Kun tartibida: 1. Paxta yig‘im-terimining borishi. 2. Xasharchi-terimchilarni terimga safarbar etish. 3. Turli masalalar. 5. Kishilar ismining bosh harfidan tashkil topgan qisqartmalardan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: I.A.Karimov.
6. Matematikada nuqta ko’paytiruv alomatini anglatadi. Masalan: 6.2=12.
7. Maqola muallifini anglatuvchi ism, familiyalardan so‘ng, «Davomi bor», Boshi o‘tgan sonlarda» kabi jumlalardan so‘ng nuqta qo‘yiladi.
8. Izohni bildiruvchi saoq gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan:
1. Ariza yozuvchi muassasa nomi yoki shaxsning ismi sharifi.
2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasi ismi, familiyasi.
9. Sahna asarlarida qahramonning ismini anglatuvchi so‘zdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Oysha. Madam Sil’viya, nima demoqchi edingiz? (S.A.)
10. Yozma nutqda va hokazo, va boshqalar, shu kabilar iboralari qisqartirilganda, qisqartmaning har bir harfidan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: va h.k., va b., va sh.k.
11. Sana tarkibiy qismlarini: kun, oy va yilni bir-biridan ajratishda ularning orasida nuqta qo‘llanadi. Masalan: 10.04.2004.
12. Yozma nutqda ayrim hollarda ammo, lekin, biroq , va bog‘lovchilaridan oldin qo‘shma gap qismlarining mustaqilliginii ta’minlash maqsadida nuqta qo‘yiladi. Masalan: U kelmoqchi edi. Biroq onasi betob bo‘lib qoldi. («Yoshlik».)
So‘roq belgisining qo‘llanish o‘rinlari 1. So‘roq gaplar oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi. Masalan: Hali Kumush ham ketmoqchimi? (A.Qod.)
2. Matnda tushunarsiz jumla qo‘llansa, bunday so‘z yoki jumladan so‘ng qavs ichida so‘roq belgisi qo‘yiladi. Masalan: Yigitning taklifi tekshirilmaganligi (?) ma’lum bo‘ldi. (So‘zl.)
3. Mustaqil holda qo‘llanib, so‘roqni ifodalashga xizmat qilgan so‘roq olmoshlaridan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi. Masalan: Nima? Qachon?
Undov belgisining qo‘llanish o‘rinlari 1. So‘zlovchining his-hayajonini ifodalagan har qanday sintaktik tuzilishdagi undov gaplar oxiriga qo‘yiladi. Masalan: Qizlik uy – bozor, bolam! (O‘.H..)
2. Vokativ gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Eshon, hoy!- deb qichqirdi. (A.Q.)
3. So‘zlovchining his-hayajoni, xursandchiligi, g‘azabi, afsuslanishi kabilarni ifodalovchi so‘z-gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Attang! Attang! Biz bilmay qolibmiz! (So‘zl.) Barakalla! Tashakkur! («Yoshlik».)
4. Emotsionallikni ifodalovchi nominativ gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: ... Qon!... Saida u yog‘ini bilmaydi. (A.Q.)
5. Infinitiv gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Shuncha vaqt o‘tgach, vatanga qaytish! Yuragim yorilib kemasa edi! («Yoshlik».)
6. Chaqiriq, xitob bilan aytiluvchi undalmalar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Salima! Qizim, bu yoqqa qarasang-chi! (So‘zl.)
7. So‘zlovchining his-hayajonining aks ettiruvchi ritorik so‘roq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘llaniladi. Masalan: Nima bizga Amerika! Nima bizga uning sur’ati! (H.O.)
8. Emotsional buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi: Chekilmasin!
9. O‘quvchi fikrga yoki uning biror qismiga e’tiroz bildirsa, unga qo‘shilmasa, taajjub, shubhasini bayon etsa, shu fikrdan so‘ng qavs ichida undov belgisi (!) qo‘yiladi. Masalan: Ammo tirgovuchi deputat (!) ekan, shartta boshlab kelibdi.. (“Mushtum”.)