Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Davlatning mohiyati va uning ta‟rifi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə203/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

13.3. Davlatning mohiyati va uning ta‟rifi 
Davlat nima? Institutsional yondashuvga muvofiq uning asosiy mohiyatini 
―transaksiya xarajatlari‖ kategoriyasidan foydalangan holda ochib berish mumkin. 
D.Nortning ta‘riflashicha, davlat – zo‗rlikni amalga oshirishda qiyosiy 
ustunliklarga ega bo‗lgan, chegaralari uning fuqarolarga soliq solish qobiliyati 
bilan belgilangan jug‗rofiy hududni qamrab oluvchi tashkilot. Ushbu ustunliklar 
nimalar bilan belgilanadi? 
Haqiqatdan ham, har qanday kafolatlangan almashuv, pirovardida, mol-
mulkni himoyalashni sof kuch bilan amalga oshirishga yoki kuch ishlatish 
tahdidini solishga olib keladi. Shu ma‘noda zo‗rlik (kuch ishlatish), iqtisodiy 
jihatdan, xo‗jalik faoliyatining boshqa ikki xilidan farq qilmavydi.
Bundan tashqari, transaksiya xarajatlari iqtisodiy tizimning samaradorligiga 
ta‘sir ko‗satadi, ular iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tuzilmalar faoliyat 
1
Норт Д. Институты, институциональные изменения и функционирование экономики –
М.: Фонд экономической книги ―Начала‖, 1997. – 54-55 б. 
2
Эггертссон Т. Экономическое поведение и институты. –М.: ДЕЛО. 2001. – С. 75-76. 


364 
ko‗rsatishining samaradorligini taqqoslashda bazaviy mezonlardan biri hisoblanib, 
jamiyat, shu jumladan, davlat tuzumi faoliyatining barcha sohalarida agentlik 
munosabatlari ushbu mezonga asoslanadi. Shunday qilib, u yoki bu tuzilmani 
tanlash va rivojlantirish minimal transaksiya xarajatlari bilan shartlangan. 
Demak, suveren (davlat) hokimiyati agentlik munosabatlarining xarajatlari 
bilan cheklangan va unga raqobat to‗sqinlik qiladi
1
. Endi ushbu holatga oydinlik 
kiritamiz. Agar jamiyatda tartibni saqlash va davlat funksiyalarini amalga oshirish 
o‗lchamsiz yuqori narxlarda amalga oshirilsa, u holda bu davlatning ichida ham, 
uning tashqarisida ham (ham rasmiy, qonun doirasida faoliyat yurituvchi, ham 
norasmiy) raqobatlashuvchi tuzilmalarning paydo bo‗lishiga olib keladi. 
Soliq solish ehtimoli ham agentlik munosabatlari va o‗lchash (soliq solish 
bazasini aniqlash va o‗lchash) hamda soliqlarni yig‗ish xarajatlari bilan bog‗liq 
qator cheklovlar tufayli yuzaga keladi. 
Shunday qilib, davlat – nazariy jihatdan eng samarali majbur qilish organi 
hisoblanib, bunda uning samaradorligi uning legitimligiga, ya‘ni ―soliq solinadigan 
fuqarolar tomonidan‖ davlatda kuch ishlatish huquqi mavjudligining tan olinishiga 
bevosita bog‗liq. Chunki agar jamoat fikriga mos keladigan bunday tan olish 
mavjud bo‗lsa, u holda davlat o‗z funksiyalari va maqsadlarini amalga oshirish 
uchun cheklangan resurslardan oqilona foydalanuvchi tashkilot sifatida o‗z 
imkoniyatlarini aholining ushbu funksiyalar va maqsadlar bajarilishiga qarshiligini 
Еngish uchun sarflamasligi mumkin
2


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin