=-50-=
almashish MP registri orqali ikki qadamda, nazoratchi bor bo’lganda esa bir qadamda
amalga oshiriladi qiymatlar bevosita, MP ni chetlab o’tib, TXQva TEQQo’rtasida
uzatiladi.
Kiritish-chiqarish soprocessori — MP bilan
parallel ishlashi hisobiga, bir
nechta tashqi qurilmalarga (displey, printer, QMDY, EMDY va b. ) xizmat
ko’rsatganda kiritish-chiqarish jarayonlarini bajarishni juda tezlashtiradi; MP ni
kiritish-chiqarish jarayonlarini qayta ishlashdan ozod etadi, shu jumladan xotiraga
bevosita murojaat qilish rejimini amalga oshiradi.
Uzilishlarning nazoratchisi SHK da muhim rol o’ynaydi.
Uzilish — bir dasturni bajarilishini hozirgi vaqtda yanada muhimroq boshqa
dasturni tezkor bajarish maqsadida vaqtincha to’xtatilishidir.
Uzilishlar kompyuterni ishlashida doimo paydo bo’ladi, shuni aytish etarliki,
ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning hamma jarayonlari
uzulishlar bilan bajariladi,
masalan, taymerdan uzulishlar uzulish nazoratchisi tomonidan sekundiga 18 marta
hosil qilinadi va xizmat ko’rsatiladi (tabiiyki, foydalanuvchi ularni sezmaydi).
Uzilishlar quyidagilarga bo’linadi:
• kiritish-chiqarish bazaviy tizimidan uzulishlar yoki quyi daraja uzulishlar;
• operatsion tizimdan uzulishlar yoki yuqori daraja uzulishlari. Izox, . Uzilishlar
to’g’risida to’liqroq ma’lumotni [3] ishdan bilib olish mumkin.
Uzilishlar nazoratchisi uzulish jarayonlariga xizmat ko’rsatadi, tashqi qurilmalardan
uzulishga so’rovni qabul qiladi, bu so’rovni muhimlilik darajasini aniqlaydi va MP ga
uzulish xabarini beradi. MP, bu xabarni olib, joriy dasturning bajarilishini to’xtatadi
va tashqi qurilma so’ragan uzulishning maxsus xizmat ko’rsatish dasturini bajarishga
o’tadi. Xizmat ko’rsatish dasturi bajarilgandan so’ng uzilgan dasturni bajarilishi
qayta tiklanadi.Uzilishlar nazoratchisi dasturlanadigan hisoblanadi.
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa
qurilmalari bilan ulash
va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli
eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari
va tizimli shinani oladi.
=-51-=
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy
tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi,
negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Mikroprotsessorlar xaqida Suz olib borar ekanmiz asosiy muxim
tushinchalarga tuxtalib utishimiz lozim bo’ladi. Mirkoprotsessorga nisbatan amal
bajaruvchi xar kanday tashki qurilma periferiya deb atash imumkin.
Registr- qurilmalarning o’ziga xos tengliklar birlashmasini angldatadi, ularning
vazifasi ma’lumotlarni saklash hamda ma’lumotlarga
tezkor murojat kilish
imkoniyatini
beradi.Ushbu
qurilmalar
integral
sxemada
triggerlarda
foydalaniladi.Trigger uz navbatida traziztor utkazgichlarda malga oshiriladi( ya’ni
elektron kalitlar). N trigger registrda N bit ma’lumotni tushinish mumkin.
Port –SHunday sxemaki odatda uziga bir qancha registrlarni kamrab oluvchi
hamda ulanish imkoniyatini beruvchi vositadir, masalan pereferiya qurilmasi
mirkoprotsessorni tashki shinasiga ulanishida kurishimiz mumkin. Amalda xar
mikrsxema xar xil maksadlar uchun ishlatiladi. SHaxsiy kompyuterda xar bir port
uziga xos unikal rakamiga ega bo’ladi. SHuni aytib utish joyizki portlarni rakami
moxiyatan registrlarning kiritib chikarish manzili bulib xizmat kiladi. SHuningdek
manzil kengligi asosiy xotira va kiritib chikarish porti bilan kesishmaydi.
Uziliksizlik-tushinchasiasinxron jaraening xabarini anglatadi(ya’ni
protsessor
kandaydir asinxron jaraenni tushinadi). Ushbu xolatda buyruqlarning ketma ketligi
tuxtatiladi. Uning urniga esa boshka bir ketma- ketlik amalga oshiriladi.
Uzuliksizlikni bir qancha turlarga bo’lish mumkin: Mantiqiy uziliksizlik, texnikaviy
uziliksizlik hamda dasturiy uzuliksizlik. Texnikaviy uziliksizlik odatda pereferiya
qurilmasi talabiga boglik bo’ladi.Mantiqiy uziliksizlik mirkoprotsessorning ish
jaraenida uz uzida yuz beradi. Dastur uzuliksizligi bajarilaetgan dasturlarning
foydalanishdagi maxsus dastur ichidagi dasturlarni bajarish bilan ifodalanadi.
Turgidan tugri ulanishda (DMA, Direct Memory Access) pereferiya qurilmasi
tezkor xotira bilan bevosita boglik bo’ladi.Mirkoprotsessorning ichki registrlaridan
kelib chikkan xolda. Ushbu ulanishning asosiy afzalligi katta xajmdagi tezkor
ma’lumot almashinishda kurishimiz mumkin(ya’ni kayta yuklashda xotiraning tashki
=-52-=
saklovchilari). Kup xollarda port manzillariga, rakamlariga un oltilik sanok
sitemasidan foydalaniladi. Ushbu xollarda kerakli sonlardan so’ng ‘h’ (hexadecimal)
belgisi turadi.
Dostları ilə paylaş: