Nazorat savollari:
1. Nuqta va ko‘p nuqta qanday o‘rinlarda qo‘llanadi?
2. So‘roq va undov belgilari qanday o‘rinlarda qo‘llanadi?
3. So‘roq va undov belgilari qachon qo‘sha qo‘llanadi?
4. Vergul va nuqtali vergul qanday o‘rinlarda qo‘llanadi?
5. Ikki nuqta qanday o‘rinlarda qo‘llanadi?
6. Tire qanday o‘rinlarda qo‘llanadi?
7. Qavs va qo‘shtirnoq qanday o‘rinlarda qo‘llanadi?
8. Qaysi tinish belgilari qo‘sha qo‘llana oladi?
AMALIY MASHGʻULOTLAR
AMALIY MASHG`ULOT-1
Mavzu:Ona tilining fonemalari va nutq tovushlari, urg‘u bo‘g‘inlarning ifodalanishi yuzasidn mashqlar tayyorlash
Tilshunoslikning nutq tovushlarini o‘rganadigan bolimi fonetika deyiladi. Fonetika (grekcha phone «tovush» demakdir) nutq tovushlarining paydo bo'lishini, ularning turlarini, tasnifini, nutq jarayonidagi turli o'zgarish lami sistemali ravishda o'rganadi. Nutqiy jarayon bilan bevosita bog'liq bo'lgan bo'g'in, urg'u, ohang kabi hodisalarni, shuningdek, adabiy tilning talaffuz me’yorlarini o'rganish ham fonetikaning vazifasiga kiradi.
Topshiriq. Bola, kitob so‘zlarini bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni tovushlarga ajrating. So‘zlarning necha bo‘g‘in va tovushdan iborat ekanini ayting.
Og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi fonetika, yozma nutqning harflar tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi esa grafika deyiladi.
Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so‘zlash va harflar vositasida yozish orqali bayon qilamiz. So‘zlash va yozish orqali ma’lum fikr bayon qilishimiz nutq hisoblanadi.
Nutq ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi. Tovushlar zanjiri asosida bayon qilingan nutq og‘zaki nutq, harflar ketma-ketligi asosida bayon qilingan nutq esa yozma nutq sanaladi.
Topshiriq.Tovushlarni o‘rni-o‘rniga qo‘yib, so‘zlar hosil qiling. So‘zlarni hosil qilishda ular qanday o‘rin tutayotganini aytib bering. hdoneq, kabtma, atdarf, garb, lyo, kdikle.
Dostları ilə paylaş: |