Moddaning elektroliziga sarflangan elektr miqdorini ulchash asboblari. Kulonometrik taxlilda elektrokimyoviy reaksiyalarda hosil bo‘lgan mahsulotlar mikdorini aniqlashga yoki tokni bevosita intergratsiyalashga asoslangan turli xil kulonametrlardan foydalanish mumkin xolda bu asboblar elektroliz zanjirida bo‘lishi tekshirilayotgan eritmali yacheykaga ketma-ket ulangan bo‘lishi kerak. Zanjirning har bir qismida tok qiymati bir xil bo‘lgani sababli ushbu asboblardan ham vaqt birligida tekshiriluvchi eritmadan o‘tgan miqdorda tok o‘tadi.
Elektrokimyoviy kulonometrlar. Bu asboblar tegishli shakldagi elektrolizyor bo‘lib, ularda amalga oshiruvchi elektrokimyoviy jarayonlarning tok bo‘yicha unumi 100% deb qabul qilinganda anod, katoddagi reaksiyalar maxsulotlarining mikdori biror bir usullari bilan aniqlanadi. Elektrokimyoviy reaksiya tenglamasi ma’lum bo‘lganida aniqlangan reaksiya maxsuloti miqdori orqali sarflangan elektr mikdori Q ni Faradey qonunidan foydalanib topish mumkin.
Elektrogravimetrik kulonometraar. Bularga misli, kumushli, kumush gologenitli va boshqa kulonometrlar kiradi.
Misli kulonometr. Sulfat kislota muhitida etarli darajada konsentrlangan mis sulfat eritmasidan tok o‘tkazilganda platina katod yuzasida mis metalining zich qatlami ajralib chiqadi. Yuvib quritilgan elektrod katta aniqlik bilan analitik tarozida tortiladi. Ajralib chiqqan misning eritmasidagi Cu+2 ionlari bilan qisman reaksiyara kirishib, Cu+ ionlarini hosil qilgani sababli elektr miqdorining juda kichik qiymatlarini o‘lchashda o‘lchash aniqligi malum darajada pasayadi.
Kumushli kulonometr. Kumush neytrat eritmasidan platina katodda kumush metali chiqadi, so‘ngra elektrodni tarozida tortib, ajralib chiqqan kumush miqdori aniqlanadi. Elektr miqdorining katta qiymatlarini o‘lchashda Ag + kamayib ketmasligi uchun, anod sifatida kumush plastinkadan foydalaniladi. U Ag + ionlariga qadar oksidlanib, katod jarayonida kamaygan Ag + ionlari o‘rnini to‘ldirib turadi. Kumushli kulonometrni misli kulonometrdan afzalligi shundaki, kumushni misga nisbatan elektrokimyoviy ekvivalent og‘irligi deyarli uch marta katta va havoda oksidlanmaydi. Uning kamchiligi katoddan ajralib chikuvchi kumush kristallarining g‘ovakligi bo‘lib, elektrod ohista yuvilmasa to‘kilib tushishi mumkin. Zich cho‘kmalarni olish uchun kumush tuzlarining ammiakli yoki sianidli eritmalaridan foydalaniladi.