Adabiy tanqid: bugun va ertaga



Yüklə 252,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix24.10.2023
ölçüsü252,63 Kb.
#130871
1   2
Bugungi kun adabiy tanqidchiligi tamoyillari

Suvon Meli:
— Adabiy tanqidning nafaqat amaliy, balki nazariy muammolari ham bor. Istiqlol 
davrida adabiy tanqidning o‘rni va mavqei haqida gap borar ekan, nazarimda, 
dastlab uning g‘oyaviy-estetik printsiplarini belgilab olish va ishlab chiqish lozim. 
Bunga jiddiy ijtimoiy talab bor. Istiqlol va dunyoning globallashuv holati 
mamlakatimizda yangi adabiy muhitni hosil qildi. Yangi muhitda esa adabiy tanqid 
o‘ziga yuklatilgan missiyani uddalash uchun, yuqorida aytilganidek, uning 
g‘oyaviy estetik printsiplari ishlab chiqilishi, adabiy tanqid va tanqidchilik 
jarayoniga izchil tadbiq etilishi zarur. Bu printsiplar, bizningcha, quyidagilar: 
estetik ideal (u o‘zida jamiyatning oliy maqsadlarini go‘zallik qonunlari asosida 
jamlaydi), olijanob g‘oya, sof his-tuyg‘u, axloqiylik va hokazo. 
Adabiy tanqid yaratilayotgan va o‘zbek tiliga o‘girilayotgan asarlardan ushbu 
printsiplar tasdig‘ini talab qilishga haqli, deb o‘ylayman. 
Prezidentimiz 
“Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch”
asarida shunday 
yozadi: 
“Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, 
har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi 
qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda 
tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish 
lozim, deb o‘ylayman”.
Shahar bedarvoza emas degandek, adabiyot ham bedarvoza emas. Uning muqaddas 
hududiga har qanday g‘oya, voqea va kechinmalarni olib kirish mumkin emas. 
Adabiyot yomonlikdan asranmog‘i lozim. U hech qachon ma’naviy tahdid quroliga 
aylanmasligi, aksincha, bunday tahdidga qarshi faol kurashmog‘i kerak. 
Adabiy tanqid esa hamisha 
ma’naviy sog‘lom adabiyot
tarafida qoim turishi 
lozim. 
Adabiy tanqid o‘zining yuksak nuqtalarida milliy va jahoniy badiiy tafakkurning 
akkumullyatoridir. Ma’lumki, akkumullyator elektr va issiqlik energiyasini 
keyinchalik foydalanish uchun to‘playdigan qurilma, texnik asbobdir. Xuddi 
shunday adabiy tanqid ham yaratilgan va yaratilayotgan buyuk badiiy obidalar 


jismi jonidagi ulug‘ haqiqatlar, ezgu hissiy kashfiyotlarni qayta kashf etib
umumning aqliy va ko‘ngil mulkiga aylantirguvchi adabiy ijod sohasidir. 
Tanqid muayyan ma’noda adabiyot falsafasi, badiiy adabiyotning yuksak 
ma’nodagi ko‘z-ko‘zidir. Adabiy tanqid o‘z tahlilu kashfiyotlari bilan yaratilajak 
buyuk asarlarga doyalik qilsa, qanday yaxshi. 
Bugungi suhbatimizda ko‘proq adabiy tanqid muammolari haqida gapirildi. 
Yutuqlarga kam to‘xtaldik. Adabiy-badiiy nashrlarimizda bosilayotgan tahliliy 
maqolalar, taqrizlar, adabiy suhbatlardan, chop etilayotgan adabiy-tanqidiy 
to‘plamlardan ko‘z yummagan holda aytish joizki, bugungi adabiy tanqid o‘z 
vazifasini baholi qudrat bajarayotir. Shu o‘rinda men “O‘zbek adabiyoti 
masalalari”, “O‘zbek adabiyoti. Ta’sir va tipologiya”, “Istiqlol. Adabiyot. Tanqid” 
to‘plamlarini, taniqli adabiyotshunos olimlarimizdan No‘mon Rahimjonovning 
“Istiqlol va bugungi adabiyot”, Nurboy Jabborovning “Zamon. Mezon. She’riyat”, 
Damin To‘rayevning “Rangin tasvirlar jilosi”, Hakimjon Karimovning “Hayot, 
davr va adabiyot” nomli kitoblarini misol tariqasida ta’kidlab aytishni istardim. 
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida Vatan mavzusidagi she’rlar tahliliga 
bag‘ishlangan turkum chiqishlar, “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy jarayon 
muammolariga doir izchil berib borilgan savol-javoblarni ham eslaylik. Mana, 
“Yoshlik” jurnali yosh ijodkorlarning bir asari va unga ikki-uch muallifning 
munosabat-taassurotini e’lon qilayotir. Izlanishlar davom etayotir, bugun siz, biz 
kuyunib aytayotgan muammolarga yechim topishga harakat qilinayotir. Eng 
muhimi, tanqidda faollikni oshirsak, loqaydlikka chek qo‘ysak, fikr-
mulohazalarimizda xolis va beg‘araz bo‘lsak, marra bizniki. Bugungi davrda 
suhbatimiz ham ana shu yo‘ldagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi, deb ishonaman. 
Sahifani A.Otaboyev
tayyorladi.
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 2015 yil 41-son

Yüklə 252,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin