336
XII BOB. FIRMANING TAShKILIY-HUQUQIY
ShAKLINI TAHLIL QILISh
12.1. Mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi
12.2. Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash mezonlari
12.3. Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqidagi axborot
manbasi sifatida
12.1. Mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi
Mulkchilik huquqlari nazariyasi har qanday tashkilotni mulkchilik
huquqlarining
ishtirokchilari
o‗rtasida taqsimlanishini belgilab beruvchi
shartnomaga olib keladi. «Firma» atamasi shartnoma
kelishuvlari asosida
faoliyatni tashkil etishning qisqartirilgan ta‘rifi hisoblanadi. Kouz teoremasiga
muvofiq erkin almashuv natijasida erishilgan huquqlar taqsimoti eng optimal
variant (transaksiya xarajatlari nolga teng) bo‗lib, o‗zaro hamkorlik ishtirokchilari
uni o‗zgartirishdan manfaatdor emaslar. Shu sababli
tashkiliy tuzilmani amaliy
tahlil qilish uchun mulkchilik huquqlari nazariyasini qo‗llashga bo‗lgan qiziqish
shu bilan shartlanganki, haqiqatda transaksiya xarajatlari nolga teng emas, demak,
huquqlar taqsimoti resurslardan foydalanish samaradorligiga
ta‘sir ko‗rsatadi
.
Mulkchilik huquqlari nazariyasi tashkilot faoliyatining o‗ziga
xosligiga qarab
mulkdorlar o‗rtasida huquqlar taqsimotining eng optimal variantini tanlashga
yordam beradi. Bundan tashqari, korxonaning
tashkiliy-huquqiy shakli
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida sheriklarni tanlash imkoniyati ochiladi.
U yoki bu tashkiliy-huquqiy shaklga xos bo‗lgan huquqlar taqsimoti
O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining «Yuridik shaxslar» deb
nomlanuvchi 4-bobida qayd etilgan me‘yorlar bilan belgilanadi. Yuridik shaxslarni
tashkil etishning tashkiliy-huquqiy jihatlari mulk huquqining turli iqtisodiy
sub‘yektlarga tegishli alohida huquqlarga ajratilishiga yo‗l qo‗yadi.
Misol
tariqasida tashkiliy-huquqiy shaklni belgilovchi huquqlar to‗plamining ayrim
337
jihatlarini quyidagi jadval orqali havola etamiz, unda turli huquqlarning tegishliligi
Fuqarolik kodeksining tegishli moddasida belgilangan (12.1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: