6
7
1-mavzu:
FILOLOGIK KOMPARATIVISTIKA:
MAZMUNI VA MOHIYATI
Reja:
1.1. Filologik komparativistika haqida tushuncha
1.2. Adabiy komparativistikaga
xos xususiyatlar
1.3. Qiyosiy adabiyotshunoslik fan sifatida
Tayanch tushunchalar:
komparativistika, qiyosiy adabiyot
-
shunoslik, qiyosiy-tarixiy metod, D.Dyurishin, A.N.Veselovskiy,
N.Konrad, I.Neupokoyeva, makro va mikrokomparativistika.
Komparativistika (lot.comparativus – qiyosiy) turli xil ja
rayonlarning qiyosiy o‘rganilishiga asoslangan fan yo‘nalishi
bo‘lib, boshqa sohalar qatorida til va adabiyotni ham qamrab
oladi.
Mazkur termin birinchi marta Fransiyada («littérature
comparée», 1817), keyin Angliyada («Comparative literature»
1886), Germaniyada (jurnal nomlanishida «Zeitschrift für ver
gleichende Literaturgeschichte», 1887–1910), Rossiyada (1889
yil A.N.Veselovskiy tadqiqotlarida) qo‘llanila boshlangan.
Filologik komparativistika til va adabiyot sohasida olib bo
riladigan qiyosiy tadqiqotlardir. Shu jihatdan filologik kom
parativistika ikkita katta guruhga ajratiladi:
1. Lingvistik komparativistika, ya’ni qiyosiy tilshunoslik.
2. Adabiy komparativistika – qiyosiy adabiyotshunoslik.
Lingvistik komparativistika, bir-biriga yaqin bo‘lgan va ya
qin bo‘lmagan tillarni turli yo‘nalishlarda qiyosan o‘rganishni
maqsad qiladi. «Tillarni qiyosiy nuqtayi nazardan tadqiq qilish,
ularga tarixiylik jihatidan yondashish
kabilar qiyosiy-tarixiy
tilshunoslikning maydonga kelishiga, tilshunoslikning alohi
da, mustaqil fan sifatida qat’iy tan olinishiga zamin yaratdi»
1
.
Adabiy komparativistika barcha adabiy hodisalarning mush
tarak va o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi va ular uchun umumiy
bo‘lgan qonuniyatlarning yuzaga kelishiga zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: