Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Vergulning qo‘llanish o‘rinlari



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə20/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

Vergulning qo‘llanish o‘rinlari
1. Uyushiq bo‘laklar orasida ularni bir-biridan ajratish maqsadida vergul qo‘yiladi. (Uyushiq bo‘laklar va, hamda teng bog‘lovchilari bilan bog‘langan holat bundan mustasno) Masalan: Ha kurashishimiz, na olg‘a intilishimiz mumkin. («Mushtum».)
2. Takror gaplar va takror bo‘laklar orasida vergul qo‘yiladi. Masalan: O‘qi, bolam, o‘qi!. (So‘zl.)
3. Undalmalar, gapning boshida, o‘rtasida, oxirida kelishidan qat’iy nazar, gapning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Jo‘ravoy, eson-omon borib keldingizmi? («Yoshlik».)
4. Kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar sintaktik qurilmaning boshqa bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Shunday qilib, o‘sha kuni mehmondorchilikdan erta qaytdik. (So‘zl.) Men sizga aytsam, hech yerda tayyor osh bo‘lmaydi. ("Mushtum").
5. Zidlov bog‘lovchilaridan oldin vergul qo‘yiladi. Masalan: Azizlikka azazmas-ku, lekin qimmatbahoroqmi deyman-da. («Yoshlik».)
6. Tasdiq va inkorni bildiruvchi ha, xo‘p, yo‘q so‘zlari hamda xo‘sh, ho‘ so‘zlaridan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Bu kabinet yaqinda bo‘lganmi, - dedi Saida. Yo‘q, men kelganda ham bor edi. (A.Q.) -Xo‘sh, siz davom eting. (So‘zl.)
7. Undov so‘zlar gap­dan vergul bilan ajratiladi: Voy, aya, nima bo‘ldi? (A.Q.)
8. Erkalash, qarg‘ash, achinish ma’nosini anglatuvchi -e, -ey, -ey yuklamasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Bolam-ey, bolam, qadaming qutlug‘ kelsin! (So‘zl.)
9. Gapning ajratilgan bo‘laklari boshqa bo‘laklardan vergul bilan ajratiladi. Masalan: Hozir, ayni shu vaqtda, qanday ish bilan mashg‘ulsan? (So‘zl.)
10. Gapdagi ravishdosh o‘ramlar vergul bilan ajratiladi. Masalan: Birpasdan keyin qaddimni rostlab, tanchaga oyog‘imni tiqib o‘tirdim. (O‘.H.)
11. Ergash gapli qo‘shma gaplar, ayrim bog‘langan va bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida vergul qo‘yiladi. Masalan: Shuni bilki, seni Vatan kutadi. Na ko‘cha bor, na mustahkam uy-joy, na dala shiyponi bor. (O.)
12. Darak gap xarakteridagi ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratishda vergul qo‘yiladi. Masalan: Yillik rejani ortig‘i bilan bajardik, - dedi rais. («Yoshlik».)



Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin