A-guruh talabasi: mirzaahmedova xursanxonning


-mavzu. Erkaklar kiyimini loyihalash va texnik modellashtirish



Yüklə 87,18 Kb.
səhifə4/4
tarix09.12.2023
ölçüsü87,18 Kb.
#138651
1   2   3   4
O\'G\'IL BOLALAR KO’YLAGI TANLANGAN FASON ASOSIDA MODELLASHTIRISH

7-mavzu. Erkaklar kiyimini loyihalash va texnik modellashtirish
Erkaklar kiyimi tavsifi, o`ziga xos xususiyati, bichimi, rangi, gazlamasi, bezagi, uslublash haqida ma`lumot. Erkaklar ko`ylagining asosiy chizmasi uchun o`lchovlar olish. Hisoblash jadvali tuzish, chizmasini chizish, andaza tayyorlash. Texnik modellashtirish. Koketka shakllari, cho`ntaklar, taqilma shakllari. Bezak, yoqa turlarini tanlash.
Amaliy ish. Tikuvchilik texnologiyasi fani uchun erkaklar ko`ylagi modelini tanlash, asos chizmasini chizish, texnik modellashtirish, andaza tayyorlash. 
8-mavzu. Kiyimlarni modellashtirish va badiiy bezash asoslari
Modellashtirish maqsadi va bosqichlari, ommaviy ishlab chiqarish. Modalar uyining ish faoliyatini o`rganish, kichik ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya. Moda haqida tushuncha, tarixi va uning rivojlanishi. Modaning san`atda tutgan o`rni, milliyligi, madaniyati haqida ma`lumot berish. Kiyim kompozitsiyasi haqida. Murakkab fasondagi bolalar va O’g’il bolalar kiyimlarini modellashtirish.
Murakkab fasondagi bolalar va O’g’il bolalar kiyimlarini loyihalash va modellashtirish bosqichlarini bajarish.

Mustaqil ish. Uy kiyimlari, kundalik kiyimlar va bashang kiyimlar haqida ma`lumot to`plash. Kiyimlarni kiyish o`rniga qarab, zamonaviy moda yo`nalishida eskizlar tayyorlash. Kiyim kompozitsiyasi elementlari illyuziyalar yechimiga erishish.
Uy kiyimi, kundalik kiyim va bashang kiyimlar, ularga qo`yiladigan talablar, ularning badiiy bezalishi. Eskizlar ijod etish va ularni modellashtirish, namuna maket tayyorlash.
Yakuniy nazorat. O`tilgan mavzular asosida amaliy topshiriqlar bajarish 
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash fani bo`yicha amaliy mashg`ulotlar va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Tikuvchilik buyumlarini loyihalash, modellash va badiiy bezash fani bo`yicha amaliy ishlar har bir mavzu yakunida tavsiya etildi. O`qituvchi talabalar bilim saviyasi va o`qitish shart-sharoitlaridan kelib chiqib, bu ishlarni tashkil etadi.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda nafaqat Respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda .
Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm tanlanadi.
Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mum kin. Bir tomondan bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan moda olamida butunlay yangi burilish yasadi.
Qirqimlarga ishlov berish. Hamma biriktirma choklarining qirqimlari: yelka chok, yeng choki, yon chok, o'miz choklari maxsus mashinada yo'rmalanadi. Agar chok bir tomonga yotqizib dazmollanadigan bo'lsa, chokning ikkala qirqimi birga yo'rmalanadi, (26- a rasm) yorib dazmollanadigan bo'lsa, har qaysi chok qirqimi alohida-alohida yo'rmalanadi (26- b rasm).
Qirqimlarni universal mashinada ham bukib tikish mumkin (26- d rasm).
Chok qirqimiga mag'iz qo'yib tikish ham mumkin (26- e rasm).
Arra tishli qaychida chok qirqimi titilmaydigan gazlamani qirqib qo'ysa ham bo'ladi (26- f rasm).



Vitochkalarni tikish. Kiyimni gavdaga moslash va kiyim gavdaga yaxshi yopishib turishi uchun vitochkalar qilinadi. Vitochkalar asosiy detallarning ko'krak markaziga yelka tomondan yo'nalgan, yeng o'mizi tomonidan yo'nalgan, yon va bel tomondan yo'nalgan bo'lishi mumkin. Vitochkalar yordamida kiyimga kerakli shakl beriladi. Kiyimning bel qismida joylashgan vitochkalar, asosan, kiyimning gavdaga yopishib turishi uchun kerak bo'ladi.
Vitochkalarning soni va eni modelga bog'liq bo'ladi vitochkalar yorib dazmollanishi yoki bir tomonga yotqizib dazmollanishi mumkin. Bunday vitochkalarning oxirgi uchi tomonidagi solqi kirishtirib dazmollanadi, vitochkalar o'rniga qirqmalar, taxlamalar hosil qilish mumkin. Vitochkalar qirqma yoki yaxlit bo'lishi mumkin. Yengil kiyimlarda asosan yaxlit vitochkalar qilinadi (27- rasm).

Vitochkalarni tikishda detalning teskari tomonidan yordamchi andaza qo'yib, vitochka o'rni belgilab olinadi. Bunda birinchi chiziq gazlamani bukish chizig'i bo’lib, ikkinchi vitochkani biriktirib tikish chizig'i bo'ladi, vitochkaning tugaydigan joyiga ko'ndalang chiziq belgilab qo'yiladi. Detalning o'ngini ichkariga qaratib, birinchi chiziq bo'ylab bukiladi va ikkinchi chiziq bo'ylab biriktirib tikiladi. Detal chetidan boshlanadigan vitochkalar qirqim tomondan boshlab biriktirib tikiladi. Taxlama hosil qiladigan vitochkalarni tikishda oldin vitochka uchidan ko'ndalangiga bahyaqator yuritib, keyin burchak qilib burib, belgi chiziq bo'ylab biriktirib tikiladi. Vitochkalar bir tomonga yotqizib yoki yorib dazmollanadi, uchidagi solqi kirishtirib, dazmollab yo'qotiladi.


bolalar ko'ylagi turli furnituralar, kashta choklar,qo'yma burmalar, turli bеzak choklar, to'rlar, qoplama bеzaklar bilan bеzatiladi. Qo'yma kantli bеzak choklarni tikishda, kant dеtal 2 buklab dazmollanib, asosiy dеtal ustiga qo'yib baxyaqator yuritiladi, kеyin 2-dеtal uning ustiga qo'yilib, 1 mm. qochirib, 2-baxyaqator yuritiladi. Bеzak kant dеtal ziyida yoki o'rtasida bo'lishi mumkin. O'rtada bo'lsa yorib dazmollanadi.


Sutaj, jiyak to'r 1 yoki 2 ignali mashinalarda to'g'ri yoki siniq baxyaqatorlar yordamida bostirib tikiladi
Bеzak bеykalar yalang qavat yoki 2 qavat bo'lishi mumkin. Ular biriktirma yoki bostirma chok bilan ulanadi. Maxsus buklagich yordamida bеyka qirqimlari ichkariga bukilib, bеlgi chiziq bo'ylab bostirib tikilishi mumkin.

Sutaj, jiyak to'rlarni dеtalga ulash.

Bеykalarni asosiy dеtalga ulash.


Q
irqimlarni tikish.
Kiyim tikishda vitochkalar o'rnida bezatuvchi qirqmalar ishlatiladi.
Asosiy detalning qirqma joyidagi qismini biri ikkinchisiga nisbatan hosil qilinadigan burma hisobiga uzunroq qilib bichiladi Burma hosil qilish uchun ikkita parallel bahyaqator yuritiladi va bir tomondagi bahyaqator ipini tortib, burma hosil qilinadi
Qirqmani biriktirib tikishda burma tomonidan tikiladi. Modelda mo'ljallangan bo'lsa, qirqmaning teskari tomoniga gazlama parcha qo'yiladi va o'ng tomonidan bezak bahyaqator yuritiladi .
Kiyimning estetik talablarga mos ko'rinishda bo'lishiga mayinligi, qalinligi va boshqa xususiyatlari turlicha bo'lgan gazlamalarni ishlatib erishiladi.
Kiyimni bezashda xilma-xil buklamalar, bo'rttirma choklar, bo'rtma choklar, baxyaqatorlar kabi bezaklarga, hoshiyalar, etak burmalar, oddiy burmalar bilan bezashga va furnitura bilan bezashga katta o'rin beriladi.
Qo'sh etaklarning, etak burmalarning qirqimlari maxsus mashinada siniq baxyaqatorlar bilan tikiladi.
K
oketka yoki kiritma chetiga qo'yma burma ulanganda, uni avval asosiy detalga ulab olinadi. Bunda, qo'yma burmaning teskarisiga, asosiy detal o'ngi esa ustiga qaragan bo'ladi. Keyin koketka qo'yma burma ulangan chokni yopib turadigan qilib qo'yilib, asosiy detalga bostirib tikiladi


Bufflar ich kiyimlarni hamda ayollar va bolalar ko'ylaklarini bezash uchun ishlatiladi. Ular buyumlarning bir turi bo'lib, qo‘lda yoki mashinada tayyorlanishi mumkin Qo'lda tayyorlanadigan bufflar har xil naqshli bo'ladi. Bufflar detalning teskari tomonidan nuqtalar yoki chiziqlar tarzida belgilab olinadi. Buff qatorlari orasidagi masofa 0,8—1,0 sm bo'lishi zarur.Har bir qatordagi nuqta bir-birining tagiga aniq tushishi lozim. Oldin sirma qaviqqator tushiriladi: bunda igna aniq nuqadan qadalishi va ikki nuqita orasidan chiqarilishi kerak.
So‘ngra ip mayda taxlamalamning bukmalari vuqoriga chiqadigan qilib taranglanadi. Mayda taxlamalar keyinchlik surish mumkin bo‘ladigan darajada taranglanadi. Mavda taxlamalar hosil bo‘lgandan so‘ng gul tikishga kirishiladi
Mashinada tayyorlanadigan buflar oddiv va shnurli bo‘lishimumkin. Oddiy bufflar hosil qllish uchun detalda parallel chiziqlar belgilab olinadi.
Yüklə 87,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin