II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 3-semestr 1-mavzu. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Hayotiga doir muhim ma'lumotlar. (2 soat ma’ruza) Navoiy hayotini o‘rganish manbalari.Shoirning bolalik va yigitlik yillari. Davlat arbobi sifatidagi faoliyati. Hayotining so‘nggi yillari. 2-mavzu.Alisher Navoiyning lirik merosi. Devonlari. (2 soat ma’ruza) “Ilk devon”ga tavsif.Oqquyunlilar saroyi devoni haqida qoisqacha ma’lumot berish. Dastlabki rasmiy devonlar. G‘azal va mustazod janrlariga tavsif. Kulliyotdagi kichik lirik janrlar 3-mavzu.Navoiy she'riyati va janrlar poetikasi. (2 soat ma’ruza) Navoiy lirikasida tasavvufning o‘rni. Orifona g‘azallar haqida ma’lumot.G’azallarining mavzu yuzasidan tasnifi. Orifona g‘azallarning poetikasi. Ma’viza bayt. 4-mavzu. Alisher Navoiy lirikasida tasavvuf masalalari. Orifona g‘azallar. (2 soat ma’ruza) Hazrat Alisher Navoiy lirikasida g‘azalning o‘rni o‘ziga xos va beqiyosdir. Bejizga Maqsud SHayxzoda ulug‘ shoirga “g‘azal mukining sultoni” deb baho bermagan. Bu fikrni “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotiga kiritilgan 2560ta g‘azal ham tasdiqlab turibdi. Janr jihatidan yetakchilik qilgan g‘azalning ijodkor badiiy niyatini ifodalashi xususida shunday fikr bilidrish mumkinki, ular ulug‘ shoirning inson va jamiyat, inson va Iloh, inson va inson munosabatlari haqidagi fikrlarining, tuyg‘ularining aks ettiruvchi asosiy badiiy tafakkur mevalari sifatida qadrlidir. 5-mavzu. Badiiy san'atlar va ularning Navoiy she'riyatidagi o‘rni. (2 soat ma’ruza) Adabiy tur tushunchasi va uning ifodalanish shakllari. Nazmga xos janrlar va ularning tasnifi. Baytli she’r shakllari. G’azal, qasida va mustazod janrlari. Kichik lirik janrlar tavsifi. 6-mavzu. Xamsanavislik an'anasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si. (2 soat ma’ruza) Xamsachilik tarixi. Hirot adabiy muhiti xamsanavisligi. Abdurahmon Jomiy “Xamsa”sining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Alisher Navoiy “Xamsa”siga umumiy tavsif.Musulmon Sharqi epik poeziyasi tarixi xamsachilik an’anasi bilan chambarchas bog‘liq. Dastavval XII asrda vujudga kelgan xamsa janri sakkiz asrga yaqin vaqt davomida yuzlab javob dostonlarga ega bo‘ldi.