Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə32/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

Asosiy adabiyotlar
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva. Ona tili. (darslik) MOLIYa- IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81.633.1 U-6793(10ta)
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o’quv qo’llanma) TDPU, -Toshkent, 2009-yil. 81.663.1137 921993(60 ta)
3. M.Hamrayev. Ona tilidan jadvalli mashqlar to’plami. Nizomiy nomidagi TDPU, T., 2019-yil.(60 ta)
4. М.Кенжаева, О.Курбонова. Она тили укитиш методикаси. Молияиктисод, Тошкент-2021.s


GLOSSARIY



Glossariy


Sintaksis - grammatikaning o'zaro bog'lanishli nutq qurilishini o'rganuvchi bo'limi.
Sintaktik qurilma- grammatik qonun-qoidalar asosida so'zlar, so‘z birikmalari, shuningdek, gaplar birikuvidan iborat butunlik.
Sintaktik birlik - sintaksisning o`rganish obyekti bo`lgan birlik, ya`ni so`z birikmasi va gap.
So`z birikmasi - bir-biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma`no va grammatik jihatdan o`zaro bog`langan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so`zlar bog`lanmasi.
Gap - til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatdan shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligi.
Tenglanish- teng sintaktik munosabatda bo`lish, teng aloqani ko`rsatuvchi munosabat
Teng aloqa -teng huquqli sintaktik birliklar orasidagi sintaktik aloqa
Tobelanish -tobe sintaktik munosabatda bo`lish; so`z birikmasi yoki gap tarkibidagi so`zlarning o`zaro teng bo`lmagan, sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo`ysunuvchi munosabati
Tobe aloqa -sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo`ysunadigan, biri ikkinchisiga tobe bo`lgan birliklar orasidagi aloqa
Sintaktik munosabat- so`z birikmasi tarkibiy qismlari va gap bo`laklari orasidagi munosabat
Tenglanish- teng sintaktik munosabatda bo`lish, teng aloqani ko`rsatuvchi munosabat
Teng aloqa -teng huquqli sintaktik birliklar orasidagi sintaktik aloqa
Tobelanish -tobe sintaktik munosabatda bo`lish; so`z birikmasi yoki gap tarkibidagi so`zlarning o`zaro teng bo`lmagan, sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo`ysunuvchi munosabati
Tobe aloqa -sintaktik jihatdan biri ikkinchisiga bo`ysunadigan, biri ikkinchisiga tobe bo`lgan birliklar orasidagi aloqa
Sintaktik munosabat- so`z birikmasi tarkibiy qismlari va gap bo`laklari orasidagi munosabat
Sintaktik aloqa -so`z birikmasi hamda gap qismlarining o`zaro bog‘lanishi
So`z birikmasi – bir-biri bilan tobelanish asosida birikkan, ma`no va grammatik jihatdan o`zaro bog`langan, yaxlit, biroq qismlarga ajraladigan tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq so`zlar bog`lanmasi.
Sintaktik bog`li so`z birikmasi – qismlari ajralmagan holda bir sintaktik bo`lak deb olinadigan, ichki bog`lanishi nuqtayi nazaridan esa sintaktik qismlarga ajraladigan so`z birikmasi.
Sodda so`z birikmasi – o`zaro tobe + hokim munosabatidagi ikki mustaqil so`zdan tuzilgan so`z birikmasi.
Murakkab so`z birikmasi – qismlari yoki ulardan biri birdan ortiq so`z bilan ifodalangan birikma.
Ot so`z birikmalar-hokim qismi fe`ldan boshqa turkumga oid so`z bilan ifodalangan so`z birikmalari.
Ravish so`z birikmalar – hokim qismi ravish bilan ifodalangan so`z birikmalari.
Gap – til qonunlari asosida grammatik va ohang jihatidan shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligi.
Modallik – so`zlovchining ifodalayotgan fikrga munosabatini bildiruvchi grammatik-semantik kategoriya.
Darak gap – voqea - hodisani tasdiq yoki inkor yo‘li bilan qayd etuvchi, xabar etuvchi gap.
Buyruq gap - buyurish, iltimos, maslahat kabi mazmunli gap.
So‟roq gap - biror noma‘lum narsa - hodisani bilish uchun murojaatni ifodalovchi, so‘roq mazmunli gap.
Ritorik so‟roq gap - tinglovchidan javob talab qilinmaydigan so‘roq gap turi.
Undov gap - fikr bilan birga so‘zlovchining voqelikka bo‘lgan turlicha emotsiona munosabatini ichki his - hayajonini ifodalovchi gap.
Bir tarkibli gap - predikativ asosi ega yoki kesimga teng gap
Shaxsi aniq gap - ega qatnashmaydigan, lekin harakatni bajaruvchi shaxs gapning tuzilish asosi bo‘lgan kesim tomonidan aniq ko‘rsatib turiladigan gap

Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin