Maqsadlar to’plamini qayd qilishdagi vaziyatga qaramasdan, turfirma o’zining maqsadlarini qo’yadigan 4 ta sohada ifodalash lozim:
Tashkilot daromadi Mijozlar bilan ishlash Hamkorlarning talab va istagi Ijtimoiy javobgarlik
1.DAROMAT SOHASIDA:
foyda miqdori, rentabellik, akstiyadagi daromad va shu tipdagi ko’rsatkichlarda aks etuvchi serdaromadlik;
bozor ulushi, sotish xajmi, raqobatchiga nisbatan bozor ulushi, umumiy sotish xajmida aloxida mahsulotlar ulushi kabi ko’rsatkichlarda tavsiflanuvchi bozor holati;
mahsulot birligiga sarf qilingan xarajatlarda, material xajmida, foydali ish koeffistientida ishlab chiqarish quvvatining birligi bilan, vaqt birligida ishlab chiqariluvchi mahsulot xajmida va shu kabilarda ifodalanuvchi unumdorlik;
kapital strukturasini xarakterlovchi kursatkichlarda, tashkilotdagi pul xarakatida, kapital aylanishining qiymatida va xokazolarda tavsiflanuvchi moliyaviy resurslar;
quvvatdan foydalanganlik o’lchamiga, texnika birligi soniga va shu kabilarga tegishli maqsad ko’rsatkichlarida ifodalanuvchi tashkilot qudrati;
yangi asMavzu-uskunalarni xarakatga keltirish muddati mahsulot ishlab chiqarish muddati va xajmi, yangi mahsulotni bozorga chiqarish muddati, mahsulot sifati va xokazo ko’rsatkichlarda tavsiflanuvchi ishlab chiqish, mahsulot ishlab chiqarish va texnologiyalarni yangilash.
2.MIJOZLAR BILAN ISHLASH SOHASIDA:
mijozlarga xizmat ko’rsatish tezligida, xaridorlar tomonidan qilingan shikoyatlar sonida va shu kabilarda ifodalanuvchi xaridorlar bilan faoliyat.
3.XODIMLAR BILAN ISHLASH SOHASIDA:
amalga oshiriladigan topshiriqlarda aks etuvchi tashkilot va boshqaruvdagi uzgarishlarda;
qoldirilgan ishlar soni, kadrlar ko’nimsizligini, ishchilar malakasini oshirishni va xokazolarni aks ettiradigan ko’rsatkichlar yordamida ta’riflanuvchi mexnat resurslari.
4.IJTIMOIY JAVOBGARLIK SOHASI:
xayr-sahovat ko’lami, ehson akstiyalarini o’tkazish muddati va shu kabi ko’rsatkichlar bilan ta’riflanuvchi jamiyatga yordam ko’rsatish.