Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va kelishuvlar nazariyasi asosida



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

11.3. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va kelishuvlar nazariyasi asosida 
hal etish 
Tashkilotni amaliy tahlil qilishga kelishuvlar nazariyasi ham o‗z ulushini 
qo‗shadi. Uning yordamida tashkilot ichidagi nizolar tabiatini, optimal shartnoma 
nazariyasi va transaksiya xarajatlari nazariyasining tarafdorlari taklif etganidek, 
«prinsipal» va «agent» manfaatlarining qarama-qarshi qo‗yilishiga yo‗yish 
mumkin emas. Kelishuvlar nazariyasi tashkilot tuzilmasining 
murakkabligi
dan 
kelib chiqadi – u turli xildagi kelishuvlar unsurlarini o‗z ichiga oladi. Odatda, har 
qanday tashkilotning faoliyat ko‗rsatishi kamida quyidagi kelishuvlar imperativiga 
javob berishi lozim: bozor, industrial, an‘anaviy, fuqarolik, ijodiy faoliyat va 
ijtimoiy fikr. Har qanday tashkilot, hatto foyda ko‗rmay ishlayotgan korxona ham, 
o‗zining daromadlarini xarajatlarga muvofiqlashtirishi va o‗zining moliyaviy 
majburiyatlarini bajarishi zarur (bozor kelishuvining unsurlari). Har qanday 
tashkilotni boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va, o‗z navbatida, industrial 


326 
kelishuv unsurlaridan foydalaniladi. Tashkilot ichida o‗zining alohida madaniyati, 
eskilik to‗plamining shakllanishi uning faoliyatida an‘anaviy kelishuvlar 
unsurlarining paydo bo‗lganligidan dalolat beradi. Tashkilotda «agentlar» 
birlashgan manfaatlari - kasaba uyushmasi vakilining ishtiroki, shuningdek 
tashkilot 
ichki
hayotining mehnat to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga bo‗ysunishi 
fuqarolik kelishuvi impertivini o‗zida aks ettiradi. Tashkilotning ishbilarmonlik 
doiralaridagi obro‗si yoki iste‘molchilar o‗rtasida uning tovar belgisining 
mashhurligi bizni ijtimoiy fikr imperativiga amal qilishga undaydi. Va nihoyat, 
keng ma‘nodagi innovatsiyalarga intilish (yangi tovar yoki xizmatlar ishlab 
chiqarishdan tortib to tashkiliy tuzilmani optimallashtirishgacha) tashkilotning 
faoliyat ko‗rsatishida ijodiy faoliyat imperativini aks ettiradi. Shunday qilib, 
tashkilot asosida turli imperativlar o‗rtasidagi 
nizolar
yotadi. 
Kelishuvlar nazariyasining ustunligi nafaqat tashkilot faoliyat ko‗rsatishi 
jarayonida yuzaga keladigan nizolarni ozmi yoki ko‗pmi muntazam yoritishdan 
iborat, balki u murosaning turli ko‗rinishlarini tahlil qilish asosida nizolarni hal 
etish variantlarini ham taklif etadi. Masalan, korxona rahbari, ishlab chiqarish 
jarayonini oqilona tashkil etish hisobidan iste‘molchilarga taklif etilayotgan 
mahsulot narxini pasaytirishni ko‗zlagan holda, bosh muhandis (inustrial kelishuv) 
va sotuv bo‗limi (bozor kelishuvi) xizmatlarining manfaatlari o‗rtasidagi nizoni hal 
etish yo‗lini qidirishi lozim. «Fordizm» tamoyillaridan biri industrial va bozor 
kelishuvlari o‗rtasidagi murosaning bunday ko‗rinishini shunday izohlaydi: ishlab 
chiqarishni uzluksiz tashkil etish asosida ishlab chiqariladigan mashinalar 
tannarxini pasaytirish, sotuvni rag‗batlantirish va hatto iste‘molning yangi 
standartini tashkil etish imkonini beradi. 
Fransuz ishlab chiqaruvchisining «Pogrebok Affinua» yangi pishloq navini 
ishlab chiqarish to‗g‗risidagi qarori murosaning yanada murakkab ko‗rinishiga 
misol bo‗ladi. Ushbu qaror an‘anaviy retseptlar, zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish va pishloqning ushbu xili ko‗p sonli sovrinlar bilan taqdirlanadigan 
nufuzli tanlovlarda ishtirok etishi asosida istemolchining nozik didli talablarini 
qondirishga urinish ta‘siri ostida qabul qilingan edi. Mazkur korxona faoliyat 


327 
ko‗rsatishini belgilab beruvchi bozor, an‘anaviy, inustrial kelishuvlar hamda 
ijtimoiy fikr to‗g‗risidagi kelishuv murosasi ko‗zga tashlanib turibdi (10.2-rasm.). 
Har qanday korxona uchun yuzaga keladigan muammolarni uning 
yordamida identifikatsiyalash va ularni hal etish yo‗llarini izlash yo‗nalishlarini 
belgilash oson bo‗ladigan o‗ziga xos kelishuvlar «xaritasini» tuzish mumkin. 
Kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan tashkiliy tuzilmani optimallashtirish 
tashkilot oldida turgan turli imperativlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi 
murosa tamoyillarini qidirib topishdan iborat. 
Xulosa 
Faqat transaksiya xarajatlarining miqdorini baholashga nisbatan ordinalistik 
yondashuv yordamida muayyan tashkilotlar tuzilmasini tahlil qilish uchun 
transaksiya xarajatlari nazariyasini qo‗llash mumkin. Mazkur yondashuv turli 
shartnoma va tashkiliy shakllarda bitim tuzishda yuzaga keladigan transaksiya 
xarajatlari miqdorini ekspertiza yo‗li bilan baholash yordamida taqqoslashdan 
iborat. Ekspert baholaridan tashqari, tashkilotning buxgalteriya hisoboti ham 
axborot manbai bo‗lib xizmat qilishi mumkin. O‗z navbatida, kelishuvlar 
I+A+F 
I+B+F 
Industrial kelishuv: Bosh muhandis xizmati (А) 
Bozor 
kelishuvi: sotuv 
boʼlimi (B) 
Аnanaviy kelishuv: 
tashkiliy madaniyat (T) 
Fuqarolik kelishuvi: kasaba 
uyushma (F) 
I+A 
A+F 
I+F 
B+F 
B+I 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin