Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun


Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/55
tarix26.11.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#135191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Agrobiotexnologiya lab yangi

Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash.
Toza buyum oynasiga pipetka bilan 
toza suvdan bir tomchi tomiziladi. Keyin spirt lampasi alangasida cho‘g‘ bo‘lguncha 
qizdirilgan mikrobiologik sirtmoq bilan zarur mikroorganizmlar olinib, suv tomchisiga 
qo‘shib 
aralashtiriladi. 
Shundan 
keyin 
sirtmoqqizdirilib, 
undan 
qolgan 
mikroorganizmlar yo‘q qilinadi.
6.1-rasm Ezilgan tomchi preparatini tayyorlash 
1-pipetka; 2-suv; 3-buyum oynasi; 4-pinset; 5-mikroorganizm; 6-qoplag‘ich oyna; 
7-tayyor mikropreparat. 
Qoplag‘ich oynani tomchi chetiga qirrasi bilan qo‘yib, keyin asta-sekin butun 
tomchini yopish kerak. 
“Osilgan” tomchi tayyorlash.
“Osilgan” tomchi tayyorlash uchun o‘rtasida 
dumaloq chuqurchasi bo‘lgan maxsus buyum oynalaridan foydalaniladi. Chuqurchaning 
tashqi chetlariga vazelin surtiladi, so‘ngra toza qoplag‘ich oynaning o‘rtasiga 
mikrobiologik sirtmoq bilan yuqorida aytilgan usulda bakteriyalar aralashgan kichik suv 
tomchisi surtiladi. Shundan keyin qoplag‘ich oyna tomchili tomoni bilan shunday 
ag‘darib qo‘yiladiki, undagi tomchi buyum oynasidagi chuqurchaning o‘rtasi ustidan 
osilib turadi, qoplag‘ich oynaning chetlari chuqurcha chetlariga surtilgan vazelinga 
yopishadi. Vazelin surtilganligi uchun chuqurchaga havo kirmaydi va tomchi qurib 
qolmaydi. 
Ezilgan va osilgan tomchi preparatlari bakteriyalarning harakatini 
tekshirishga imkon beradi. 
Surtma (quruq preparat)tayyorlash.
Mikroorganizmlarni immersion 
ob’yektiv bilan katta qilib ko‘rish uchun o‘ldirilgan mikroblardan quruq preparat 
tayyorlanadi. Bu preparatlar mikrobiologik amaliyotida ko‘p qo‘llaniladi. Ularni 
bo‘yalgan holda mikroskop ostida ko‘riladi. Fiksatsiyalangan preparatlarning mohiyati 


shundan iboratki, tirik ob’yektning hayot faoliyati to‘xtatilib, uning tuzilishi saqlab 
qolinadi. Fiksatsiyalanish tufayli hujayra shishaga mahkam yopishadi va yaxshi 
bo‘yaladi. Fiksatsiyalangan preparatlar patogen mikroorganizmlar bilan ishlaganda juda 
muhim (xavfsizlik nuqtai nazaridan). 
6.2-rasm Preparat va qoplag‘ich oynalar 
Maxsus preparat oynasi 
6.3-rasm Preparat tayyorlash uchun zarur asosiy jihozlar 
Buyum oynasi etil spirti va oltingugurt efirini (1:1) aralashmasidan iborat 
suyuqlik bilan maydon tozalangandan so‘ng, uning sirtiga bir tomchi vodoprovod suvi 
tomiziladi. Kuydirilgan bakterial ilgak yordamida mikroorganizm ekilgan probirkadan 
uning ma’lum massasini olib, suv tomchisiga qo‘yiladi. Ilgak yordamida tomchidagi 
massa buyum oynasi sirtiga, taxminan 4 см
2
yuzaga surtiladi. Suspenziya quyuq bo‘lsa, 
suv bilan suyultiradi. Buning uchun steril ilgak yordamida ozgina suspenziyadan olinadi 
va boshqa buyum oynasidagi bir tomchi suvga qo‘shiladi. So‘ngra yupqa qilib surtiladi 
va buyum oynasi uy haroratida yoki spirt lampasining alangasidan ancha yuqori qilib 
ushlangan holda quritiladi. Mazokni quritishda qattiq qizdirish mumkin emas, chunki 
hujayra oqsillari ivishi natijasida uning tuzilishi va shakli o‘zgarib ketadi. Quritilgan 
preparat fiksatsiyalanadi. Hujayra shakli o‘rganiladigan bo‘lsa mazokni fiksatsiyalash 
spirt lampasi alangasi ustida, agar hujayrani ichki tuzilishi o‘rganiladigan bo‘lsa 
kimyoviy birikmalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi holatda preparat alanga 
ustidan yon tomoni bilan 3-4 marta sekinlatib o‘tkaziladi. 


Kimyoviy moddalar bilan fiksatsiyalanganda xrom birikmalaridan, formalin, 
atsetondan foydalaniladi. 
Preparatni fiksatsiyalashning keng tarqalgan usullaridan biri, uni 96% etil 
spirti va efirni (Nikiforov eritmasi) teng miqdordagi aralashmasi bilan ishlov berish 
hisoblanadi. Bunda preparat ma’lum vaqtga fiksatsiyalovchi suyuqlikka botirib 
qo‘yiladi. 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin