2–misol.
Qanaqa transaksiya xarajatlari iqtisodiyotda kelishuvlar
nazariyasi nuqtai nazaridan o„ta katta?
a) axborotni qidirish;
b) monitoring
va
opportunizmning
oldini
olish;
v) o‗lchash;
g) muzokaralar olib borish;
d) shartnoma tuzish.
Javob: a)
va
b),
kelishuvlar nazariyasi transaksiya xarajatlari o‗sishining
asosiy omili sifatida iqtisodiy muhitning bir xil emasligiga e‘tiborni qaratadi.
Iqtisodiyotda kelishuvlar nisbati o‗ta beqaror, bu iqtisodiy agentlarga umumiy
qabul qilingan ―o‗yinlar qoidalari‖ asosida harakat qilishga halaqit beradi. Bunday
sharoitda axborotni qidirish xarajatlari (axborotning yakuniy manbai mavjud
emas) va monitoring xarajatlari o‗ta yuqori, chunki axborotning asimmetrikligi va
umumiy qabul qilingan ―o‗yinlar qoidalari‖ning mavjud emasligi opportunistik
xatti-harakat uchun zamin hozirlaydi.
3–misol. Biznesni tashkil etish aksiyadorlik shaklining mutlaq afzalligi
to„g„risidagi fikr to„g„rimi?
a) ha;
b) yo‗q.
Javob: b),
biznesni tashkil etish u yoki bu shaklining afzalligi
hamma vaqt
nisbiy bo‗lib, biznesning tavsiflariga va taqqoslash mezonlariga, masalan, boshqa
tashkiliy muqobil variantlar doirasida transaksiya xarajatlarining miqdoriga
bog‗liq.
331
KЕYSLAR
Keys 1.
Transaksiyalarni tahlil qilishga nisbatan Uilyamsonning
yondashuvi: qurilish bozori
Shaharda elita uy-joy bozorida ishlovchi, o‗zining qurilish bo‗linmalarini
ochgan kompaniyalar soni ortib bormoqda. «"Bank uyi" kompaniya guruhi to‗liq
qurilish siklini ta‘minlab turishi va o‗z qurilish bo‗linmalariga egaligi bois
pudratchilarni saralab olish bo‗yicha tenderlar faqat tor ixtisoslashgan ish turlari
uchun o‗tkaziladi, - deydi Xamid Xalilov. - Pudratchilarni tanlashda birinchi
navbatda bozorda yaxshi nufuzga ega bo‗lgan va ular bilan hamkorlikning ijobiy
tajribasi yuzaga kelgan kompaniyalar ko‗rib chiqiladi. Lekin bu "Bank uyi" yangi
pudratchilar bilan ishlamaydi degani emas, - tender hamma uchun ochiq, unda
sifati va narxi bo‗yicha eng qiziqarli taklif g‗olib bo‗ladi». «Uy ыurilish
kombinati (UQK)» kompaniyalar guruhi doirasidagi o‗z qurilish kompaniyamiz
nafaqat pulni tejash, balki, eng asosiysi, ishlarning sifati va loyihaning amalga
oshirish muddatlari ustidan umumiy nazoratni ta‘minlash imkonini ham beradi.
―"UQK" — xususiy tuzilma va bizning vaqtni yo‗qotishga yoki ehtimoliy
hatolarga yoxud autsorsing bo‗yicha ishlovchi pudratchining noinsofligiga duch
kelib ishlarning sifatidan voz kechishga haqqimiz yo‗q‖, — deya ta‘kidlaydi ish
boshqaruvchi Vali RizaЕv.
Savollar:
Transaksiyalarni tahlil qilishga nisbatan Uilyamsonning yondashuviga
muvofiq «Bank uyi» kompaniyasi bilan pudratchilar o‗rtasidagi transaksiyalarni
boshqarish shaklini ta‘riflang.
•
Transaksiyalarni boshqarishning bunday shakli qanday nomlanadi?
•
―Bank uyi‖ kompaniyasi bilan pudratchilar o‗rtasidagi transaksiya
parametrlarini ajrating. O‗z javobingizni asoslang.
• Transaksiya parametrlari uni boshqarish shakligan qanday ta‘sir
ko‗rsatadi?
|