Shaxsi noma‟lum gap- ega qatnashmaydigan, shu bilan birga uchinchi shaxs shaklidagi fe‘l - kesim bajaruvchi shaxsni aniq ifodalamaydigan gap
Shaxsi umumlashgan gap - ega qatnashmaydigan, kesimi aniq shaxs shaklida bo‘lsa -da, lekin mazmunan umumga qaratiladigan gap
Shaxssiz gap – faqat kesim tarkibidan iborat bo‘lib, bajaruvchi shaxs ma‘nosi umuman ifodalanmaydigan gap
Nominativ gap - bosh kelishikdagi so‘z yoki ot birikma bilan ifodalanadigan bir tarkibli gap.
Gap bo‟laklari - gap tarkibida ma‘lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, ma‘lum bir sintaktik vazifada keluvchi so‘z yoki so‘z birikmalaridir.
Bosh bo‟laklar - gapning predikativ asosini tashkil etuvchi bo‘laklar.
Ega - fikrning kimga, nimaga qarashli ekanini anglatuvchi, belgisi kesim tomonidan aniqlanadigan bosh bo‘lak.
Kesim - gapda predikatsiya ifodalab keluvchi bosh bo‘lak.
Ot kesim - fe‘ldan boshqa so‘z turkumlari, shuningdek, harakat nomi va otlashgan sifatdosh shakllari orqali ifodalangan kesim.
Fe‟l kesim - sodda gaplarda tuslanishli fe‘l shakli bilan ifodalangan kesim.
Bog‟lama - fe‘l bo‘lmagan so‘zni fe‘lga xos ma‘no va vazifaga moslovchi yordamchi fe‘l
Fe‟l kesim - sodda gaplarda tuslanishli fe‘l shakli bilan ifodalangan kesim.
Bog‟lama - fe‘l bo‘lmagan so‘zni fe‘lga xos ma‘no va vazifaga moslovchi yordamchi fe‘l
Ikkinchi darajali bo‟laklar - bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro bir - biri bilan tobe aloqada bo‘ladigan hokim bo‘lakning ma‘nosini aniqlab, to‘ldirib, izohlab keladigan gap bo‘laklari.
To‟ldiruvchi- o‘z hokim so‘ziga boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, bu so‘z anglatgan harakat, predmet, belgiga nisbatan obyekt bo‘lib keladigan bo‘lak.
Aniqlovchi - narsa - buyumni ifodalaydigan so‘zga tobelanib, uning belgisini anglatadigan ikkinchi darajali bo‘lak.
Sifatlovchi aniqlovchi - predmetning belgi - sifati, son –miqdori, tartibi kabi belgilarini bildiruvchi bo‘lak.