1 4
!
«Ha, shunaqa, bolam. Ota-ona dunyoga mo‘rt keladi. Endi
bitta ona topsang bo‘ldi. Ota o‘z oyog‘i bilan keladi...»
Xullas, o‘sha kuni men hovlida qorovul bo‘lib o‘tirdim. G‘a-
fur aka goh meni so‘kib, goh maqtab, qissaga oxirgi nuqtani
qo‘ydi.
Umuman, G‘afur akaning yozuv stoli yoniga o‘tirishi qiyin
edi. Bir o‘tirib olgandan keyin esa turmasdi. Ayniqsa, she’r
bo‘lsa bitta to‘rtlik, hikoya bo‘lsa birinchi sahifa to‘lgandan ke-
yin o‘zi qiziqib ketib, to asar bitmaguncha o‘rnidan turmasdi.
Avvaliga xiralik qilib ko‘ziga yomon ko‘rinardik. Bitgandan
keyin esa o‘zi minnatdorchilik bildirardi.
– Xo‘p ish qilding-da. Bahona bilan qissa bitib qoldi...
Ming to‘qqiz yuz oltmish ikkinchi yili G‘afur aka «Shum bo-
la»ni qo‘liga oldi. Shu qissaning birinchi satrlaridan boshlab
stenografiya usulida yozib olgan Shoahmad Shorahmedov G‘a-
fur akani ishga soldi. Qissa boshdan-oyoq tahrir qilindi. Yangi
boblar kiritildi. Hoji bobo obraziga juda ko‘p detallar qo‘shildi.
G‘afur G‘ulom «Shum bola» qissasini salkam yigirma besh
yil ishladi desa yanglish bo‘lmaydi. Qissaning birinchi va ikkin-
chi qismlari 1936-yilda yozib tugatilgan. Uchinchi qismi qirqin-
chi yillarning oxirida tugatilgan. Oltmishinchi yillarning boshla-
rida qayta tahrir qilingan.
Dostları ilə paylaş: