Topshiriq.So‘zlar qatoridan xato yozilgan so‘zni toping, uni imlo qoidasiga mos ravishda to‘g‘rilab yozing.
Kutibxona, bultir, fikir, ilim, olip, qovin, shovullap.
Topshiriq. Maqollarni o‘qing, i unlisining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
1. Vatanni sevmoq iymondandir.
2. Ona yurting omon bo‘lsa, rang-u ro‘ying somon bo‘lmas.
3. Bulbul chamanini sevar, odam – Vatanini.
4. O‘z yurtingning qadri o‘zga yurtda bilinadi.
5. Qush ham iniga qarab intiladi.
Topshiriq. Nuqtalar o‘rniga i yoki u harflaridan mosini qo‘yib ko‘chiring.
But...n, sov...q, uyq..., kulg..., shov...llamoq, sup...rmoq, quv...r, uch...n, qiz...q, ...st...qlol.
Topshiriq. Quyidagi so‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing. E harfining yozilish o‘rinlariga diqqat qiling.
Erk, ertak, ber, e’lon, yetti, ehtiyot, e’tibor, tole, termoq.
Topshiriq. Gaplarni o‘qing, o‘ unlisining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
O‘ziga boqma, so‘ziga boq. O‘qigan o‘zar, o‘qimagan to‘zar. O‘zga elda shoh bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l. O‘zini bilmagan o‘zgani bilmas. O‘zingni er bilsang, o‘zgani sher bil.
Topshiriq. Nuqtalar o‘miga unli fonemalami qo'yib so'zlar hosil qiling va ma’nolarini izohlang.
B...1, b...z, b...r, b...t, b...y, d...l, d...r, d...b, d...n, d...ng, j...l,
j...r, j...m, j...z, Z ...1 , z...ch, y...l, y...q, t...l, t...r, t...z, f...l, f...n,
x...l, x...n, ch...l, ch...p, ch...k, ch...y, l...y, m...y, p...y, s...y, t...y,
h.-.y, q -r, q...p, g'...r, h...r.
Topshiriq. So‘zlarni daftaringizga ko‘chirib yozing va ular o‘rtasidagi farqlarni aytib bering.
Bob – bop, bol – pol, besh – pesh, barcha – parcha, dala – tala, dil – til, dur – tur, oz – os, eg – ek, mard – mart.
Topshiriq. Tez aytishlarni mashq qiling. Qaysi tovushga ta’kid tushayotganini toping va shu tovushga ta’rif bering.
Turg‘un turib tarozida turp tortdi. O‘zim uzum uzdim. Sharif Sharofatni sharaflab she’r o‘qidi. Qayiqqa ayiq chiqdimi, qayiq qirg‘oqqa chiqdimi?
Topshiriq. . Gaplarni ko‘chirib yozing. Undosh tovushlarning imlosiga diqqat qiling.
1. Obod va ozod Vatan bizniki. 2. Daraxtni yer ko‘kartiradi, odamni – el. 3. Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘l. 4. Sayoq yursang, tayoq yeysan. 5. Do‘stsiz boshim – tuzsiz oshim. 6. Sog‘ tanda sog‘lom aql.
Topshiriq. Nuqtalar o‘rniga x yoki h harflaridan mosini qo‘yib, ko‘chiring.
...ushyor, sa...iy, ma...sulot, ...ulosa, ...arakat, ...urmatli, ...ukm, ...ozirjavob, ta...t, sa...na, ...ayol, ...ar kim, ...ech qachon.
Savol va topshiriqlar
1. Fonetika deb tilshunoslikning qanday bo‘limiga aytiladi?
2. Tilshunoslikning qanday bo‘limiga grafika deyiladi?
Asosiy adabiyotlar
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. (darslik) MOLIYa- IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 U-6793(10ta)
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o’quv qo’llanma) TDPU, -Toshkent, 2009-yil. 81.663.1137 921993(60 ta)
3. M.Hamrayev. Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami. Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2019-yil.(60 ta)
4. М.Кенжаева, О.Курбонова. Она тили укитиш методикаси. Молияиктисод, Тошкент-2021.s
Dostları ilə paylaş: |