1.4. FTTB tarmog‘i uchun aloqani tashkil etish sxemasi
FTTB (ingl. Fiber to the Building – binogacha tola) texnologiyasi bugungi kunda O‘zbekistonda eng kutib olinayotgan keng polosali tarmoqlarni qurish texnologiyasi hisoblanadi.
FTTB ning keng tarqalishi optik kabel (OK) narxining pasayishiga, arzon optik qabul qilgichlarning, uzatkichlarning va optik kuchaytirgichlarning paydo bo‘lishiga yordam berdi. FTTB da optikaning ishlatilishi ma'lumotlarni uzatish uchun Metro Ethernet tezkor texnologiyasining ishlatilishiga imkon beradi, tashuvchi trossning yerga ulanishi zaruratidan xalos etadi, statik elektrlashtirishdan qurilmalarning ishdan chiqishini yo‘q qiladi va nazorat instatsiyalarida quriladigan tarmoqning muvofiqlashtirilishini yengillashtiradi. FTTB texnologiyasi bo‘yicha qurilgan tarmoqning topologiyasi quyidagi 1.6-rasmda keltirilgan.
[2]
1.6 – rasm. FTTB texnologiyasi bo‘yicha qurilgan tarmoqning topologiyasi
Bu tarmoqning topologiyasi ko‘p jihatdan aralash tolali-koksial tarmoqni takrorlaydi va ma'lumotlarni uzatish tuguni, magistral optik tolali aloqa liniyasi (OTAL) va taqsimlash tarmog‘idan tashkil topgan. FTTB ning farqi faqat GVKS optik tugunlarining “ikkinchi daraja tugunlariga” (kuchaytirish punktlariga) va taqsimlash tarmoqlari kokosial kabellarini optik kabellarga almashtirilishidan tashkil topadi. Bosh stansiya va uy taqsimlash tarmog‘i modernizatsiyalashda o‘zgartirishlarni talab qilmaydi, magistral uchun esa faqat optik tolalar sonini oshirilishi talab qilinadi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, FTTB tarmoqlarda yotqiziladigan optik tolalarning va o‘rnatiladigan optik qabul qilgichlarning soni ortadi.
Bu texnologiya bo‘yicha qurilgan FTTB tarmog‘i ikkita ustama-ust tushadigan, biri analog kabelli televidenie xizmatlari uchun, ikkinchisi ma'lumotlarni uzatish uchun tarmoqlar hisoblanadi. Ularni o‘sha bir OK larda turli tolalarning va magistral oraliqlarida va tasimlash tarmoqlarida ikkinchi darajali tugunlarining ishlatilishi birlashtiradi. Qolganlarida DOCSIS dan farqlanish, FTTB ishlatilganda barcha ishlatiladigan qat'iy maxsuslashtirilgan. TV uzatish yoki ma'lumotlarni uzatishda bitta qurilma ishdan chiqqanida boshqa xizmat shikastlanmaydi.
FTTB varianti ishlatilganda optik tola uyga, pastki qavatga yoki cherdakka (iqtisodiy samaraliroq) kiritiladi va ONU (Optical Network Unit) qurilmasiga ulanadi. Aloqa operatori tomonida OLT (Optical Line Terminal) optik liniya terminali o‘rnatiladi. OLT qurilma hisoblanadi va ONU (yoki ONT, FTTH bo‘lganida) abonent qurilmalari bilan trafikni almashtirish parametrlarini (masalan, signalning qabullash/uzatish vaqt intervallari) aniqlaydi.
Uy bo‘yicha tarmoqni keyingi taqsimlash “o‘ramli tola” bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Bu yondashishni ko‘p qavatli uylarda va o‘rta sinfdagi tijorat markazlarida tarmoqlarni qurishda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Aloqa operatorlari FTTB tarmoqlarini hozircha faqat yirik shaharlarda qurmoqda, lekin bu texnologiyadan barcha joylarda foydalanish istiqbollda turibdi. FTTB da FTTB da ishlatilganidek ko‘p sonli tolali qimmat optik kabelni yotqizish zarurati yo‘q.
1 .7-rasm. FTTB texnologiyasini tashkil etish sxemasi
XULOSA
Diplomning bu bo’limida, FTTx texnologiyasidagi FTTH, FTTP, FTTO, FTTC, FTTCab, FTTR, FTTOpt haqida qisqacha ishlash jarayoni muxokama qilindi.Qurilish topologiyalari haqida eng sodda tushintirishlar va izohlar keltirildi.Ularning ortasidagi farqlari va shu bilan birga avzalliklarni taxlil qilib chiqdik.Asosan FTTB texnologiyasini ATS dan to ko’p qavvatli binogacha bo’lgan holatni (oraliqda joylashga qurilmalar OLT, ONU, splitter h.k) qay tartib joylashishi xaqida tushintirildi
Dostları ilə paylaş: |