Quloqcha va turumli o‘rtalik birikmalar texnologiyasi
19
Texnologik ta’lim praktikumida modellashtirish Boshlang‘ich sinf texnologiya fani DTS tahlili
20
Murakkab ko‘p tirnoqli birikmalar tayyorlash texnologiyasi.
21
Burchakli ko‘l tirnoqli birikmalar texnologiyasi va biriktiriladigan birikmalar.
22
Texnologik ta’lim praktikumi metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari.
23
Qo’l mehnati ishlari va uning turlari.
GLOSSARIY
Mehnat- Biror maqsad uchun qaratilgan aqliy yoki jismoniy faoliyat, ish
Jarayon - Oqimning borishi, sodir bo’lishi, ishharakat, voqeahodisaning birin-ketin borishi, rivoji.
Ip - Paxta, xom ipak, zig’ir, jun va shakar, tolasidan ingichka qilib yigirilgan yoki yigirilmagan tikuv, to’quv materiali.
Murakkab -Yechilishi, tushunilishi, bajarilishi qiyin, og’ir, mushkul ish.
Muqova - Kitob, jurnal, daftar shaklini yaxlit qilib biriktirib turuvchi, ichki varaqlarga nisbatan qalinroq materialdan yasaluvchi sirt qismi
Ishchanlik - Ishchan xususiyat, ishchan holat, mehnatsevarlik.
Model - Biror narsaning xuddi oʼzidek yoki kichraytirib, kattalashtirib olingan, koʼplab ishlab chiqarish uchun andoza boʼladigan nusxasi.
Iqtisodchi - Tejab-tergab sarf etuvchi, sarf-xarajatni tejab-tergab bajaruvchi, tejamkor
Malaka - faoliyatning mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan tajribadir
Applikatsiya - Tasvirlash texnikasining turli formalarini qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Jismoniy mehnat - Insonning tana aʼzolari orqali aqliy tafakkur bilan bajariladigan jismoniy harakatlar majmui.
Bilim - Oʼquvchi va talabalarning tabiat, jamiyat, fan-texnika yutuqlari haqida xosil qilgan maʼlumotlari. Oʼquvchi yoki talabalarga taqdim etiladigan nazariy maʼlumotlar.
Boshlang’ich ta’lim - Umumiy oʼrta taʼlimning dastlabki OʼzR da boshlangʼich taʼlim 1- 4 sinflarda bolalarga ilk taʼlim berish, ularni maʼnaviy kamol toptirishning boshlangʼich davri hisoblanadi.
Metod - (Yunoncha – metodos – bilish yoki tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot) – voqeylikni amaliy va nazariy egallash, o’zlashtirish, o`rganish, bilish uchun yo’l-yo’riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
TEST SAVOLLARI *****************************************************************
1. Tikuvchilikda ish o‘rnini tashkil qilishda stolning o‘ng tomoniga (qo‘l yetadigan joyga) nima uchun maxsus taglik qo‘yilishi kerak?
A. Ipli g‘altaklarni joylash uchun
B. Moshinada tikishda bitta qo‘lni qo‘yish uchun
S. Gazlama osilib turmasligi uchun D. Qiyqimlarni solish uchun
2. Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun zarur asboblar javoblarning qaysi birida keltirilgan?
A. qo‘l ignalari, angishvona, qaychi, sanimetrli lenta
B. maneken, andoza, qoziqcha, to‘g‘nog‘ich
S. qo‘l ignalari, angishvona, qoziqcha, to‘g‘nog‘ich
D. qaychi, sanimetrli lenta maneken, andoza
3. Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun zarur asboblar javoblarning qaysi birida keltirilgan?
A. maneken, andoza, qoziqcha, to‘g‘nog‘ich
B. qo‘l ignalari, angishvona, qaychi, sanimetrli lenta
S. qo‘l ignalari, angishvona, qoziqcha, to‘g‘nog‘ich
D. qaychi, sanimetrli lenta maneken, andoza
4. Tikuv mashinasida ishlaganda tikiladigan buyum tikuvchining ko‘zidan necha sm nari turishi kerak?
A. 30-40 sm
B. 20-30 sm
S. 10-20 sm
D. 15-25 sm
5. O‘quv-tikuv ustaxonasining harorati qishda necha gradusni tashkil qilishi kerak?
A. 14-160S
B. 10-150S
S. 20-250S
D. 10-200S
6. O‘quv-tikuv ustaxonasining harorati yozda necha gradusni tashkil qilishi kerak?
A. 200S dan oshmasligi kerak
B. 160S dan oshmasligi kerak
S. 250S dan oshmasligi kerak
D. 180S dan oshmasligi kerak
7. .............. bilan ishlashda uni keskich qismini yopiq holda, ishlovchidan qarshi tomonga qaratib saqlash lozim. Nuqtalar o‘rniga javoblardan mosini qo‘ying.
A. Qaychi
B. Igna
S. Dazmol 269
D. Sm.lenta
8. Yupqa ip gazlamalardan kiyim tikishda qanday ignadan foydalaniladi?
A. 50-80 raqamli
B. 50-60 raqamli
S. 30-40 raqamli D. 40-50 raqamli
9. LL bilan belgilangan tikuv iplari tarkibida qanday tolalar mavjud bo‘ladi?
A. zig'ir va lavsan
B. lavsan va paxta
S. zig‘ir va paxta
D. zig‘ir, paxta, lavsan
10. Qaysi ipning tarkibida bitta tola bo‘ladi?
A. Neylon ip
B. Aralash ip
S. Ko‘p qatlamli ip
D. Polester ip