Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Qo‘shtiroqning qo‘llanish o‘rinlari



Yüklə 184,86 Kb.
səhifə24/44
tarix20.11.2023
ölçüsü184,86 Kb.
#133430
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Ona tili praktikum OMK.

Qo‘shtiroqning qo‘llanish o‘rinlari
1. Ko‘chirma gapli qurilmalarda o‘zganing gapi (ko‘chirma gap), matn tarkibidagi parchalar, so‘zlar qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: «Xafa bo‘lmang, o‘rtoqjon, oyning yarmi qorong‘i bo‘lsa, yarmi yorug‘»,- dedi Salima aya. («Yoshlik».)
2. Asar qahramonlarining ichki monologi qo‘shtiroq ichida beriladi. Masalan: Erkaklik hamiyatim qo‘zib g‘ashim keldi. «Ehtimol, ering seni deb ichkilikka ruju qo‘ygandir...» (O‘.H.)
3. Matn tarkibida ishlatiladigan havolalar, tsitatalar, maqollar, sarlavhalar qo‘shtirnoq bilan chegaralanadi. Masalan: Oyim mendan tonmaydilar. «Qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im der ekan, tipratikan yumshog‘im deyar ekan», «har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinari ko‘ziga» (S.Ahm.)
4. Ko‘chma ma’nodagi so‘zlar, kesatiq uchun qo‘llangan so‘z va iboralar qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: Maqsad «jinoyatchini» tutish edi. Bu yil Mehri Zulfiqorovga, yangi yilda esa Zulfiqorov Mehrinisoga "qarasha-digan" bo‘ldi. (A.Q.)
5. Badiiy asar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, ashula, spektakl kabilarning nomlari qo‘shtiroqqa olinadi. Masalan: «O‘tkan kunlar» romani, «Angren haqiqati» gazetasi.
6. Tashkilot, muassasa, xo‘jalik, korxona, fabri­ka, zavod, mehmonxona, do‘kon kabilarning nomlari qo‘shtiroqqa olinadi. Masalan: «Navoiy» jamoa xo‘jaligi, «Toshkent» mehmonxonasi, «Qizil yulduz» fabrikasi.
7. Faxriy unvon, orden, medal, mukofot nomlari qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: «Xalq hofizi», «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Shavkatli mehnati uchun " medali.
8. O‘simlik, ovqat, mashina, samolyot, televi­zor kabilarning maxsus atamalari qo‘shtiroqqa olinadi. Masalan: «Tu» samoloti, «Neksiya» avtomashinasi, «Filips» televizori, «Pobeda» uzumi.
9. Sinf yoki guruhlarning, buyruq va qarorlarning bandini ko‘rsatuvchi raqamlardan keyin yoziladigan harflar qo‘shtirnoqqa olinadi. Masalan: 10- "A" sinf, 20 «V» sonli buyruq.
11. Baholash tizimida qo‘llanuvchi baho ballari qo‘shtirnoqqa olib yoziladi. Masalan: «besh», «to‘rt», «uch», «ikki» yoki «a’lo», «yaxshi», «o‘rta», «yomon».
Shunday qilib, o‘zbek tilida o’nta ta tinish belgisi: nuqta, so‘roq, undov belgisi, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, vergul, ikki nuqta, tire, qavs va qo‘shtirnoq qo‘llanadi. Bu tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda muhim grafik vosita hisoblanadi.



Yüklə 184,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin