Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə29/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

Asosiy adabiyotlar
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. (darslik) MOLIYa- IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 U-6793(10ta)
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o’quv qo’llanma) TDPU, -Toshkent, 2009-yil. 81.663.1137 921993(60 ta)
3. M.Hamrayev. Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami. Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2019-yil.(60 ta)
4. М.Кенжаева, О.Курбонова. Она тили укитиш методикаси. Молияиктисод, Тошкент-2021.s


Mustaqil ta`lim (MT) III semestr


Otlarning leksik-grammatik xususiyotlari otning ma’no turlari

test tuzish

4


Ot turkimining son kategoriyasi

konspekt yozish

2


Otlarning aloqa-munosabat va kelishik kategoriyasi

Referat tayyolash

2


Otlarning egalik kategoriyasi

test tuzish

4


Otlarning yasalishi: affiksatsiya usulida ot yasash

konspekt yozish

2


Otlarning kompazitsiya, sematik,qisqartma va fonetik usullarda yasalishi

Referat tayyolash

2


Sifat soz turkimi.Sifatlarning daraja katigoriyasi

test tuzish

4


Sifatlarning yasalishi,tuzilish turlari.

konspekt yozish

2


Son so‘z turkimi

Referat tayyolash

4


Olmosh so‘z turkimi

test tuzish

2


Fe`l so‘z turkimi

konspekt yozish

2


Fe`llarning nisbat kategoriyasi

Referat tayyolash

4


Fe`llarning mayl kategoriyasi

test tuzish

2


Fe`llarning mayl kategoriyasi

konspekt yozish

2


Fe`llarning vazifadosh shakllari.Sof fe`l,ravishdosh

Referat tayyolash

4


Sifatdosh,harakat nomi

test tuzish

2


Ravishning ta`rifi,leksik-grammatik xususiyatlari

konspekt yozish

2


Ravishlarning yasalish va tuzilish turlari

Referat tayyolash

4


Yordamchi so`zlar.Ko`makchilar

test tuzish

2


Bog`lovchilar va yuklamalar

konspekt yozish

4


Sintaksis.So‘z birikmasi sintaksisi

Referat tayyolash

4


Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari

test tuzish

4


Gap bo`laklari haqida umumiy ma`lumot.Bosh bo‘laklar

konspekt yozish

2


Kesim va uning turlari,ifodalanishi

Referat tayyolash

4


Gapning ikkinchi darajali bo‘laklari.To‘ldiruvchi.Aniqlovchi

test tuzish

2




Jami

98


AMALIY MASHG`ULOT-4


Mavzu: Morfologiya haqida otning leksik grammatik xususiyatlari bo‘yicha savol javob va mashqlar bajarish.(Sifat,son fe’l)
Topshiriq. Matnni o‘qing. Shahobiddin Nasaviyning Jaloliddin Manguberdi to‘g‘ ri sida yozgan fi krlariga diqqat qiling.
Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, nutqi turkiy bo‘lsada, forsiy tilda ham so‘zlar edi. Shijoatli, sherlar ichra sher edi. U adolatni sevardi. Jaloliddin o‘ta qat’iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan, favqulodda mard va botir sarkarda edi.
Topshiriq.
1. “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusida og‘zaki matn tuzing.
2. Manguberdiga xos xususiyatlarni sanang.
3. Ajratilgan so‘zlarning qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini aniqlang.

Topshiriq.Quyidagi savollarga javob yozing.


1. O‘zbekiston Respublikasining maydoni necha kv. km?
2. O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh?
3. O‘zbekiston BMTga qachon a’zo bo‘lib kirgan?
4. Mustaqil so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
5. Ot so‘z turkumining belgilarini aytib bering.
6. Istiqlol, ozodlik, erkinlik degan so‘zlarning sharhini yozing.
Topshiriq. Sifatlarni ma’nosiga qa rab jadvalga joylang va ularga izoh bering.
Rostgo‘y, yolg‘onchi, halol, or-nomusli, ayyor, ishbilarmon, o‘jar, nodon, o‘qimishli, dangasa, hayoli, odobli, g‘ururli, xalqparvar, kamtar, janjalkash, kitobsevar, kaltafahm, adolatli, cho‘rtkesar, betgachopar, uyquchi, besabr, andishasiz...
Ijobiy sifatlar Salbiy sifatlar
Topshiriq. Alisher Navoiyning o‘gitlariga quloq tuting. Ulardagi ot va sifat turkumiga oid so‘zlarni ajratib yozing.
Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir, barcha xalqlar uchun yoqimlidir. Odob kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor qiladi.
Yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo‘ladilar. (“Ibratli hikoyatlar”dan)
Topshiriq. “Navoiy o‘gitlariga amal qilaman” mavzusida matn tuzing va unda sifatlardan foydalaning.
Topshiriq Bolalar hayotidan olingan latifani tinglang. Son va ol-
moshlarni aniqlang.
G‘azablangan ota do‘konga telefon qildi: “Men o‘g‘limni ikki kilogramm olxo‘ri olib kelishga yuborgan edim, u bo‘lsa bir kilogramm olib kelibdi. Tarozilaring to‘g‘rimi o‘zi?”
– Bizning tarozilarimiz to‘ppa-to‘g‘ri. Siz o‘z o‘g‘lingizni tortib ko‘rdingizmi? (“Zamonaviy xandalar”dan)
Topshiriq .Abdurahmon Akbarning “Raqamli she’rlar” to‘plamiga kirgan “Uchqunjonning toychog‘i” she’rini o‘qing. Sonlar bilan bog‘liq so‘z o‘yiniga e’tibor qilib, harfga aylantirib ko‘chiring.
3qunjonning toychog‘i Kimdir tutar dov3cha,
Shamoldan 3qur. Kim suv – hov3lab.
Orzu qilar bolalar Kimdir toychoq yollarin
Minmoqni 3 qur. Qo‘yadi silab.
Mingan borki, zavqlanib
Der: – Tulporjon, 3!
Misdanman deb o‘kinma,
Osmonlarni q3!
Topshiriq .Savollarga javob bering.
1. ikki, uch, o‘n, yigirma, o‘ttiz besh, bir yuz olti so‘zlariga -ta, -ov, -ovlon, -tacha, -lab, -tadan qo‘shimchalarini qo‘shing. Mazkur qo‘shimchalarning ba’zi sonlarga qo‘shilmaslik sababini ayting.
2. Ota-onalaringiz, opa-singillaringiz va aka-ukalaringizning tug‘ilgan yili va tug‘ilgan kunini bilasizmi? Aytib bering.
Topshiriq . Oilangiz haqida ma’lumot yozib keling. Matningizda son va olmoshlardan foydalaning.
A
Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin