Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

13.1.1-rasm. Davlatning funksiyalari. 
Yangi institutsional nazariya vositalariga tayanib, davlatni shakllantirish va 
rivojlantirish bosqichlarini tadqiq etgan holda, davlatni boshqarishning asosiy 
sohalarini tanlashning institutsional sabablarini aniqlash mumkin bo‗ladi. 
13.2. Davlatning institutsional tabiati 
mulkchilik huquqlarini 
tafsirlash va himoya qilish 
axborot bilan almashish 
tarmoqlarini barpo etish 
Davlatning funktsiyalari 
oʼlchash va tortish 
standartlarini ishlab 
chiqish: 
huquqni muhofaza qilish 
faoliyati va nizolarda 
«uchinchi» tomon rolini 
bajarish 
sof ijtimoiy farovonlikni 
yaratish 
tovarlar va xizmatlar bilan 
jismoniy almashish 
tarmoqlari va 
mexanizmlarini barpo etish 


362 
Kelishuvlar va almashuvning oddiy shakllaridan tortib to hozirgi davrning 
rivojlanayotgan iqtisodiyotini ajratib turuvchi murakkab shakllargacha bo‗lgan 
inson hamkorligining evolyutsiyasi o‗z-o‗zidan avtomatik tarzda yuz bergani yo‗q. 
Iqtisodiy tarixning katta qismida mayda ishlab chiqarish va mahalliy savdo-
sotiq 
jarayonida 
tomonlarning 
individuallashgan 
munosabatlari 
bilan 
tavsiflanuvchi almashuv xili ustunlik qildi. Bunday almashuv takrorlanib turishi, 
madaniy gomogenlik (ya‘ni boyliklar umumiy to‗plamining mavjudligi) va 
uchinchi shaxslar tomonidan nazorat va majburlovning mavjud emasligi bilan 
ajralib turadi. Bunday almashuv ishtirokchilari uchun cheklovlar qonli aloqalar
garovlar, garovga olinganlarni almashish kabi holatlarlar tufayli yuzaga kelardi. 
Jamiyatning rivojlanishi bilan almashuv turlari ko‗paydi, ko‗proq ilgari 
belgilangan cheklovlar doirasidan tashqariga chiquvchi almashuv harakatlari 
amalga oshirildi. Bunday individuallashtirilmagan almashuv bozorni kengaytirish 
hamda yanada murakkab ishlab chiqarish va kichik jug‗rofiy yoki etnik birliklar 
doirasidan tashqariga chiquvchi bitimlar foydalarini sotish imkonini berdi. 
Tomonlar o‗rtasida tuzilgan yanada murakkab kelishuvlar shartnomalardan 
foydalanishni ta‘minlovchi qo‗shimcha institutlarning shakllanishiga yordam berdi. 
Almashuvning 
ushbu 
xili 
davlatning 
shakllanishiga 
va 
ixtisoslashgan 
institutlarning savdogarlarni himoyalash va savdo kodekslarini qabul qilishdagi 
rolining o‗sishiga xizmat qildi. 
Shunday qilib, almashuvning uchinchi shakli paydo bo‗ldi – bu uchinchi 
tomondan nazorat qilinadigan individuallashtirilmagan almashuv. Uchinchi 
tomondan kelishuvlar shartlarining ta‘minlanishi hech qachon ideal va mukammal 
bo‗lmaydi va u almashuv ishtirokchilari uchun katta xarajatlar bilan bog‗liq. 
Davlat rivojlanishining dastlabki bosqichida uning faoliyatini ikki tomondan 
tavsiflash mumkin: bir tomondan – u mulk huquqlarini himoyalash va ta‘minlash 
manbai bo‗lib xizmat qildi, ikkinchi tomondan – ushbu funksiyalarni ko‗pincha 
almashuv ishtirokchilari uchun katta miqdordagi transaksiya xarajatlari evaziga 
amalga oshirdi. Biroq, tomonlarning kelishuvlarni mastaqil ravishda ta‘minlashi 


363 
yanada katta xarajatlar bilan bog‗liq edi, chunki murakkab jamiyatlarda xatti-
harakatning opportunizim (aldash, tovlamachilik) kabi shakllari foydaliroq bo‗ladi. 
Davlat 
rivojlanishining 
yuqorida 
keltirilgan 
bosqichlariga 
davlat 
tuzilishining quyidagi turlari mos keladi
1

1)
unda qonun chiqaruvchi, sud va huquqni muhofaza qilish organlari va 
umumiy qoidalar mavjud bo‗lmagan hamjamiyat; 
2)
unda mutlaq huquqlarni tafsirlovchi umumiy qoidalar, qonun 
chiqaruvchi organ, sudlar mavjud bo‗lgan, lekin politsiya yoki armiya mavjud 
bo‗lmagan va bu bilan qonunga rioya etishga majburlash alohida xususiyatga ega 
bo‗lgan jamiyat; 
3)
unda davlat qoidalarni belgilaydi, nizolar yuzaga kelganda hakamlar 
sudi funksiyasini bajaradi va mutlaq huquqlarni ta‘minlaydi
2


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin