Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə18/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

1. Leksik-grammatik tamoyil. Bu tamoyil nutqning semantik-grammatik jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, nutq mazmuni, tuzilishi va nutq intonatsiyasini o‘z ichiga oladi. Bunda har bir tinish belgisi nutqning semantik-grammatik jihatlari bilan bog‘liq tarzda ishlatiladi. Masalan, «Albatta, boraman» gapida albatta so‘zidan so‘ng vergulning qo‘yilishi gapning mazmuni, tuzilishi hamda ohangi asosida amalga oshiriladi.
2. Uslubiy tomoyil. Bu tamoyilga ko‘ra tinish belgilari nutq parchasining uslubiga bog‘liq holda qo‘llanadi. Uslubiy tamoyil keng ma’noda bo‘lib, yozuvchining individual uslubini ham o‘z ichiga oladi.
3. Farqlovchi tamoyil. Bu tamoyil yozuv texnikasi, shakli bilan bog‘liq bo‘lib, tinish belgilarining ilmiy asarlarda, maktub, e’lon, radio, televidenie dasturlarida, havolalarda va shu kabilarda qo‘llanishini farqlashga xizmat qiladi. Yozma nutqni ixchamlashtirishda, tinish belgilarining qo‘sha qo‘llanishidagi tartibni belgilashda farqlovchi tamoyil muhim ahamiyatga ega.
O‘zbek tilshunosligida tinish belgilarining quyidagi 10 ta tur qayd etiladi: nuqta, so‘roq, undov belgisi, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs va qo‘shtirnoq. Bu tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi:
1. Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari: nuqta, so‘roq, undov belgilari.
2. Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari: nuqtali vergul, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs va qo‘shtirnoq. Quyida har bir tinish belgisining qo‘llanish o‘rinlari xususida fikr yuritamiz.
Nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari
1. Har xil semantik-sintaktik tuzilishdagi darak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan: Men sizga ancha afandilar ham topib qo‘ydim, aytib beraman. (M.)
2. His-hayajonga ega bo‘lmagan, so‘zlovchining orzu-istagi, iltimosi, maslahati kabi ma’nolarni aks ettiruvchi buyruq gaplarning oxiriga nuqta qo‘yiladi. Masalan: -Kelaversin-chi, chiqmay nima qilardik. (So‘zl.)
3. Qavs ichidagi remarkadan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Masalan: Bilmadim, shahanshoh, bunday noshar’iy ishlarga nechuk rozilik berdi ekan. (Ketadi.)
4. Numerativlar bilan sanab ko‘rsatilgan gaplarning oxi­riga nuqta qo‘yiladi:

Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin