnahrda yashovchi barcha turkiyzabon aholi “turk” yoki “turk elati” nomi bilan atalgan. Bu davrda adabiy til “turkiy” yoki “chig‘atoy” tili rivojlanadi.




  1. Yüklə 25,09 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin