er, u oilani boshqarish huquqiga ega shaxs; oiladagi umumiy xususiy
mulk bo‘lmish mol-mulkdan foydalanishning tartibini belgilaydi. Lekin
er-xotin oilada huquqiy jihatdan teng boiishi lozim. Agar ko‘p xotinlilik
bo‘lsa, oilada ayol cho‘riga aylanadi, agar ayol hukmronlik qilsa, oilada
axloqsizlik ro ‘y beradi va u nikohning buzilishiga olib keladi. Ota-
onaning bolalarga munosabatida tarbiya muhim ahamiyatga ega. Tarbiya
intizomga asoslanm og'i lozim. Intizom esa bolalarning ota-onaga
bo‘ysunishini taqozo qiladi. Bolalar ota-onaga shunchaki emas, balki
oilaviy axloqiy intizomga rioya qilishlari uchun bo'ysunishlari kerak.
Oila rishtalari uzilmasligi, oila buzilmasligi lozim. Lekin er-xotinning
ajralishi ro‘y berishi mumkin. Oila buzilmasligining oldini olish uchun
odamlarda oilani buzilmaydigan maskan, degan tasaw urni uyg'otish
kerak. Y a’ni ajralishning hech qachon osongina ro ‘y berm asligi
ta ’m inlanm og‘i, iloji boricha uni qiyinlashtirishga harakat qilinm og‘i
zarur.
Xullas, Hegel ham Kant kabi insonga nihoyatda katta m as’uliyat
yuklaydi. U ning xulosasi qat’iy — qonun harakat qilmaydi, faqat inson
harakat qiladi.
Olm on m um toz axloqshunosligida bizga ruscha m atnlar orqali
Lyudvig Feyerbax nomi bilan tanish bo‘lgan
Ludvix
Foyerbaxning
(1804—1872) qarashlari o ‘ziga xos o ‘rin egallaydi.
Foyerbax yangi falsafani yaratish kerakligi haqidagi g‘oyani ilgari
suradi; bu falsafaning markazida tabiatdan uzilmagan inson turadi.
Shuning uchun uni falsafiylashtirilgan insonshunoslik ham deyish
mumkin. Haqiqiy falsafaning vazifasini Foyerbax kitob yozishdan emas,
odamlarni yaratishdan iborat deb hisoblaydi. «Yangi falsafaning ildizi
muhabbatning haqiqiyligiga, tuyg'ularning haqiqiyligiga borib taqaladi»,
— deydi u 1. Bu fikrlardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki,
Foyerbax falsafasida, ma’lum m a’noda, axloqshunoslik tosh bosib ketadi.
Axloq m asalalari, ayniqsa, un ing « 0 ‘lm aslik haqidagi m asalaga
insonshunoslik (antropologik) nuqtayi nazaridan qarash» (1846—1866),
«S piritualchilik va m oddiyatchilik ham da ixtiyor erkinligiga ular
munosabatining o ‘ziga xosligi haqida» (1863—1866), «Evdeymonchilik»
(1867—1869) degan asarlarida, kundaliklar va xatlarida ko‘tarilgan. Uning
o ‘zidan aw algi m um toz faylasuflardan yana bir farqi shundaki, u
Dostları ilə paylaş: