O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
IJTIMOIY GUMANITAR FANLARNI
MASOFADAN O`QITISH KAFEDRASI
TEXNOLOGIYA TA’LIM PRAKTIKUNI
(4-kurs uchun)
fanidan
Oʻquv metodik kompleksi
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Ta’lim yoʻnalishi:
|
5111700 – Boshlang‘ich ta'lim
|
NUKUS-2023
mundarija
o’QUV MATERIALLARI…………………………………………2
ma’RUZA MATINLAR…………………………………………………2
1-Mavzu Texnologik ta’lim praktikumi o‘qitish metodikasining maqsad
va vazifalari………………………………………………………… ….3
2-Mavzu Texnologik ta’lim praktikumida modellashtirish....................9
3-Mavzu Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining shakl va usullari.12
AMALIY ASHG’ULATLAR…………………………………………..15
1-Mavzu Model asosida kuchukcha shaklini yasah…………………..16
2-Mavzu: Model asosida kuchukcha shaklini yasah…………………17
3- Mavzu: Applikatsiya usulida qog’ozdan naqsh yasash.........................22
4-Mavzu Mavzu: Lego konstruktori qismlaridan modellar yig‘ish………25
SAVOLLAR PLAMI……………………………………………………29
MUSTAQIL ISH MAVZULARI……………………………………………30
GLOSSARIY ………………………………………………………..32
TEST TOPSHIRIQLARI ……………………………………………………..33
FAN DASTUR VA SILLABUSLAR………………………………… ……34
1-Maruza
Mavzu:Texnologik ta’lim praktikumi o‘qitish metodikasining maqsad va vazifalari.
Reja:
1. Texnologik ta’lim praktikumi o‘qitish metodikasining maqsadi
2 Texnologik ta’lim praktikumi o‘qitish metodikasining vazifalari.
Fanining maqsadi — talabalarga umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan texnologiya fani metodologiyasini, texnologiya darslarida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirish, texnologiya fanining o’quv meyoriy xujjatlarini tahlil qilish va qayta ishlash; texnologiya darslarini samarali o’qitish metodlaridan, dars shakllaridan foydalana olish; pedagogik va axborot texnologiyalar asosida darslarni tashkil qilish va o’tkazish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini pedagogik-psixologik bilimlarni maktab o’quvchilarida umummehnat, kasb tanlashga yo’llash va umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; pedagogik–psixologik bilimlar, bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; texnologiya fani o’quv ustaxonalarini talab darajasida jixozlash va uni nazorat; maktablarda texnologiya darslarini o’qitishni samarali tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini shakillantirish vazifalarini bajaradi.
Fanining vazifasi — pedagogik psixologik bilimlarni o’quvchilarda umummehnat va umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; pedagogik-psixologik bilimlar,bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; mehnat ta’limini o’qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o’rgatishdan iborat.
1. Texnologiya fanini o'qitish metodikasi.
2. Texnologiya ta'limi praktikumi.
3. Texnologiya fanini o'qitishda pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish orqali ta'lim samaradorligini oshirish .
Fanning maqsad va vazifalari.Mehnat ta„limining didaktik tamoyillari onglilik va faollik. Ilmiylik va tizimlilik. Nazariya va amaliyot birligi. Ta’limtarbiya birligi. Ko’rsatmalilik. Mustahkam va puxta o’zlashtirish. Yosh va individual xususiyatni hisobga olish. Izchillik. Unumli mehnat asosida o'qitish. Mehnat ta'limida o'qitish shakllari Mehnat ta’limida,o'qitish shakllari. Dars (amaliy mashg'ulot). O'quv ishlab chiqarish brigadalari. O'quv sexlari. Usta hunarmandlarga biriktirib qoyish. Ekskursiya, kichik guruhlarga bo„lib o„qitish, yakka tartibda, jamoaviy, aralash o’qitish shakllari. Mehnat ta`limida o'qitish metodlari.An'anaviy (og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, muammoli). No'ananaviy o’qitish metodlari. Mehnat ta'limi o'qitish metodikasi fani va uning vazifasi Mehnat ta'limi o'qitish metodikasi fanining mazmuni va fanning oldiga qoyilgan maqsad va vazifalar. “Ta'lim to'g'risidagi” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida “ mehnat ta'limiga oid g'oyalarning aks ettirilishi. Buyuk mutafakkirlarning mehnat ta'limiga oid fikrlari. Maktab o'quv rejasida mehnat ta'limi, fanining qoyilishi, uning tarixiy taraqqiyoti Maktab o'quv rejasining mazmuni. Mehnat ta'limi darslarining o'quv rejadagi o'rni. Maktab o'quv rejasi bilan tanishtirish. O'rta Osiyoda mehnat ta`limining tarkib topishi. Maktab islohotida mehnat ta'limi fanining vazifalari. Mehnat ta'limining mazmuni, yo'nalishlar bo'yicha o'qitishga qoyiladigan talablar. Umumta'lim maktablari 1-9 sinflarda mehnat ta'limi, kasb tanlashga yo'llash mazmuni Dastur mazmuni va uning yo'nalishlari. 5-7 sinflarda umumiy mehnat tayyorgarligi. 8-9 sinf kasbiy tayyorgarlik mazmuni. Akademik litsey va kasbhunar kollej (maktab) larida o'qishni davom ettirish uchun tayyorgarlik. Mehnat ta`limi darslarini rejalashtirish Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Taqvimiy mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti. Mehnat ta'limida rejalashtiruvchi hujjatlar. O'quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar royxati.Fanlarning o'zaro bog'lanish jadvali. Mehnat ta'limi o'quv jarayonida ta'lim vositalaridanfoydalanish metodikasi. Ko'rgazmalilik didaktik tamoyillari asosida. Zamonaviy ta'lim vositalarining turlari va tavsifi. Ta'lim vositalarining rivojlanish istiqbollari. Elektron axborot ta'lim resurslaridan foydalanish. Mehnat jarayonining tahlilivadidaktik tushunchalar.Mehnat jarayonining tahlili. Bilim, ko'nikma, malaka, kasb, ixtisoslik; mehnat jarayoni, texnologik jarayon. Mehnat ta'limi darslarida amaliy darslarni tashkil qilish metodikasi.Amaliy darsga tayyorgarlik. Joriy, oraliq va yakuniy yo'riqnomalarni o'tkazish tartibi. Dars jarayonida o'qituvchining vazifasi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga e'tibor. Darsni yakunlash. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasinio'qitishni tashkil qilish.Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan materiallarni o'rgatish metodikasi. Xalq hunarmandchiligida ishlatiladigan asbob - uskunalar. Xalq hunarmandchiligi usullarini o'rgatish va buyum tayyorlash. Mehnat ta'limi o'qituvchisining darsga va o'quv yiliga tayyorgarligi.Mehnat ta'limi o'qituvchisining darsga va o'quv yiliga tayyorgarligi. Kasbkorlik sifatlari. Asbob-uskunalarni ishga sozlash. Xom ashyo va namuna tayyorlash. Ko'rgazmali qurollar, texnik vositalar. O'qituvchining shaxsiy fazilatlari. O’quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash. Mehnatni ilmiy tashkil etish. O’qituvchining ish o’rni. O’quvchining ish o’rni. Asbob-uskuna va moslamalar. Sanitariya-gigiena va texnika xavfsizligi talablari. Mehnat ta`limid baholash mezonlari. Mehnat ta’limida, baholash turlari. Mehnat ta`limi darslari jarayonida o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarnibaholash mezoni. Baholashni obektivligi va differentsialligi. Mehnat ta’limidarslarida baho turlari (amaliy, nazariy). Baholashda hisobga olinadigan omillar.
Reyting tizimi asosida baholash. Mehnat ta’limida didaktik va tarqatma materiallarni tayyorlash. Didaktik vatarqatma materiallarga qo’yiladigantalablar. Test savollarini tayyorlashga qo’yiladigan talablar. Ko„rgazmali qurollarni tayyorlashga qoyiladigan talablar. Power Point dasturida taqdimot tayyorlash. Mehnat ta’limiga, oid metodik ishlar. Umumiy o’rta ta’lim tizimida mehnat ta`limi fani boyicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimi. Metodik ishlarni tashkil qilish shakllari, mazmuni. Metodik ishlarni boshqarishtizimi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish. Maktab sharoitida to’garaklar tashkil qilish. Sinflar, maktablar, tumanlararo ko’rgazmalarni tashkil qitish metodikasi. Maktabdan tashqari to’garaklarga olimpiadalariga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish Mehnat ta’limi dars jarayonida tarbiya. Mehnattarbiya. Iqtisodiy tarbiya. Ekologik tarbiya. Estetik tarbiya. Mehnat ta’limida ilmiy tadqiqot metodlari. Mehnat ta’limida ilmiy tadqiqot metodlari: kuzatish; suhbat, pedagogik ekskursiya, maktab hujjatlari va o’quvchilar bajaradigan ishlarni o’rganish, laboratoriya eksperimenti, matematik tadqiqot.
Fanning maqsad va vazifalari. “Texnologiya ta’limi praktikumi” fanini o„zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
- duradgorlik va chilangarlik asbob uskunalarini o’rganish, yog’ochga hamdametallarga ishlov berish texnologiyasini o’rganish, duradgorlik va chilangarlikdaishlatiladigan asbob-uskunalar va jihozlar haqida tasavvurga ega bo’lishi, yog’och
va metallarga ishlov berish texnologiyasi, sodda birikmalar va ularning turlari,metallarga sovuq xolda ishlov berish metodlarini tashkil etish;
- chilangarlik ishlari haqida, o’quv ustaxonasida xavfsizlik texnikasi qoidalari,va chilangarlikda ishlatiladigan asbob – uskunalar hamda moslamalar to’g’risidaumumiy ma’lumotlarni bilishi kerak;
- qo’lda va stanoklarda bajariladigan oddiy ish jarayonlarini amalga oshirishusullaridan, turli buyumlarining asos chizmasini chizish, texnik modellashtirish,havfsizlik texnikasi va mehnat gigienasi qoidalariga rioya qilish, duradgorlik vachilangarlik jihozlaridan to’g’ri foydalana olish;
- simlar va yupqa tunikalarga ishlov berish texnologiyasi, prokat vashtamplash usulida olinadigan materiallarga ishlov berish texnologiyasi to’g’risidako’nikmalariga ega
Bo’lishi kerak;
-qo’lda va stanoklar yordamida turli xil buyumlarni bajara olish, detallariga ishlov berish, sodda konstruktsiyali buyumlar uchun asos va chizmasini chizish, ularni tayyorlash texnologiyalarini bilish, chilangarlik va duradgorlik jihozlarini ishga tayyorlash, metallarga sovuq holda ishlov berish yog’och va metallardan sodda buyumlarni tayyorlash boyicha kompetentsiyalarga ega bo„lishi, sozlash; parchinlash, rezba qirqish turlarini o’rganishi, parmalash va charxlash usullarini, tayyor detallarga termik ishlov texnologiyasi to’g’risida malakaga ega bo’lishlari zarur
Ta‘lim to’g’risidagi va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi Ozbekiston Respublikasi qonunlarida pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va ozlashtirish zarurligi kop karra takrorlanadi. Jumladan, Ta‘lim togrisidagi Qonunining 26-moddasida ta‘limni boshqarish boyicha maxsus vakolat berilgan davlat organlarining xuquq doirasiga “ o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish” masalasi kiritilgan bolsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida esa “ ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quvuslubiy majmualarni yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” zarur ekanligi belgilab qoyilgan. Oz-ozidan savol tugiladi: Pedagogik texnologiyalarning ozi nima va u an‘anaviy ta‘lim metodlaridan nimasi bilan farqlanadi? Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta‘lim muammolariga oid ma‘ruzalar, rasmiy hujjatlarda .Yangi pedagogik texnologiya, Ilgor pedagogik texnologiya, Zamonaviy pedagogik texnologiya’ iboralari keng qollanilmoqda. Ammo Pedagogik texnologiya tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, qomuslarda izohlanganicha yoq, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi kopgina ta‘riflari mavjud. Bularning orasida e‘tiborga loyiqrogi YUNESKO ta‘rifidir: “Pedagogik texnologiya – bu ta’lim
shakllarini optimallashtirish masalasini qo’yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olib o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish butun jarayonini yaratish, qo’llash va belgilashga sistemali yondashishidir”.
Pedagog oz oldiga qoygan maqsadga erishganligini qanday biladi? Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bolgandagina, pedagog ozining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan uslublari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. Odatdagi oqitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi. O’quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda pedagogik texnologiyaniqaysi tomondan tahlil qilmaylik, uning asosi ta‘lim samaradorligini oshirishga, ya’nikam vaqt sarflab, ko’proq sifatli natijaga erishishga qaratilgandir. Qollanadigan pedagogik texnologiya natijasi esa, pedagogning mahoratiga, pedagogik klassifikatsiya turlaridan mohir foydalana olishiga, ilmiy-kasbiy tajribasiga, shaxsiy xususiyat hamda insoniy fazilatlariga bogliqdir. Texnologiya faniga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish orqali ta‘lim samaradorligini oshirishda elektron axborot-ta‘lim resurslari kata ahamiyatga ega hisoblanadi.Texnologiya ta’lim praktikumi fani talabalarga yog‘och, metallar va polimer materiallarining xususiyatlari tо‘g‘risida boshlang‘ich bilimlar, yog‘ochdan buyumlar tayyorlashda rejalash, yо‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari, qо‘l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnika va ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanishni о‘rgatadi. Texnologiya ta’lim praktikumi fani talabalarda texnik ijodkorlikni, qobiliyatni, tafakkurni rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida tabiiy, metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali hunarmandchilik asoslari, ishlab chiqarish va ro‘zg‘orshunoslik asoslari, elektrotexnika ishlari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishni va kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxasisi bo‘lib yetishishini ko‘zda tutgan. Talabalarning mazkur fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘qitishda plakatlar, chizmalar, namunalar, yo‘riqnoma texnologik xaritalar, ko‘rgazmali texnik vositalardan, kompyuter texnikasi, kinofilm, videofilm, diafilm, slayd va dasturlashtirilgan elektron didaktik vositalardan foydalanib, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ko‘zda tutiladi. Hozigi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan texnika, ilg‘or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o‘qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakillarini ilmiy ta’minlash kiradi. Bugungi kunda ta’lim sohasida fan va texnikaning so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan audio, video, telekommunikatsiya va informatsion texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi katta ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ularning didaktik imkoniyatlari bilan tanishib chiqish va mashg‘ulotlarda ularni qo‘llashni o‘rganish dolzarb pedagogik muammolardan biri sanaladi. Inson taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg‘a harakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish uni zamonasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish, barcha davrlarda barcha xalqlar uchun dolzarb vazifa hisoblangan . Jamiyat rivojlanar ekan har bir sohada rivjlanishni talab etadi. Buning uchun o‘quvchi yoshlarimizning qiziqish va qobiliyatlariga qarab rivojlantirib borishimiz lozim Multimedia texnologiyalarini ta’lim jarayonlariga joriy etish ta’limni axborotlashtirishning asosiy nuqtalaridan biridir. Hozirgi vaqtda multimedia texnologiyalari jadal rivojlanayotgan va istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. O‘quv jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi ijtimoiy taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida jamiyatni axborotlashtirish va Internet global kompyuter tarmog‘idan keng foydalanish bilan bog‘liq.Kompyuter texnologiyalari bugungi kunda ko‘plab talabalar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Ular ko‘pincha ularni oddiy maktab darsligidan ko‘ra ko‘proq qiziqish bilan qabul qilishadi.Axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilar tomonidan materialni katta darajada o‘zlashtirishni ta'minlaydi.Interaktivlik multimedianing juda muhim qismidir. Odamlar ko‘rgan narsalarining atigi 20 foizini va eshitganlarining 30 foizini eslab qolishadi. Bundan tashqari, ular ko‘rgan va eshitgan narsalarining 50 foizini va bir vaqtning o‘zida ko‘rgan, eshitgan va qiladigan narsalarining 80 foizini eslab qolishadi.Zamonaviy jamiyatda bilim tobora tovarga aylanib bormoqda va har qanday tovar kabi yaxshi qadoqlash va tegishli tarqatish usullarini talab qiladi.Multimedia texnologiyasiga asoslangan kompyuterlashtirilgan ta’lim inson o‘qituvchisining o‘rnini bosa olmaydi, lekin u o‘qituvchi faoliyatini, ayniqsa, mustaqillik, ijodiy fikrlash rivojlanadigan sohalarda to‘ldirishi va takomillashtirishi mumkin.Zamonaviy jamiyatni axborotlashtirish, ta'lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish o‘quv jarayonini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Insoniyat XXI asrga o‘z taraqqiyotining yangi bosqichi – axborot jamiyati bosqichiga kirdi. Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘quvchilarning kommunikativ, ijodiy va kasbiy bilimlarini, ularning o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojlarini rivojlantirishni ta'minlaydigan o‘qitishga yondashuvlarni sifat jihatidan o‘zgartirishga imkon beradi. Ta’kidlash joizki, multimedia texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish shartlaridan biri multimedia proyektori, kompyuter, ekranli maxsus jihozlangan o‘quv xonalarining mavjudligidir. Ta’lim jarayoniga zamonaviy multimedia texnologiyalarining joriy etilishi an’anaviy ta’limga nisbatan quyidagi samaralarga erishish imkonini beradi: jadval va rasmlarni rangli, ovozli, animatsiyalar, gipermatnlar bilan boyitish; interaktiv veb-elementlar, testlardan foydalanish; darsning nazariy materialini boyitib borish; axborotlarning muntazam ravishda yangilab turish;
ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalar bilan ko‘proq individual ishlash, ularning darsga qiziqishlarini oshirib, egallagan bilimlarilarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; ta’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, voqelikni kompleks o‘rganish; ta’lim jarayonining moslashuvchanligi, shakllari va usullarini, texnologik bazasini zamonaviy AKT vositalarini joriy etish orqali takomillashtirib borishdan iborat. Talabalarni ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘qitishda turli xil multimedia resurslari bilan materialni taqdim etish uchun keng imkoniyatlar ochadigan axborot texnologiyalaridan foydalaniladi, masalan: chizmalar, vizual modellar, grafik ma'lumotlarning taqdimoti, ular alohida parchalarni tushuntirishda foydalidir. O‘quv jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish fanni o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshiradi, chunki talabalar uchun materialni taqdim etishning yangi shakli qo‘llaniladi; o‘rganilayotgan mavzularni idrok etish samaradorligini oshiradi, bu esa har doim o‘rganishni yanada samaraliroq qiladi; o‘quv materialini yaxshiroq o‘zlashtirish va yaxshiroq yodlashga yordam beradi. Video proyektor ushbu ma'lumotni takrorlash imkonini beradi. Kichkina tabiiy namunani namoyish qilish bilan hech qanday taqqoslash mumkin emas, o‘quv plakati. Multimedia texnologiyalariga qiziqishning ortishi, bunday texnologiyalarning ta’limga joriy etilishi ko‘plab o‘qituvchilarning multimedia kontenti va ta’lim multimedia mahsulotlarini yaratish vositalarini puxta egallashiga olib keldi. E'tibor bering, o‘qituvchilar ko‘pincha dasturchi emas. Bularning barchasi dasturchilarga mo‘ljallangan emas, balki multimedia mahsulotlarini ishlab chiqishga imkon beruvchi dasturlarning yangi sinfining paydo bo‘lishiga olib keldi. Tez rivojlanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonaviy maktabdan kommunikativ, ijodiy va kasbiy bilimlarning rivojlanishini, o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojlarini ta'minlaydigan ta'limga yangi yondashuvlarni joriy qilishni talab qiladi. Bunday texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish yangi bosqichga – yangi multimediali o‘quv materiallarini joriy etishga o‘tmoqda. Hozirgi vaqtda ko‘plab turli xil axborot resurslari yaratilgan bo‘lib, ular o‘quv va ilmiy faoliyat sifatini sezilarli darajada oshirdi. O‘qitishda ko‘pincha multimedia texnologiyalari qo‘llaniladi, ularning doirasi sezilarli darajada kengaydi: o‘quv dasturlarini yaratishdan multimedia sohasidagi ta'lim dasturlarini qurishning ajralmas kontseptsiyasini ishlab chiqishgacha, yangi o‘qitishni shakllantirish. yordamlar. Multimedia g‘oyasi axborotni taqdim etishning turli usullaridan foydalanish, matnlarning video va ovozli jo‘rligi, yuqori sifatli grafikalar va animatsiyani dasturiy ta'minotga kiritish dasturiy mahsulotning ma'lumotlarga boy va tushunarli bo‘lishiga yordam beradi. bir vaqtning o‘zida ma'lumotni idrok etishning turli kanallariga ta'sir qilish qobiliyati tufayli didaktik vosita. Ta'lim uchun yangi texnologiyaning istiqbollari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi, YUNESKO Bosh konferentsiyasining 28-sessiyasida Ta'lim dasturi doirasida "Multimedia texnologiyalari va shaxsiy rivojlanish" tadqiqot loyihasi tashkil etildi. Estеtika fanlari haqida gap kеtganda birinchi navbatda ko‘z oldimizga musiqa, texnologiya, tasviriy san’at kabi fanlar kеladi. O‘qitishning nazariy va amaliy jihatlarinibir-biridan ayro qilmagan holda komplеks olib borish zarurligini esdan chiqarmagan ma’qul. Chunki har bir fanning zamonaviy ta’lim bo‘yicha yangicha uslubda pеdagogik tеxnologiya asosida tashkil etish, o‘quvchilarni mavzuni yaxshi o‘zlashtirishi, erkin va mustaqil fikrlashiga imkon yaratadi. O‘tilayotgan mavzuni o‘quvchilar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishi, albatta pеdagogik mahoratga boqliq. Pеdagog o‘z fanini ilmiy va mеtodik jihatdan chuqur bilsa, qo‘llaniladigan mеtodlar, turli innovatsiyalar, ko‘rgazmali va tеxnik vostitalardan unumli foydalanib, o‘quv jarayonini tashkil etsa dars samaradorligi yuqori bo‘lishi muqarar. Mеtod tanlash nafaqat o‘quv maqsadini balki mazuni va murakkabligiga ham bog‘liq. O‘quvchilar ana shunday intellektual bilim olishda zamonaviy texnik vositalardan oqilona foydalanish, ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga olib kelishi shubhasiz. Ayniqsa, ta‘lim jarayonini mazmunli tashkil etish uchun zamonaviy texnik vositalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu esa, ya’ni dars mashg‘ulotlari jarayonida texnologiya, axborot, kompyuter, multimediya, internet va shunga o‘xshash axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish o‘zining samarasini bermoqda. Dars mashg‘ulotlarini multimedia vositalari bilan o‘qitish hozirgi zamon talablaridan biri hisoblanib, xususan texnologiya fanlarida vositalardan foydalanish bugungi kunda yuqori natija va samara bermoqda. 2020-2021- o‘quv yili uchun maktab darsliklarining yangilanishi, ular tarkibida texnologiya fani darsligi ham yangilanib, innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi. Texnologiya fani darsliklari uchun ilk bor o‘qituvchi kitobi va multimedia ilovalari tayyorlandi. Yangiliklardan yana biri darsliklrdagi mavzularni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitish maqsadida darsliklarga QR kod o‘rnatildi. XULOSA Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, texnologiya ta’lim praktikumi fanini o‘qitishda multimedia vositalaridan foydalanish amaliy va nazariy mashg‘ulotlarida samarali ta’sir ko‘rsatish bilan birgalikda, mashg‘ulotlarda vaqt tejash imkonini beradi. Multimediali dasturiy vositalar asosida o‘qitish jarayonida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish, ma’ruza matnlarini taxrirlash, talabalar topshirgan nazorat natijalarining taxlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o‘quvchi-talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida ko‘rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Jumladan multimediali dasturiy ta’lim vositadari, texnologiya ta’limi praktikumi jarayonida talabarning amaliy mashg‘ulotlarda ishlatiladigan asbobuskunalar, ulardan xalq xo‘jaligida foydalanish, texnik ijodkorlik va xalq hunarmandchiligiga oid chuqur bilim olishida, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Texnologiya ta’limi praktikumi fani amaliy mashg‘ulotlar jarayonida multimediali dasturiy vositalari ya’ni elektron darsliklar, elektron amaliy mashg‘ulotlar to‘plami, elektron o‘quv-uslubiy majmualar, virtual laboratoriya stendlari, 3D animatsiyalar, elektron o‘quv trenajorlari va bilimlarni nazorat qilishning kompyuterli tizimilaridan foydalanish, ta’lim oluvchilarning motivatsiyasi hamda ta’lim sifati samaradorligini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
2-Maruza
Mavzu: Texnologik ta’lim praktikumida modellashtirish
Reja:
1. Texnologik ta’lim praktikumida mehnаt koʻnikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirish
2. Modellаshtirish vа loyihаlаsh
Mаktаbdа texnologiyа tа’limi vа tаrbiyаsining mаqsаdi mehnаtgа muhаbbаt, mehnаtkаshlаrgа hurmаt tuygʻusini shаkllаntirishdаn iborаt boʻlishi kerаk; tаlаbаlаrni zаmonаviy sаnoаt vа qishloq xoʻjаligi ishlаb chiqаrishi, qurilish, trаnsport, xizmаt koʻrsаtish sohаsi аsoslаri bilаn tаnishtirish; oʻqish vа ijtimoiy foydаli mehnаt jаrаyonidа ulаrdа mehnаt koʻnikmа vа mаlаkаlаrini shаkllаntirish; kаsbni ongli rаvishdа tаnlаsh vа dаstlаbki kаsbiy tаʻlim olish uchun motivаtsiyа rejаlаrni аmаlgа oshirish uchun sinfdа hаm, dаrsdаn tаshqаri ishlаrdа hаm mehnаtgа oʻrgаtish vа tаrbiyаlаsh sаmаrаdorligini oshirish zаrur. Boshlаngʻich sinflаrdа oʻquvchilаr turli xil ishlаrni bаjаrаdilаr: qogʻoz, mаto, tаbiiy mаteriаllаrdаn ilovаlаr, plаstilindаn qoliplаr, ingichkа sim, folgа, yogʻochdаn buyumlаr yаsаydilаr. Tаlаbаlаrning аtrofdаgi voqelik, mаshinаlаr, mexаnizmlаr vа ulаrdаn iqtisodiyotdа foydаlаnish hаqidаgi bilimlаrini kengаytirishgа qаrаtilgаn texnik modellаshtirish vа dizаyn muhim oʻrinni egаllаydi. U yoki bu mаhsulotlаrni yаrаtish orqаli bolаlаr turli kаsb egаlаri, mehnаtkаsh odаmlаr bilаn tаnishаdilаr, bu esа kаsbgа yoʻnаltirishdа judа muhimdir. Ish jаrаyonidа kichik mаktаb oʻquvchilаri turli xil murаkkаblikdаgi tuzilmаlаrni yаrаtаdilаr, аmmo ulаrni oson ishlov berilаdigаn mаteriаllаrdаn, turli аsboblаr vа аsboblаrdаn foydаlаngаn holdа bаjаrish mumkin. Bolаlаr oʻz koʻnikmа vа qobiliyаtlаrini mаshq qilаdilаr, politexnikа dunyoqаrаshini kengаytirаdilаr. Oʻqituvchidаn nаzаriy mаʻlumot olib, koʻplаb yаngi soʻzlаrni oʻzlаshtirаdilаr, texnik аtаmаlаr tufаyli soʻz boyligi kengаyаdi. Bolаlаr mаhsulotidаn foydаlаnishning uslubiy tomonigа, ulаrning аmаliy yoʻnаlishigа eʻtibor berish muhimdir. Ulаr koʻrgаzmаli qurollаr, koʻrgаzmаlаr, sovgʻаlаr sifаtidа xizmаt qilishi mumkin. Turli tuzilmаlаrning modellаridаn mаktаb joylаshgаn koʻchаning mаketini qurishi mumkin, yoʻl qoidаlаrini oʻrgаnishdа аvtomobil modellаridаn foydаlаnish mumkin. Oʻquvchilаrning hаr tomonlаmа rivojlаnishidа texnik modellаshtirishning roli kаttа. Biz texnologiyа аsridа yаshаyаpmiz, bizni turli xil mаshinаlаr, mexаnizmlаr, аsboblаr, аppаrаtlаr oʻrаb olgаn. Kichik mаktаb oʻquvchilаri koʻplаb аvtomobillаr, sаmolyotlаr, tаnklаr, kemаlаrning mаrkаlаrini bilishаdi. Ulаr аvtobus, trаmvаy, trolleybus, lift vа boshqа mаshinаlаrdаn foydаlаnаdilаr vа kompyuterdа ishlаshni bilаdilаr.Texnologiyа olаmi judа kаttа vа modellаshtirish dаrslаri uni yаxshiroq tushunishgа, dizаyn koʻnikmаlаrini, texnik fikrlаshni rivojlаntirishgа imkon berаdi vа аtrofdаgi voqelikni bilishning muhim usullаridаn biridir.Mаktаbdаgi texnologiyа dаrslаridа vа sinfdаn tаshqаri mаshgʻulotlаrdа texnik modellаshtirish vа dizаyn muhim oʻrin tutаdi, bu erdа oʻquvchilаr modellаr hаqidа dаstlаbki mаʻlumotlаrni olаdi, mаshinаlаr texnik ishlаb chiqаrish, ishchi kаsblаr bilаn tаnishаdi. Model - polisemаntik soʻz boʻlib, u bilim, ishlаb chiqаrish, texnologiyаning turli sohаlаridа qoʻllаnilаdi. Model keng mаʻnodа ilmiy, аmаliy yoki sport mаqsаdlаridа hаqiqiy obʻektni (koʻp hollаrdа qisqаrtirilgаn shаkldа) tаkrorlаydigаn qurilmаni аnglаtаdi.Dizаyndа mаhsulot model deb аtаlаdi, bu obʻektning belgilаngаn mаsshtаbdаgi uch oʻlchovli soddаlаshtirilgаn tаsviridir. Model tаrtibning аjrаlmаs qismidir. Modellаshtirish vа loyihаlаsh mehnаtgа tаʻlim vа tаrbiyаning butun tizimining аjrаlmаs qismlаri boʻlib, bu yerdа didаktikаning bаrchа tаmoyillаrigа rioyа qilish muhimdir. Oʻqituvchi bolаlаrning yosh xususiyаtlаrini hisobgа olgаn holdа oʻquvchilаrgа ishonchli fаktlаr hаqidа mаʻlumot berаdi. Mаshinа vа mexаnizmlаr koʻplаb аvlodlаrning fаn vа texnikа yutuqlаrini oʻzidа mujаssаm etgаn murаkkаb tuzilmаlаrdir. Kichik yoshdаgi mаktаb oʻquvchilаrigа fаqаt аsosiy tаrixiy mаʻlumotlаr berilаdi, qisqаchа texnik mаʻlumotlаr berilаdi, fаqаt obʻektning umumiy tuzilishi bаtаfsil tushuntirilmаsdаn tushuntirilаdi. Shundаy qilib, ilmiylik vа qulаylik tаmoyillаri аmаlgа oshirilаdi. Oʻquvchilаr oʻquv mаteriаlini yаxshi oʻzlаshtirishlаri uchun dаrslаr tizimli rаvishdа olib borilishi kerаk, oʻzаro bogʻliqliksiz pаrchаlаngаn bilimlаr, qoidа tаriqаsidа, tezdа unutilаdi. Keyingi mаteriаl, аlbаttа, ilgаri olingаn bilimlаrgа tаyаnishi kerаk. Ish jаrаyonidа qаtʻiy ketmа-ketlik tаlаb qilinаdi: siz modellаshtirish vа dizаynni eng oddiy mаhsulotlаr bilаn boshlаshingiz kerаk, аstа-sekin modellаr vа dizаynlаrni ijodiy ijro dаrаjаsigа murаkkаblаshtirаdi. Tizimlilik vа izchillik tаmoyillаrining buzilishi ishdа qiyinchilik tugʻdirаdi. Hozirgi vаqtdа bilimlаrni doimiy rаvishdа toʻldirishgа ehtiyoj bor. Mаshinаlаr, mexаnizmlаr, jihozlаr doimiy rаvishdа tаkomillаshtirilib, yаngilаnib, modernizаtsiyа qilinmoqdа. Аxborot oqimi kаttа vа hаmmа mаteriаlni oʻzlаshtirish deyаrli mumkin emаsligi tushunаrli, shuning uchun tаlаbаlаr аsosiy nаrsаni, аsosiy nаrsаni tushunishlаri, mаntiqiy fikrlаshlаri, mustаqil rаvishdа muаmmolаrni qoʻyishlаri vа hаl qilishlаri muhimdir. . Bilimlаrni oʻzlаshtirishning mustаhkаmligi tаmoyili shundаn iborаtki, oʻquvchilаr tаqdim etilаyotgаn mаteriаlning mohiyаtini oʻzlаshtirib olishlаri, uni xotirаdа tаkrorlаshlаri vа аmаliyotdа qoʻllаshlаri mumkin. Bolаlаr tinimsiz dizаynerlаr, ulаrning texnik echimlаri аqlli, oʻzigа xos, gаrchi bа’zidа soddа. Аlbаttа, kichik mаktаb oʻquvchilаri hech qаndаy kаshfiyot qilmаydi, lekin qurilish jаrаyonining oʻzi kаttаlаr ishidаn fаrq qilmаydi.Modellаr mobil yoki stаtsionаr boʻlishi mumkin.Joylаshtirish oʻzigа xos modeldir. Bu soʻz bir nechtа semаntik soyаlаrgа egа, mаsаlаn, kitobning tаrtibi, teаtr sаhnаsi. Keng mаʻnodа, mаket hаm hаqiqiy obʻektning uch oʻlchovli tаsviridir. Аmmo xаrаkterli xususiyаt mаvjud: model odаtdа binolаr, аnsаmbl, shаhаr modeli deb аtаlаdi. Toʻgʻri, bаrchа tаfsilotlаrdа аsl nusxаni etkаzаdigаn mаket model deb аtаlаdi. Modellаshtirish - bu modellаrni qurish, reаl obʻektlаrni bilish jаrаyoni, texnik tuzilmаlаrni oʻrgаnish usuli, аqliy vа аmаliy fаoliyаt turi, modellаrni bevositа yаrаtish. Texnik modellаshtirishni tаyyor chizmаlаrni oddiy tаkrorlаsh, grаfik vа vizuаl tаsvirlаrni nusxаlаsh deb tushunmаslik kerаk, gаrchi oʻqitishning dаstlаbki bosqichlаridа bu usul mаktаb аmаliyotidа keng qoʻllаnilаdi vа ishdа yetаkchi hisoblаnаdi. Boshlаngʻich sinf oʻquvchilаridа loyihаlаsh ishlаrini bаjаrish bilаn ulаrdа ijodkorlik sifаtlаrini rivojlаntirishimiz mumkin. Ijodiy qobiliyаtlаrni rivojlаntirish - bu modellаshtirishning mohiyаtini, uning tаmoyillаri vа qonuniyаtlаrini ochib berishdir. Buning uchun аvvаlo tushuntirish kerаk modellаrning rivojlаnishi. Birinchidаn, modellаshtirish ob’ektini belgilаshimiz kerаk. Keyinchаlik, biz model turini аniqlаymiz: kontur, stilize, nusxа koʻchirish modeli, volumetrik yoki tekis. Shundаn soʻng, kerаkli oʻlchov аniqlаnаdi, аsosiy qismlаr, tаfsilotlаr belgilаnаdi, eskiz tаyyorlаnаdi, uning аsosidа ishchi chizmа yаrаtilаdi. Keyin olingаn oʻlchаmlаr qаytа ishlаngаn mаteriаlgа oʻtkаzilаdi. Modellаshtirishning yаkuniy bosqichi - bu mаhsulotni tugаtish vа uni аmаldа sinаb koʻrish. Shundаy qilib, modellаshtirish jаrаyonini tаlаbаlаrning tаyyorgаrlik dаrаjаsigа qаrаb bir nechа bosqichlаrgа boʻlish mumkin. Аgаr bolаlаr mehnаt tаjribаsigа egа boʻlsа, modellаshtirish quyidаgi bosqichlаrgа egа boʻlishi mumkin: 1) modellаshtirish obʻektini аniqlаsh; 2) ishchi chizmаlаrni tаyyorlаsh; 3) ish rejаsini tuzish, mаteriаl tаnlаsh; 4) rejаlаshtirilgаn rejаning bаjаrilishi. Shаrtli loyihаlаsh bir nechа bosqichlаrgа boʻlinishi mumkin: 1) shаkllаntirish kelаjаkdаgi mаhsulot tаsvirini yаrаtishni tаlаb qilаdigаn texnik muаmmoni аniqlаshtirish; 2) texnik muаmmoni hаl qilish yoʻllаrini аniqlаsh, texnologik hujjаtlаrni ishlаb chiqish; 3) rejаlаshtirilgаn rejаning bаjаrilishi. Xulosа qilib аytаdigаn bo‘lsаk, boshlаngʻich sinf o‘quvchilаridа texnologik loyihаlаsh kompetensiyаlаrini shаkllаntirishdа dаstаvvаl bundаy ishlаrning mаzmun-mohiyаtini bilish zаrur. Hаr qаndаy ishni bаjаrish uchun shu ish hаqidа tushunchаgа egа bo‘lish mаzkur ishning sifаtli vа sаmаrаli bo‘lishini tа’nimlovchi bosh omil sаnаlаdi. Xususаn, boshlаngʻich sinf o‘quvchilаridа loyihаlаsh kompetensiyаlаrini shаkllаntirishdа modellаshtirish vа loyihаlаsh tushunchаlаri hаqidаgi bilimlаr judа zаrur. Modellаshtirish vа loyihаlаsh mehnаtgа tаʻlim vа tаrbiyаning butun tizimining аjrаlmаs qismlаri boʻlib, bu yerdа didаktikаning bаrchа tаmoyillаrigа rioyа qilish muhimdir. Oʻqituvchi bolаlаrning yosh xususiyаtlаrini hisobgа olgаn holdа oʻquvchilаrgа ishonchli fаktlаr hаqidа mаʻlumot berаdi. Mаshinа vа mexаnizmlаr koʻplаb аvlodlаrning fаn vа texnikа yutuqlаrini oʻzidа mujаssаm etgаn murаkkаb tuzilmаlаrdir. Kichik yoshdаgi mаktаb oʻquvchilаrigа fаqаt аsosiy tаrixiy mаʻlumotlаr berilаdi, qisqаchа texnik mаʻlumotlаr berilаdi, fаqаt obʻektning umumiy tuzilishi bаtаfsil tushuntirilmаsdаn tushuntirilаdi. Shundаy qilib, ilmiylik vа qulаylik tаmoyillаri аmаlgа oshirilаdi.
3-Maruza
Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining shakl va usullari.
Reja:
1. Texnologiya ta’limining shakllari.
2. Texnologiya ta’limining metodlari haqida tushunchalar.
Texnologiya ta’limini tashkil etishga nisbatan qo‘yiladigan muhim talablardan biri metodlarning xilma-xilligi va ularning muayyan maqsadga xizmat etishidir. Ta’limda qo‘llaniladigan mantiqiy metod barcha o‘rta ta’lim maktablari uchun umumiy va eng ko‘p tarqalgan metoddir.
O‘qituvchi mantiqiy metod - hikoya, o‘quv materialini og‘zaki bayon etishini, suhbatni qo‘llar ekan, u o‘quvchilarga faqat o‘zidagi bilimlarni ularga o‘tkazibgina qolmay, balki o‘quvchilarda ayni yo‘nalishga qiziqish ham uyg‘otadi. Mantiqiy metodlar:
A) Hikoya qilib berish.
B) O‘quv materialini og‘zaki bayon qilib berish.
V) Suhbat.
Hikoya qilib berish - o‘quv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilib berishdir. (Hikoya maksimal kontrol va o‘quvchilarning galdagi ishlariga xirs bog‘langan bo‘lishi shart)? Hikoyani dars mavzu qisqacha umumlashtirib tamomlash kerak.
Jonli so‘zdan har qanday metodda ham foydalaniladi, jonli so‘z yordamida mehnat usullari, ko‘rgazma qo‘llanmalar izohlab ko‘rsatiladi. O‘qituvchining so‘zi o‘qitishdagi faollikni ta’minlash uchun, xatolarning oldini olish uchun ayni shu texnologiyasini bajarishda o‘quvchiga yordam berish uchun, jihozni boshqarish vositalarining tuzilishi, boshqarish usullarini o‘zgartirish uchun zarurdir.
O‘quv materialini og‘zaki bayon etish - haqiqiy materialni izchillik bilan bayon qilib berishdir. Bunda faktlarni analiz qilish va isbotlash katta o‘rin oladi. (O‘qituvchi o‘zining basnida, o‘z yozmalaridan, hisoblashlaridin foydalanadi, bunda galdagi shuning xarakteri oydinlashtiriladi)?
Materialni bayon qilishda o‘qituvchi o‘quvchilarning nazariy bilimlari saviyasiga, ularning ishlab chiqarish ta’limi jarayonida qo‘lga kiritilgan tajribalariga tayanishi lozim. Bu maqsadda u maxsus texnologiya kursi bilan ya’ni: materialshunoslik, chizmachilik programmasi bilan mukammal tanishib chiqishi, har zamonda bu darslarga qatnashishi kerak
Suhbat - bunda o‘quvchilar o‘qituvchining savoliga javob beradi, yoki savolning mazmuniga muvofiq, so‘zga chiqadilar. Suhbatdan o‘rganiladigan material to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lum hajmda bilim bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Suhbat oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi.
Suhbat oldindan tuzilib qo‘yilgan reja asosida muayyan masalalarni muhokama qilish, o‘qituvchi bergan savollarga o‘quvchilarning javob berishlari tarzida borishi mumkin. O‘quvchilarda ayni mavzuga doir birmuncha bilim va tasavvurlari bo‘lgan taqdirdagina suhbat usuli samarali bo‘lishi mumkin. Suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p hollarda o‘qituvchining o‘quvchilarga to‘g‘ri savol qo‘ya bilishiga bog‘liq. Suhbatni shunday olib borish kerakki u belgilangan ta’lim - tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam etadigan bo‘lsin. Suhbat aniq belgilangan maqsadga qaratilgan bo‘lsin.
Ko‘rgazmali metod - shaxsan mehnat usullarini ko‘rsatish, jihozlarni, ko‘rgazma qurollarni, o‘quv kino filmlarini, diafilm va hokazolarni namoyish qilish demakdir.
Ko‘rgazmali metodlar: A) ishlab chiqarishga ekskursiya o‘tkazish. B) mehnat priyomlarini ko‘rsatib berish.
Ekskursiya-ko‘rgazmali o‘qitish bo‘lib, bunda o‘quvchilar buyumlarni texnologik hodisa va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etishni ishlab chiqarish sharoitida o‘rganadilar. Texnologiya ta’limi o‘quvchisi ekskursiya o‘tkazish planini oldindan tuzib qo‘yishi, eng xarakterli ob’ektlarini belgilab ular bilan mukammal tanishib chiqishi kerak.
Korxonalarga zamonaviy jihoz, ya’ni texnologik jarayon bilan tanishish maqsadida qilinadigan ekskursiyalarda jihozni boshqarish priyomlarini, ilg‘or ish metodlarini, shu o‘rinda mehnatni tashkil etish kabilarni ko‘rsatishning katta ahamiyati bor.
Har xil ko‘rgazmali qurollarni va mehnat priyomlarni ko‘rsatish metodi texnologiya ta’limida muhim o‘rin tutadi. Bu masalada o‘ylar ekanmiz, unga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlariga va namoyishga nisbatan talablarga alohida e’tibor berishimiz kerak bo‘ladi. Tajribaning ko‘rsattshicha ko‘rgazmalillk haddan oshib ketsa bu hol o‘quvchilarning o‘rganilayotgan hodisa mohiyatini aniqlashdan chetlashishiga sabab bo‘lar ekan. Shunga qaramay, bitta buyumga tegishli ko‘rgazmali qurollar uning turli tomonlarini oydinlashtirishga xizmat qilgani taqdirida ular sonining ko‘proq bo‘lishidan xavfsiramasa ham bo‘ladi.
Odatda ko‘rgazmali qurollar dars boshlanmasdan ko‘rsatib qo‘yilmaydi. O‘quvchilarning vaqtdan ilgari ko‘rgazma qurollar bilan (chala) qiziqishi, bu qurollarga jiddiy qiziqish havasini susaytirib qo‘yishi mumkin. Ko‘rgazma materialining mazmunini ochishga mumkin qadar o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qilishlari zarur. Bu esa o‘quvchilarda kuzatuvchanlik va bilib olish xislatlarini tarbiyalash choralaridan biridir.
Texnologiya ta’limida mehnatdan amaliy ishlarni ko‘rsatish masalasi alohida o‘rin tutadi. Bu o‘qitishning asosiy ko‘rgazma materiallaridan biridir. Bundan tashqari texnologiya ta’limi o‘qituvchisi mehnat priyomlarini va protsessni ko‘rsata bilishi uchun, yuksak professional malakali bo‘lishnigina emas, balki yetarli darajada pedagogik tajribaga ega bo‘lishini ham talab etadi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, namoyish qilinadigan mehnatdan amaliy ishlarni o‘quvchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi shart. O‘quvchilar ayni amaliy ishlarni shakllantirish uchun qanday harakatlarni va qay tartibda ishlatish kerakligini yaxshi fahmlab olishlari zarur.
Amaliy metodlarga:
a) mashqlar.
b) laboratoriya-amaliy ishlari.
v) texnikaga oid ma’lumotnoma, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlash kiradi.
Mashq-mehnat o‘quvchilarni shakllantirish va sekin-asta ularni malakaga aylantirish uchun ish harakatlarini ongli ravishda va ko‘p marta takrorlashdan iborat. Mashqlar mehnat va ishlab chiqarish ta’limining asosiy metodidir. Mashqlar jarayonida mehnat va hunar usullarini bajarishning sifatli bo‘lishiga, o‘quvchilar faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga e’tibor berish kerak.O‘qitish usullari bilimlarni shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi kerakki, unda o‘quvchilar chizmani o‘qituvchi chizgan o‘lchamlar asosida emas, balki buyumni istalgan o‘lchami bo‘yicha chizib, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olsinlar.
Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda qo‘llaniladigan asosiy usullar tizimi quydagichadir:
Og‘zaki bayon qilish.
Tushuntirish va hikoya qilish.
Suhbat.
Mashqlar.
Amaliy ishlar.
Mustaqil ishlar.
Texnologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarni texnologiya ta’limi va tarbiyasiga tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa o‘qituvchi o‘quvchilarning texnologiya ta’limi va tarbiyasining malaka va ko‘nikmalarini egallashlariga va mehnatga tayyorlash to‘g‘ri tarbiyalansa, haqiqiy mehnatkash uchun zarur bo‘lgan sifatlar shakllanadi.
1-Amaliy
Dostları ilə paylaş: |