Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo„nalishlari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
1.3. Neoinstitutsional nazariyaning asosiy yo„nalishlari 
O‗rganish sohalari va ob‘yektlarining xilma-xilligi shunga olib keladiki
neoinstitutsional nazariya mukammal nazariy tizim sifatida emas, balki bir necha 
muhim g‗oyalar bilan birlashgan yondashuvlar to‗plami sifatida namoyon bo‗ladi. 
Neoinstitutsionalizmning asosiy yo‗nalishlari ichida o‗z mohiyatiga ko‗ra 
ko‗p jihatdan bir-biriga yaqin bo‗lgan quyidagi tadqiqotlarni ajratish mumkin [30, 
37, 40, 42, 47, 52, 56]:
-
mulk huquqi nazariyasi – R.Kouz, A.Alchiyan va G.Demsets, 
R.Pozner, S.Peyovich va Е.Furubotn – shartnomalar nazariyasiga asos bo‗ldi; 


21 
-
transaksiya xarajatlari nazariyasi – R.Kouz, O.Uilyamson, D.Nort – 
iqtisodiy tashkilot nazariyasi (firma nazariyasi)ga asos bo‗lib xizmat qildi – 
M.Aoki, A.Alchiyan va G.Demsets, S.Chung, M.Jensen va U.Mikling, 
O.Uilyamson, Yu.Fama; 
-
ijtimoiy tanlov nazariyasi – J.Byukenen, T.Tallok, M.Olson – 
byurokratiya nazariyasi – K.Errou, V.Niskanen, S.Parkinson; jinoyat va jazolar 
iqtisodiy nazariyasi – G.Bekker, M.Fridmen, J.Stigler, M.Olson va b.; korrupsiya 
iqtisodiy nazariyasi – E.Kryuger, J.Stigler va b.; xufyona va norasmiy iqtisodiyot 
neoinstitutsional konsepsiyasining davomi bo‗ldi – E. de Soto, E.Fayg, K.Xart, 
T.Shanin, F.Shnayder; 
-
D.Nortning institutsional evolyutsiya konsepsiyasi yangi iqtisodiy 
tarixda o‗z ifodasini topdi – B.Gustaffson, D.Nort, R.Tomas va boshqalar
1

Rossiya iqtisodiyot fanida neoinstitutsional nazariya R.I.Kapelyushnikov, 
O.S.Suxareva, A.N.Oleynik, V.M.Polterovich, V.L.Tambovseva, A.Е.Shastitko va 
boshqalarning ishlarida rivojlantirilgan
2

1
Қаранг:
Бренделева Е.А. Неинституциональная теория. Учебное пособие / Под.ред. проф. 
М.Н.Чепурина. – М.: ТЕИС, 2003. – 253 с.;
Даглас К.Норт. Институты и экономический рост: 
историческое введение. – М.: 2003. – 265 с.; Институциональная экономика

Учебник / Под общ. 
ред. А. Олейника. – М.: ИНФРА-М, 2009. – 704 с.;
Коуз Р. Фирма, рынок и право. – М.: Дело, 
1993. – 143 с.; Олейник А.Н. Институциональная экономика: Учебное пособие. – М.: ИНФРА-М, 
2009. – 416 с.;
Тарушкин А.Б. Институциональная экономика. Учебное пособие. – СПб.: Питер, 
2004. – 368 с.; Ходжсон Джеффри

Экономическая теория и институты: Манифест современной 
институциональной экономической теории / Пер. с англ. – М.: Дело, 2003. – 464.
2
Қаранг:
Введение в институциональную экономику: Учебное пособие/ Под.ред. Д.С.Львова. – 
М.: Из-во ―Экономика‖, 2005. – 636 с.;
 
Гребенников В.Г. Эволюция институциональных систем.
 - 
М.: "Наука", 2004. – 240 с.; Институциональная экономика: новая институциональная 
экономическая теория: Учебник /Под общей ред. д.э.н., проф. А.А. Аузана. – М.: ИНФРА-М, 2006. 
– 416 с.;
Кузьминов Я.И. Курс институциональной экономики: институты, сети, трансакционные 
издержки, контракты: учебник для студентов вузов. – М.: Изд.дом ГУ ВШЭ, 2006. – 442с.ва 
бошқалар.


22 
Xufyona va norasmiy iqtisodiyotning institutsional jihatlari A.Auzan, 
L.Kosals, A.Oleynik, V.RadaЕv, L.TimofeЕv, Yu.Latov va boshqalarning ishida 
o‗z aksini topgan. 
Neoinstitutsional nazariyaning sanab o‗tilgan yo‗nalishlari o‗rtasida ko‗plab 
farqlar ham, umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni 
ajratadi: 
Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga soluvchi qoidalar 
va shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko‗rinishda 
modellashtirishga intilishadi, bunda andoza sifatida ko‗proq neoklassik modelda 
mulk huquqlarining eng na‘munali yo‗lidan foydalaniladi. 
Ikkinchidan, to‗liq axborot va almashuvning nol darajali xarajatlari 
to‗g‗risidagi neoklassik taxminlar oydinlashtirildi, shuning uchun ijobiy 
transaksiya xarajatlarining oqibatlari o‗rganilmoqda. 
Uchinchidan, baholanadigan ne‘matlarda faqat ikkita o‗lchov – narx va sifat 
o‗lchovlari mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi, shu sababdan iqtisodiy 


23 
natijalar va iqtisodiy tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o‗zgarishlarining 
oqibatlari tadqiq etilmoqda
1

Yana bir bor shuni ta‘kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha 
to‗liq shakllanmagan: ta‘riflar va atamashunoslik borasida to‗liq uyg‗unlikka 
erishilmagan, matematik modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda 
juda kam darajada foydalanilmoqda, empirik testlashga katta e‘tibor qaratiladi (bu 
ayniqsa o‗tish iqtisodiyotidagi jarayonlarni tahlil qilishda, masalan, xufyona 
sektorni o‗rganishda, turli ma‘muriy to‗siqlarning samaradorligini tadqiq etishda 
yaqqol ko‗zga tashlanadi). 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin