27
ajratmasa ham unga ish-harakatning davomiylik ma’nosini ifodalovchi forma
sifatida qaraydi, “lekin bu aslida fe’l formasi bo‘lmay, ot formasidir”, degan izohni
beradi va bu formani -(
i)sh(+da) affiksli harakat nomi (
ishlash + da) formasi bilan
tenglashtiradi.
12
S. Usmonov esa
-moqda affiksli formanigina emas, balki
-(a)yap,
-(a)yotib va
-(a)yotir affiksli formalarni, shuningdek,
ishlab+turibman (yotibman //
o‘tiribman //yuribman) tipidagi tasviriy formalarni ham “hozirgi zamon davom
fe’li” nomi bilan bir gruppaga birlashtiradi. A. Hojiev bu formalarni “aniq hozirgi
zamon fe’li” nomi bilan
bir gruppaga birlashtirib, bularning har biri ish-
harakatning davomiyligini ifodalay oladi, shuning uchun
-moqda affiksli formani
hozirgi zamon davom fe’li sifatida alohida gruppaga ajratish to‘g‘ri bo‘lmaydi,
keyingisining xarakterli xususiyati “obrazlilik” ottenkasini ifodalashdir,
degan
fikrni aytadi.
13
Ma’lumki, hozirgi o‘zbek tilida ham boshqa turkiy tillardagi kabi
aniqlik maylining hozirgi zamon ma’nosini ifodalovchi maxsus formalar mavjud.
Bular
-(a)yap, -(a)yotib, -a(yotir), -moqda affikslari bilan yasalgan
ishlayapman,
ishlayotibman, ishlayotirman, ishlamoqdaman tipidagi sintetik formalar va
turmoq,
yotmoq, o‘tirmoq, yurmoq holat fe’llari ishtirokida hosil bo‘lgan
ishlab+turibman
(
yotibman//o‘tiribman//yuribman) tipidagi tasviriy formalar bo‘lib, bu formalar
adabiyotlarda har xil nomlar bilan ataladi va bularning ma’no va ottenkalariga
ko‘ra o‘zaro munosabati masalasi turlicha talqin qilinadi. U. Tursunov va J.
Muxtorovlar ham hozirgi zamon fe’li formalariga shunday
qaraydilar va bularni
“aniq hozirgi zamon formalari” nomi bilan ataydilar.
14
Hozirgi o‘zbek tilidagi hozirgi zamon fe’li formalari bo‘yicha adabiyotlarda
shularga o‘xshash yana bir qator har xilliklar kuzatiladi. Yozma yodgorliklarning
ko‘rsatishicha, eski o‘zbek adabiy tilida aniqlik maylining hozirgi zamon
ma’nosini ifodalash uchun
-a/-ә(-y) affiksli ravishdosh asosida yasalgan
ala turur
men, aladur-men, ala-men tipidagi formalar, shuningdek,
-r(-mas) affiksli
alur-
men (
almas-men) tipidagi hozirgi-kelasi zamon fe’li qo‘llangan. Shu bilan birga,
12
G`. G`ulomov. Fe`l, Toshkent, 1954, 32, 86-betlar.
13
A. H. Sulaymanov, A. H. Hojiev, J. Jo`raev. Fe`l zamonlari. Toshkent, 1962. 90-bet.
28
ayrim
yodgorliklarda tur-, yat-, yur-, oltur- holat fe’llari ishtirokida hosil bo‘lgan
tasviriy formalar va ba’zi manbalarda
–maqda /-mekde affiksli forma ham
kuzatiladi.
-(a)yap, -(a)yotib va
-(a)yotir affiksli formalarning qo‘llanishi esa
asosan XX asr boshlaridan kuzatiladi.
Hozirgi zamon fe’lining bu turi eski o‘zbek tilida quyidagicha uch xil formada
qo‘llangan:
1.
–a/-ә (-y) +turur+men (ravishdoshning
-a/-ә[-y] affiksli formasi+
turur [tur-
holat fe’lining hozirgi-kelasi zamon formasi]+shaxs-son affiksi):
al + a
turur men, kel + ә turur men, bashla + y turur men kabi;
2. -a/-ә(-y) +dur + men (ravishdoshning -a/-ә[-y] affiksli: formasi+ dur [turur
fe’lining qisqargan formasi]+ shaxs-son
affiksi):al + a + dur+men, kel + ә +
dur+men, bashla + y + dur +
men kabi;
3.
-a/-ә(-y)+men (ravishdoshning
-a/-ә[-y] affiksli formasi+shaxs-son affiksi):
al+ a+men, kel+ә + men, boshla +y +men kabi.
Bu formalarni keyingi o‘rinlarda shartli ravishda
ala + turur + men, aladur +
men, ala+men tipidagi formalar deb ataymiz.
Dostları ilə paylaş: