«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 2,27 Mb.
səhifə13/31
tarix27.06.2018
ölçüsü2,27 Mb.
#54951
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31


Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism:

a)Salomlashish,

b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

Yangi mavzu:

O’zbek sho’ro adabiyotining to’ng’ich avlodiga mansub Mirkarim Osim 1907-yilda Toshkentda, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. 1918-yildan «Shamsul urfon» nomli boshlang’ich maktabda o’qidi. 1921-yildan Alisher Navoiy nomidagi respublika bilim yurtida tahsil ko’rdi. Do’stlari Oybek va Homil Yoqubovlar bilan bu texnikumda adabiyot, san’at sirlarini o’rgandi. 1926-yilda esa Moskva davlat pedagogika institutining tarix-iqtisod fakultetida o’qib, uni 1930-yilda tugalladi. Samarqandda o’qituvchilar tayyorlash kursida, 1932-yilda O’zbekiston Maorif Xalq komissarligi, Pedagogika ilmiy-tadqiqot ilmgohida ishladi.

Boshda she’rlar yozdi. Tarix fanidan qo’llanma, tavsiya darsliklar yaratdi. 1940-yilda Ulug’ Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida «Astrobod», «Alisher Navoiy va Darvishali», «Badarg’a», «Navoiyning xislatlari», «Ulug’bek va Navoiy» singari hikoya va tarixiy qissalar yoza boshladi. Adib bir umr tarixiy qissalar yozish bilan mashg’ul bo’lib, yangi-yangi avlodlarni o’tmish va uning ilg’or shaxslariga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyaladi. Vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalarini ulug’ladi.

Tarixchi adibning asarlarini davriy jihatdan uch guruhga ajratish mumkin:

1. Tariximizning qadimgi davrlari haqida hikoyalar (Eron shohlari, Aleksandr Makedonskiy, Arab xalifaligi bosqini).

2. O’rta asrlar tarixidan hikoya qiluvchi asarlar (Mo’g’ullar istilosi va fan, madaniyat arboblari haqida tarjimayi hol, qissa va hikoyalari).

3. XVIII asrdan to oktabr to’ntarishiga qadar bo’lgan davr tarixiy hayoti haqidagi asarlar.

Ayni paytda Mirkarim Osim asarlarini uch katta mavzu yo’nalishi bo’yicha tahlil qilish, baholash mumkin:

1. Tarixiy qahramonlik mavzusidagi asarlar.

2. Tarixiy-maishiy mavzu.

3. Tarixiy tarjimai hol asarlari.

Qahramonlik mavzusiga ijodkorning «O’tror», «To’maris», «Temur Malik», «Aleksandr va Spitamen» kabi asarlarini kiritish mumkin.

Maishiy mavzudagilarga «Mohlaroyim va Xonposhsha», «Karvon qo’ng’irog’i», «Elchilar» kabi asarlar kiradi.

Tarjimai hol tarixiy asarlarining namunalari qilib tarixchi adibning «Zulmat ichra nur» (Navoiy), «Jayhun ustida bulutlar» (Beruniy), «Ibn Sino qissasi», «Al jabrning tug’ilishi» (Al-Xorazmiy), «Singan setor» (Mashrab) kabi qissalarini ko’rsatish mumkin.

Mirkarim Osim 1950-yillar Stalin qatag’onining begunoh ma’naviy qurbonlaridan biridir. Uning vatanparvarlik, millatparvarlik, o’tmish tarixiga muhabbat ruhidagi asarlari o’z muallifiga qaro kunlar olib keldi. Adib ko’p yillar sho’ro rejimining azoblarini chekdi.

1960-yillarda vatanga qaytgan san’atkor tarixiy asarlar yozishda, tarjimai hol ishi bilan shug’ullanishda davom etadi. Adabiy nashriyotlarda kichik adabiy xodim vazifalarida ishladi.

Mirkarim Osim tarixchi adiblar orasida asl manbani buzmay, qayta badiiy jonlantirishi bilan ajralib turadi. Uning asarlari 70-80-90-yillar tarixchi adiblar uchun asosiy manba vazifasini o’tadi.

Mirkarim Osim keyingi avlod yozuvchilari uchun ko’prik vazifasini o’tagan ijodkorlardandir. Bugungi kunning mashhur va tanilib kelayotgan tarixchi adiblari Mirkarim Osimni o’zlarining ustozlari deb biladilar.

Tarixchi adib 70 yilligi munosabati bilan unga «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan. U 1984-yilda vafot etdi. (Sobir Mirvaliyevning «O’zbek adiblari» kitobidan)

Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Uyga vazifa.

Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________
«Adabiyot» 5-sinflar uchun

«________»___________________20___ yil

Mavzu: Mirkarim Osim ZULMAT ICHRA NUR (Qissadan parchalar)

Darsning texnologik haritasi



Malaka talablari

Bilim: Mirkarim Osim ZULMAT ICHRA NUR (Qissadan parchalar) mavzusi yuzasidan bilim hosil qilinadi.

Ko`nikma: adabiyotga hurmat hissini oshirish, erkin firlay olish qobiliyatini shakllantirish, tanish vaziyatlarda qolqy olish.

Malaka:Egallagan bilimlarini notanish va notanish vaziyatlarda qo`llay oladi.

Kompitensiya: Tushuna oladi, ifodali o`qiy oladi, ijodiy failiyatida egallagan bilim ko`nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo`llay oladi.




Maqsad va vazifalar

a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,

estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va

mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, bilimlarini kengaytirishga erishish.







O`quv jarayonini mazmuni

Mirkarim Osim ZULMAT ICHRA NUR (Qissadan parchalar) mavzusi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida harakat bajaruvchisi munosabatni taxlil qilish




O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy

Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash

Shakl: yakka va guruhlarga ishlash

Vosita: Darslik? Testlar? Jadavallar, audio va video materilalar, didaktik va tarqatma materiallar

Nazorat: Savol-javob test. (Insho, bayon, matn yaratish)

Baholash: 5 balli tizim asosida






Kutiladigan natija

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishlariga erishaman, o`quvchi faolligini oshiraman, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otaman, o`quvchilarga mustaqil o`rganish va hotirasida saqlash boshqalarga etkaza olish, savol berish va savollarga to`g`ri javoblarga o`rgataman.

O`quvchi: O`quvchilar mavzu yuzasidan bilim va ko`nikma hosil qiladilar, mustaqil fikrlay oladilar, nutqi rivojlanadi, qisqa vaqt ichida ma’lumotlarga ega bo`ladilar






Kelgusi rejalar

O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish, AKT vositalaridan unumli foydalanish yo`llarini o`rganish, o`z ustida ishash

O`quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo`lga q`oyadi, o`z fikrini savodli ifodalay olish va do`stlarini fikrini hurmat qilishga o`rganish, mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish, ularni o`rganish. Do`stona muhitda hamkorlikda ishlash ko`nikmasini shakllantirish






Uyga vazifa

Mavzuni o`qib o`rganib kelish


Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar





Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism:

a)Salomlashish,

b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
O’tgan mavzuni so’rash.

a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

Yangi mavzu:

YOSHLIK AYYOMINING ILK BAHORI

Alisher cho’kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko’rib o’tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o’g’irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G’iyosiddin endi to’rt yoshga kirgan o’g’li Alisherga kulimsirab qarab turdi. «Shul yoshdin kitobga muhabbat qo’ysa, ulg’aygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay o’zi bila asrab yurg’ay», deb o’yladi ota shiringina, do’mboq o’g’lidan ko’zini uzolmay.

— Ha, bul yerga yoshurunib olib ne qiladur, desam, kitob ko’rayotgan ekanlar-da, — dedi G’iyosiddin piching aralash mehr bilan.

Otasi bu gapni sekingina, kulib turib aytgan bo’lsa-da, Alisher sho’xlik qilib kattalardan dashnom eshitishdan qo’rqqan boladek olazarak bo’lib:

— Dada, mana bul suratni ko’ring, — dedi. Uning xiyol qiyiq ko’zlari mo’ltirar edi. — Mana bul cherik shotidan chiqayotib qulab tushmoqda, qo’rg’on ustinda turganlar o’q otib qulatg’on chiqarlar. Mana bunisi pastdin turib, qal’a ustidagilarga o’q uzmoqda.

Otasi o’g’lining gapini tasdiqlagandek, bosh irg’itib, uning qo’lidan kitobni asta oldi-yu, tokchaga, boshqa kitoblar yoniga qo’ydi.

— Bul kitobning o’rni tokchada, — dedi u yasama jiddiylik bilan, — ammo siz kitob ko’rmoqqa yoshlik qilursiz, yirtib qo’ysangiz yaxshi bo’lmas. Ani ikki qo’y bahosiga sotib olg’onmen.

— Men kitobni yirtmaymen, avaylab ko’ramen.

— Aqlli bolasan-da. Tentak bolalarg’ina ilklariga tushgan kitoblarni pora-pora qiladurlar. Katta bo’lg’oningda senga ajoyib kitoblar sotub olg’aymen. Hozircha... mana buni o’ynab yur, — G’iyosiddin kulib, cho’ntagidan «sopol qo’chqor» chiqarib berdi. Bola bu g’alati o’yinchoqni ko’rgach, ko’zlari o’ynab ketdi. — Qara, o’g’lim, aning mugizlari qayrilg’on, suzib olmoqqa hozirlanib turadur.

— Menga bering, — deb bola sakrab o’yinchoqni uning qo’lidan tortib oldi, — ani Husaynning qo’chqori birla urishtirgaymen.

G’iyosiddin devonxonadan kelib, dam olgandan so’ng ba’zan qo’liga kitob olib mutolaa qilar, shunday kezlar Alisher yoniga kelib o’tirib olar va ovoz chiqarib o’qishini so’rar edi. Otasi esa: «Yaxshisi, hikoya aytib beray», deb kitobni yig’shtirib qo’yar va qiziq bir ertakni aytib berardi.

Alisherning tog’alari: Mirsayid — «Kobuliy» va Muhammad Ali — «G’aribiy» o’qimishli yigitlar bo’lib, forsiy va turkiy tilda she’r yozar edilar. Ular pochchalari G’iyosiddinnikiga kelganlarida ilmiy, adabiy mavzularda qizg’in bahs boshlanar va ba’zi kunlari suhbat g’azalxonlik bilan tugar edi. Alisher xuddi kattalardek tog’alari yonida o’tirib, ularning gaplariga quloq solar, she’r tinglar edi. Garchi, u kitobdagi so’zlar va majoziy she’rlarga yaxshi tushunmasa ham, g’azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi.

Katta tog’asi Mirsayid jiddiy, kamgap, sipo odam edi, kichigi Muhammad Ali esa xushchaqchaq, gapdon yigit bo’lib, tor va tanburni yaxshi chalar, o’z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi. Bir kuni u yaqindagina yozgan bir g’azalini o’qib borayotganida jiyani Alisherning diqqat bilan quloq solayotganini ko’rib, hayratda qolardi.

— Nevchun ajablanursiz? — dedi G’iyosiddin shoir qaynisiga. — Alisher ko’cha-ko’yda bolalar bila o’ynab yurib, tojik tilin o’rganib olg’on, onasi forsiy, turkiy g’azallarni o’qig’onda quloq berib o’tiradur va ba’zi matla’larni yoddan o’qib beradur. — U o’zining o’tkir ko’zlarini tog’asiga tikib o’tirgan Alisherga yuzlanib dedi: — Qani, o’g’lim, shoir Qosim Anvor ne debdur?



Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Uyga vazifa.

Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________

«Adabiyot» 5-sinflar uchun

«________»___________________20___ yil

Mavzu: G’AFUR G’ULOM HAYOTI VA IJODI

Darsning texnologik haritasi



Malaka talablari

Bilim: G’AFUR G’ULOM HAYOTI VA IJODI mavzusi yuzasidan bilim hosil qilinadi.

Ko`nikma: adabiyotga hurmat hissini oshirish, erkin firlay olish qobiliyatini shakllantirish, tanish vaziyatlarda qolqy olish.

Malaka:Egallagan bilimlarini notanish va notanish vaziyatlarda qo`llay oladi.

Kompitensiya: Tushuna oladi, ifodali o`qiy oladi, ijodiy failiyatida egallagan bilim ko`nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo`llay oladi.




Maqsad va vazifalar

a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,

estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va

mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, bilimlarini kengaytirishga erishish.







O`quv jarayonini mazmuni

G’AFUR G’ULOM HAYOTI VA IJODI mavzusi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida harakat bajaruvchisi munosabatni taxlil qilish




O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy

Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash

Shakl: yakka va guruhlarga ishlash

Vosita: Darslik? Testlar? Jadavallar, audio va video materilalar, didaktik va tarqatma materiallar

Nazorat: Savol-javob test. (Insho, bayon, matn yaratish)

Baholash: 5 balli tizim asosida






Kutiladigan natija

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishlariga erishaman, o`quvchi faolligini oshiraman, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otaman, o`quvchilarga mustaqil o`rganish va hotirasida saqlash boshqalarga etkaza olish, savol berish va savollarga to`g`ri javoblarga o`rgataman.

O`quvchi: O`quvchilar mavzu yuzasidan bilim va ko`nikma hosil qiladilar, mustaqil fikrlay oladilar, nutqi rivojlanadi, qisqa vaqt ichida ma’lumotlarga ega bo`ladilar






Kelgusi rejalar

O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish, AKT vositalaridan unumli foydalanish yo`llarini o`rganish, o`z ustida ishash

O`quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo`lga q`oyadi, o`z fikrini savodli ifodalay olish va do`stlarini fikrini hurmat qilishga o`rganish, mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish, ularni o`rganish. Do`stona muhitda hamkorlikda ishlash ko`nikmasini shakllantirish






Uyga vazifa

Mavzuni o`qib o`rganib kelish


Darsning texnik chizmasi:


Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.




Yangi mavzuni boshlashga hozirlik




Yangi mavzuni yoritish




Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish




Darsni yakunlash




Uyga beriladigan topshiriqlar




Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin