Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

hisobga 
olishi lozim.
Chunki nikoh shartnomasini deyarli har kuni o‗zgartirishga bo‗lgan 
qiziqish tez orada er-xotinning bir-birini tovlashiga aylanishi mumkin: agar menga 
quloq solmasang – shartnomani shunday o‗zgartiramanki, ajrashish holatida senga 
hech narsa tegmaydi. Shuning uchun shu haqida kelishib olish lozimki
shartnomani, albatta, o‗zgartirish mumkin, lekin Еtarli sabablarga ko‗ra va er-
xotinning ixtiyoriy ravishda ifodalangan istagi mavjud bo‗lgan hollarda. Nikoh 
shartnomasini tasdiqlovchi notarius ham (bunday shartnoma notarius tomonidan 
tasdiqlanishi shart) mazkur shartnomaning er-xotinning roziligi bilan tuzilganligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. Hozirgi shartnomalarda an‘anaga ko‗ra oxirida shunday 
ibora 
yoziladi: 
«Ushbu shartnoma yuzasidan barcha tortishuvlar va 
kelishmovchiliklarni taraflar o‗zaro muzokaralar yo‗li bilan hal etadi. Agar 
kelishuvga erishilmasa, tortishuv amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi». 
Ana shunday satrni nikoh shartnomasiga ham kiritish ortiqchalik qilmaydi. 
Savollar: 
Nikoh shartnomasida shartnomaviy munosabatlarning asosiy tamoyillariga 
amal qilinadimi

Nikoh shartnomasining quyidagi tarkibiy qismlarini ajrating- shartnoma 
predmeti, nizolarni hal etish qoidalari va tartibotlari, ishtirokchilarning 
kutilayotgan xatti-harakati. 
Nikoh shartnomasini shartnomalarning qaysi turiga kiritish mumkin - 
klassik, neoklassik, yoki munosabat? O‗z javobingizni asoslang. 
Agar rasmiy nikoh qurgan yoki fuqarolik nikohida yashovchi er-xotin nikoh 
shartnomasini 
tuzmagan 
bo‗lsa, ular o‗rtasidagi norasmiy kelishuvni 
shartnomalarning qaysi turiga kiritish mumkin? 


268 
 
QUYIDA KЕLTIRILGAN FIKRLAR
TO„G„RIMI YOKI NOTO„G„RIMI? 
1.
Institut - o‗zaro hamkorlikning umumiy doiralarini belgilaydi, tashkilot 
esa - o‗zaro hamkorlik(lar)ning muayyan doiralarini belgilaydi. 
2.
Implitsit shartnoma - o‗zida ham yollash to‗g‗risidagi shartnomaning, ham 
sotish to‗g‗risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi. 
3.
Bozor konstitutsiyasi shaxs va «tabiat» o‗rtasidagi hamkorlikni emas, balki 
shaxslar o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlikni tartibga soluvchi me‘yorlar yig‗indisini o‗zida 
namoyon etadi. 
4.
Insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning 
ikkita xili mavjud: xatarga qarshi insonlar; xatarga betaraf munosabatda 
bo‗ladigan insonlar.
5.
―Yollash to‗g‗risidagi shartnoma‖ atamasi yollanma xodim va ish 
beruvchining o‗zaro hamkorligi modelidan kelib chiqib, unda shu narsa nazarda 
tutiladiki, yollanma xodim – xatarga betaraf, ish beruvchi esa xatarga nisbatan 
qarshi. 
6.
Yollash to‗g‗risidagi shartnoma – xatarga betaraf bo‗lgan shaxs va xatarga 
qarshi shaxs o‗rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga 
oshirilishi mumkin bo‗lgan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
7.
Shaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi o‗z 
harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida 
yotadi.
8.
Sotish to‗g‗risidagi shartnoma – bir xil darajada xatarga betaraf bo‗lgan 
shaxslar o‗rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga 
oshiriladigan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
9. Klassik shartnoma, unda o‗zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va 
to‗la-to‗kis belgilangan, sotish to‗g‗risidagi shartnomadan hosil bo‗lgan shartnoma.


269 
10. ―Munosabatli‖ odam oqilona maqsadli harakat me‘yoriga amal qiladi
lekin shu bilan birga u o‗z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor 
konstitutsiyasini tashkil qiluvchi boshqa me‘yorlar asosida ham quradi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin