VIII BOB MAMLAKATNI MODЕRNIZASIYa QILISh ShAROITIDA INSTITUSIONAL ISLOHATLAR 8.1.Mamlakatni modernizatsiya qilish konsepsiyasi va modernizatsiya
qilishning bosh maqsadi, vazifalari.
8.2.Institutsional o‗zgarishlar va iqtisodiyotda tarkibiy o‗zgarishlar.
8.3.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish.
8.4.Bozor
islohotlarini
va
iqtisodiyotni
liberallashtirishni
yanada
chuqurlashtirish.
8.1. Mamlakatni modernizatsiya qilish konsepsiyasi va modernizatsiya qilishning bosh maqsadi, vazifalari. Jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, globallashuv jarayonlari mamlakatlarni,
ularning iqtisodiyotini shiddat bilan o‗zgarib borayotgan jarayonlarga tezda
moslasha olish qobiliyatini rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bunday sharoitda
nafaqat iqtiodiy jihatdan moslashish, balki ijtimoiy va huquqiy rivojlanishni ham
mazkur sharoitlarga moslashtirish kerak bo‗ladi.
Mutaxassislarning ta‘kidlashicha, taraqqiyotning xozirgi bosqichidagi
modernizatsiya tushunchasida faqat iqtisodiy va texnik mohiyatni ko‗rish bilan
chegaralanmasdan, uni sotsiomadaniy mazmun bilan ham to‗ldirish kerak bo‗ladi:
- shaxs,jamiyat va davlatning xavfsizligi;
- insonlarning o‗z mehnati va hayotidan qoniqishi, mos hayot kechirishi
uchun Еtarli daromadga ega bo‗lishi;
-rivojlangan ijtimoiy strukturaning mavjudligi;
- xukumatga ishonch, siyosiy tizimning demokratlashganligi;
- siyosiy va huquqiy madaniyat darajasining yuqoriligi;
-umuminsoniy qadriyatlarni so‗zsiz qabul qilish.
Modernizatsiya so„zi «modern», ya‟ni yangi, zamonaviy degan ma‟noni anglatadi. Modernizatsiyalash ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangilash,
216
zamon talablari va me‟yorlari, sifat ko„rsatkichlariga muvofiqlashtirishdan